Telegram Web Link
10 yillikdagi yil soʻzlari. 3-qism.

💪 2021-yil “Perseverance” — Oʻzbek tilida qatʼiyat. Kembrij lugʻatida 243,000 dan ziyod qidirilgan. Eng koʻp qidirilgan vaqti NASAʼning “Perseverance” apparati Mars sayyorasiga qoʻnganida boʻlgan. Bu so‘z butun dunyo bo‘ylab odamlarning 2021-yilning ko‘plab qiyinchiliklariga qaramasdan taslim bo‘lmaslikni shiorini ham bildiradi.

🆓 2022-yil “Homer” — Amerika beysbolida olinadigan ochko turi.

Wordle degan mobil oʻyin bor. Bizdagi yoshi kattalar telefonida oʻynaydigan soʻz oʻyinining inglizcha varianti. Oʻsha Wordle dasturiga aynan homer soʻzi kiritilganidan keyin bu oʻyinni oʻynaganlar soʻzning tarjimasini Kembrij lugʻatidan izlagan.

Bir kunning oʻzida 65,000 tadan ziyod kishi ushbu soʻzning maʼnosini qidirgan. Chunki beysbol faqat Amerikada mashhur boʻlgani uchun, beysbolni bilmaydiganlar unga tegishli boʻlgan soʻzni ham bilmagan.

Siz bu soʻzlarning tarjimasini bilarmidingiz?

Doʻstingizga ham joʻnatib qoʻying

Kanalga ulanish: @teacherazam
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Farobiy IT Academy
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
10 yillikdagi yil soʻzlari. 4-qism.

2023-yil “Hallucinate” — Oʻzbek tilida gallyutsinatsiya boʻlish. Odatda sogʻliq bilan bogʻliq muammolar yoki dori qabul qilganingiz sababli mavjud boʻlmagan narsalarni koʻrish, eshitish yoki his qilish kabi simptomlar kuzatilishi mumkin. Shu holatga gallyutsinatsiya deyiladi.

Lekin bu soʻz mashhur boʻlishiga hech qanday global sogʻliq bilan bogʻliq muammolar sabab emas. Balki AI mashhur boʻlgani uchun.

Aynan ChatGPT, Geminiʼga oʻxshagan katta til modellari gallyutsinatsiya qilganda, notoʻgʻri maʼlumot berishni boshlaydi.

💪 2024-yil “Manifest” — Oʻzbek tilida namoyish qilish. Bu soʻz mashhur boʻlishiga sabab 2024-yilning Iyul oyida boshlangan Olimpiada oʻyinlari edi.

Musobaqada oʻrin olgan koʻplab sportchilar bu haqida oʻzlarining ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarida eʼlon qilishdi. Muvaffaqiyatini namoyish qilishdi.

2025-yilda qaysi soʻz eng mashhuri boʻladi deb oʻylaysiz?

Doʻstingizga ham joʻnatib qoʻying

Kanalga ulanish: @teacherazam
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Mevali idiomalar

🇬🇧 Banana skin — jamoat joyida qoʻpol xato qilganda ishlatiladi.
🇺🇿 Oʻzbekchada — qovun tushirdi.

Misol: This isn’t the first banana skin the government has made on this week.


🇬🇧 The cherry on the cake — yaxshi boʻlgan vaziyat yana ham yaxshilanganda ishlatiladi.
🇺🇿 Oʻzbekchada — nur ustiga aʼlo nur

Misol: Winning the championship was a great achievement, but scoring the final goal was the cherry on the cake.

🇬🇧 Sour grapes — sizda yoʻq boʻlgan narsa birovda boʻlsa, oʻsha narsaga hasad qilish.
🇺🇿 Oʻzbekchada — koʻrolmayapsanmi?

Misol: Abdulla said that the movie is bad, but he hasnʼt even watched it – thatʼs sour grapes!

Doʻstingizga ham joʻnatib qoʻying

Kanalga ulanish: @teacherazam
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🎙 Xushnudbek Xudoyberdiyev bilan podkast

Zakovatdan tortib, orzudagi Oʻzbekiston mavzusigacha gaplashdik.

Podkastda:

— oʻzbeklarning huquqiy savodxonlik darajasi;
— super kontraktning ustun tarafi;
— xalq birlashishi uchun nima qilish kerakligi;
— Oʻzbekiston qanday jamiyat ekanligini bilib olasiz.

👉 Toʻliq podkastni koʻrish

Kanalga ulanish: @teacherazam
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Ramadan Vocabulary

1. Fasting — roʻza tutish
2. Suhoor — saharlik, ogʻiz yopar vaqti
3. Iftar — iftorlik, ogʻiz ochar vaqti
4. Breaking a fast — ogʻiz ochmoq
5. Taraweeh — taroveh namozi
6. Laylat Al-Qadr — Qadr kechasi
7. Obligatory charity — zakot
8. Eid Al Fitr — Ramazon hayiti
9. Call to prayer — azon

Ingliz tilini endi oʻrganishni boshlagan yaqinlaringizga joʻnatib qoʻying.

Kanalga ulanish: @teacherazam
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Qaysi biri toʻgʻri: It is I yoki It is me?

😔 It is I — rasmiy yozuv uchun. Oʻzi anʼanaga koʻra is, was yoki were bogʻlovchilaridan keyin I ni ishlatish oʻrinli boʻladi.

“It is I” juda ham rasmiy boʻlgani uchun hozirgi kundagi maqola va kitoblarda tez-tez uchramaydi.

Uni koʻproq ancha yil oldin chiqqan, qadimgi desayam boʻladigan kitoblarda uchratish mumkin.

Misol:

— Is this Aʼzam? – It is I.
— It is I she wishes to see tonight.

🤙 It is me — norasmiy uslub. Bugungi kunda ingliz tilida gapiradiganlarning koʻpchiligi shundan foydalanadi.

Misol:

— It is me in the picture.
— You can say anything. It is me you’re talking to.

Umuman olganda “it is I” ham “it is me” ham toʻgʻri. “It is I” bu rasmiy ohangda, “it is me” kundalik suhbatlarda ishlatiladi.

Siz oʻzi “It is I“ borligini bilarmidingiz?

Kanalga ulanish: @teacherazam
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Navro‘z Markaziy Osiyo davlatlarida 2 ming yildan beri nishonlanadi.

💐 O‘zbekiston sobiq Ittifoq tarkibida bo‘lgan davrda Navro‘z bayramini nishonlash odatda norasmiy, ba’zan esa hatto taqiqlangan edi.

Aynan 21-mart teng kunlikka ham toʻgʻri keladi. Yaʼni bu kunda kun ham, tun ham 12 soatdan davom etadi.

🌸 Navro‘z Afg‘oniston, Ozarbayjon, Eron, Hindiston, Iroq, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Pokiston, Tojikiston, Turkiya, Turkmaniston va O‘zbekiston davlatlarida keng nishonlanadi.

Navro‘z bayrami muborak hammaga

Kanalga ulanish: @teacherazam
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Xitoy xavfmi?

🇨🇳 Bu safargi podkastda Xitoyning Oʻzbekistonga taʼsiri haqida gaplashdik.

Podkastni koʻrib

— ijtimoiy tarmoqlarda koʻtarilgan vahima oʻrinlimi?
— Oʻzbekistonni eng qimmat joyga aylantiradigan loyiha
— Xitoyliklar kirib kelishining oddiy aholiga foydasi kabi savollarga javob olasiz.

👉 Mana bu yerda koʻring

Postni esa xitoyliklar haqida videolar tashlanadigan qarindoshlar guruhiga joʻnatib qoʻying.

Kanalga ulanish: @teacherazam
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
3-mart kuni Cambridge Dictionaryʼga 3 ta yangi soʻz qoʻshildi

🤖 Artificial superintelligence (ˌɑː.tɪˌfɪʃ.ᵊl ˌsuː.pər.ɪnˈtel.ɪ.dʒᵊns) — insondan ham aqlli, oʻzi oʻylay oladigan, oʻzi oʻrgana oladigan sunʼiy intellektning turi

🤖 XAI (ˌeks.eɪˈɑɪ) — qarorlari va jarayonlarini odamlar osonroq tushunishi uchun mo‘ljallangan sunʼiy intellekt turi

🤖 Agentic AI (eɪˌdʒen.tɪk eɪˈɑɪ) — insonning taʼsirisiz qarorlar qabul qiladigan va oʻz harakatlarini oʻzi belgilaydigan sunʼiy intellekt turi

Bu yangi soʻzlar meni qoʻrqitayapti. Nimadir boʻlmasinda.

Doʻstlaringizni ham qoʻrqiting endi.

Kanalga ulanish: @teacherazam
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Olmali idiomalar

🇬🇧 The apple of someone’s eye — Kimningdir eng yaxshi koʻradigan, yoki fahrlanadigan odam.
🇺🇿 Oʻzbekchada — koʻz qorachigʻiday asraydigan odami.

Maktabda gapirmasa ham 5 olaveradiganlar boʻladiku, ana oʻshalarda.

Misol: She was the apple of her teacher’s eye and could do no wrong.

🇬🇧 Like apples and oranges — bir-biridan katta farq qiladigan narsani taqqoslash uchun ishlatiladi.
🇺🇿 Oʻzbekchada — osmon bilan yerchalik farq qiladi.

Misol: The two roles are entirely different – it would be like comparing apples and oranges.

🇬🇧 The apple doesn’t fall far from the tree — bola baribir oʻzining ota-onasiga oʻxshaydi maʻnosida ishlatsa boʻladi.
🇺🇿 Oʻzbekchada — qush uyida koʻrganini qiladi.

Misol: His father tried to stop him from choosing politics, but the apple doesn’t fall far from the tree, as they say.

Doʻstingizga ham joʻnatib qoʻying

Kanalga ulanish: @teacherazam
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Laziz Hamidov
The New Yorker jurnalining navbatdagi hafta sonining muqovasi.

Toshkent shahrida ham, yer osti va yer usti o'tish joylarida, va umuman shahar bo'ylab ko'rish mumkin bo'lgan manzara.

@lazizhamidov
Darajangizni bilmoqchimisiz?

Mana bu test bilan siz haqiqiy general english darajangizni bilib olsangiz boʻladi.

Test 60 ta savoldan iborat va:

📎 grammar
📖 reading
✍️ writing
🎧 listening skillari asosida boʻladi.

Testni ishlab, natijangizni sktinshot qiling va guruhga tashlang.

Eng yuqori daraja qani kimda ekan, koʻramiz.

Bu postni ingliz tili darajasini tekshirmoqchi boʻlgan tanishingizga joʻnatib qoʻying.

Kanalga ulanish: @teacherazam
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2025/07/05 02:47:46
Back to Top
HTML Embed Code: