Telegram Web Link
Eng koʻp ishlatiladigan 5 ta A1 darajadagi verbʼlarning B2, C1 yoki C2 levelʼdagi sinonimlari

A1 = Get
B2 = Acquire
C1 = Obtain

A1 = Do
B2 = Perform
C2 = Execute

A1 = Make
B2 = Construct
C1 = Forge

A1 = Go
B2 = Advance
C1 = Proceed

A1 = Have
C1 = Possess
C2 = Retain

Keyingi postlarda har bitta soʻzning qachon va qayerda ishlatilishini tushuntirib beraman.

⁉️ Siz yana qaysi A1 darajadagi verbʼlarning B2, C1 yoki C2 levelʼdagi variantlarini bilasiz?

Izohda yozib keting

Kanalga ulanish: @teacherazam
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
10 yillikdagi yil soʻzlari. 1-qism.

📉 2015-yil “Austerity” — Oʻzbek tilida tejamkorlik degani. Bunga sabab oʻsha yili Yevropa davlatlarida saylovlar qatʼiy iqtisodiy qarorlarga qaratilgani uchun odamlar bu soʻzni koʻp izlagan.

😨 2016-yil “Paranoid” — Oʻzbek tilida vasvasa deb tarjima qilsak boʻladi. Shu yilda UK Yevropa ittifoqidan chiqqan, Trump saylovda yutgan, Suriyada esa qonli fuqarolar urushi boʻlgan.

👥 2017 “Populism” — odamlarning ishonchini qozonish uchun ularga oʻzlari istagan narsani berishda amalga oshiriladigan siyosiy yondashuv. Misol, saylovda yutish uchun soliqlarni qisqartirib, oylik maoshlarni oshirishni vaʼda qilish.

Bu soʻz ommalashishiga sabab esa Trump 2017-yil 22-yanvarda AQShning 45-prezidenti sifatida qasamyod qiladi, keyin esa Rim papasi Fransisk intervyuda populizmning kuchayishidan ogohlantiradi.

Siz bu soʻzlarning tarjimasini bilarmidingiz?

Doʻstingizga ham joʻnatib qoʻying

Kanalga ulanish: @teacherazam
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Abituriyentlar, endi sertifikatingiz boʻlmasa, imtihon topshira olmaysiz

Blogingizda chet tili birinchi fan sifatida belgilangan boʻlsa, ushbu fandan test sinovi o‘tkazilmaydi. Abituriyentlar faqat sertifikatni taqdim etishlari lozim boʻladi.

Yuqoridagi rasmda bor, qaysi yoʻnalishlarda bunday boʻlishi.

👀 Endi eʼtibor bering.

1-fan sifatida aniq koʻrsatilgan ingliz, nemis va fransuz tillaridan ayni shu fan boʻyicha sertifikat, “Chet tili” deb koʻrsatilgan boʻlsa biror xorijiy tilni bilish sertifikatini taqdim etish kerak boʻladi.

✔️ Bu nima degani?

Masalan 1-fanga “ingliz tili” deb yozilgan boʻlsa, aynan shu fandan sertifikat boʻlishi kerak. Nemis yoki turk tilidan sertifikati borlar bu yo’nalishga topshira olmaydi.

Lekin 1-fan “Chet tili” deb koʻrsatilgan boʻlsa, qaysi tildan sertifikatingiz boʻlsa ham bu yoʻnalishga topshira olasiz.

Abituriyent tanishlaringizga joʻnatib qoʻying

Kanalga ulanish: @teacherazam
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
10 yillikdagi yil soʻzlari. 2-qism.

📱 2018-yil “Nomophobia” — telefonsiz qolishdan yoki undan foydalana olmaslikdan qoʻrqish. Mana shu yildan boshlab butun dunyoda telefonlardan foydalanish keyingi bosqichga chiqishni boshlagan.

🔄 2019-yil “Upcycling” — Oʻzbek tilida yangilanish deb tarjima qilsak boʻladi. Biror bir narsaning eskisidan voz kechib, oʻrniga yangilarini sinab koʻrish jarayoni.

Bu yilda koʻplab inflyuyenserlar Instagram orqali yoshlarni sogʻlom hayot tarziga targʻib qilgan, yangi narsalarni sinab koʻrishni, sotib olishni tavsiya qilgan.

😷 2020-yil “Quarantine” — Karantin. Bu soʻzni nima uchun ommabop boʻlganini va tarjimasini aytmasam ham hamma biladi. Hammamizga yaxshigina tanish soʻz.

Siz bu soʻzlarning tarjimasini bilarmidingiz?

Doʻstingizga ham joʻnatib qoʻying

Kanalga ulanish: @teacherazam
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Firibgarlarga aldanib qolmang

Behruz Vip degani chiqibdi, pulingizni 200 barobar qilib koʻpaytirib beraman der ekan.

Pul tashlab berganingizdan keyin esa yoʻq boʻlib qoladi, yoki yana pul soʻraydi.

U pullarni sizning kartangizga oʻtkazib berish uchun komissioniy sifatida ishlatishini aytadi.

Uning qanday ishlashini videoda ham aytib berdim.

Kanalga ulanish: @teacherazam
Behruz Vip akkaunt egasi kanalini oʻchirib, usernameʼni boshqa kanalga qoʻyibdi.

Rasmda ham koʻrishingiz mumkin.

Odamlar iltimos, agar sizga ham kimdir pulingizni koʻpaytirib beraman deb yozsa, ishonmang.

Hech kim hech qanday harakatsiz minglar evaziga millionlar vaʼda qilmaydi.

Tekin pishloq faqat qopqonda boʻladi, barakatopgurlar.

Kimdir shubhali koʻrinyaptimi, javob qaytarmang unga.

Kanalga ulanish: @teacherazam
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
2-video.

Behruz Vip degani umuman boshqa odamlarning rasmidan foydalanib, koʻpchilikni aldayapti.

Umuman hozir firibgarlar shu yoʻlga oʻtishgan.

Mana oʻsha Behruz Vip Oybek akaning shaxsini oʻgʻirlab, odamlarni aldashda ularning rasmlaridan foydalangan.

Ular bilan koʻrishib gaplashdim.

Ijtimoiy tarmoqlarda qandaydir qimmat buyumlar bilan tushgan rasmlaringizni qoʻymang. Bu firibgarlarga boshqalarni aldashi uchun tayyor qarmoq boʻladi.

Kanalga ulanish: @teacherazam
Agar bizning telegram-kanalimizga a’zo bo‘lsangiz va Rossiyada yashasangiz, sizga pulni O‘zbekistonga qanday qilib oson o‘tkazish to‘g‘risida maslahat bermoqchimiz!

T-Bankning Black kartasini rasmiylashtiring, u sizga MDH davlatlariga qulay pul o‘tkazish imkonini beradi. Agar Pro obunasini ulasangiz, sizga 1 oylik bepul obuna taqdim etiladi va quyidagilardan foydalanishingiz mumkin bo‘ladi:

- O‘zbekiston, Tojikiston va Qirg‘izistonga komissiyasiz 50 000 rublgacha (obunasiz 20 000 rublgacha) pul o‘tkazmalari
- Qulay mobil ilova orqali xorijiy kartalarga tezkor pul o‘tkazmalari
- Chet elliklarga o‘z ona tilida yordam xizmati
- Maxsus takliflar uchun 30% keshbek
- Kartaga bepul xizmat ko‘rsatish (agar T‐Bank kartasi va debet xisoblarida 50 000 ₽ dan ortiq mablag‘ saqlansa, aks holda oyiga 99 ₽)

Kartani rasmiylashtirish uchun Rossiya pasporti, telefon raqami va ro‘yxatdan o‘tish shart emas.

Quyidagi havola orqali kartani rasmiylashtiring va u sizga Rossiya bo‘yicha bepul yetqazib beriladi:
https://t.tb.ru/TeacherAzam_uz

Reklama. Реклама. АО "ТБанк", ИНН 7710140679, лицензия ЦБ РФ Но 2673, erid: 2Vtzqw1zmz7
Birgalikda firibgarlarga qarshi kurashamiz. Faqat tirikchilikni ham unutmagan holda. 😌
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👨‍⚕️ 8 yillik tajribaga ega urolog va androlog Muhammad Bobur Mamadaliyev bilan podkast qildik.

Unda uylanishdan oldingi tekshiruvlar qanchalik muhim ekanligi, jinsiy orientatsiya buzilishi va bepushtlik sabablari haqida gaplashdik.

👉 Mana bu yerda koʻring

Kanalga ulanish: @teacherazam
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2025/07/04 15:34:14
Back to Top
HTML Embed Code: