Telegram Web Link
Ijtimoiy tarmoqlar ChatGPT-5 haqida koʻplab negativ izohlarga toʻlib ketdi.

Uni koʻpchilik “мусор” deb atashmoqda.

Asosiy shikoyatlar nimalardan iborat oʻzi?

— foydalanuvchilarning savollariga GPT-5 emas balki uning kichik modeli GPT-5 mini javob bermoqda.
— yuklama ortib ketishi tufayli notoʻgʻri yoki xatolar bilan javob beryapti.
— GPT-5 deyarli barcha jihatdan oldingi modellardan orqada qolmoqda. U GPT-4o kabi suhbatda yoqimli, GPT-4.5 kabi ijodkor, GPT-o3 kabi aqlli emas.
— $20 sotib olgan obunachilardan oldingi modellar olib qoʻyildi. Faqat GPT-5ʼning oʻzi qoldi.
— Redditʼda ham foydalanuvchilar Sem Altmandan eski modellarni qaytarishni soʻrab yozishyapti.

Eksployt kanalidan tarjima qilindi

Siz ham ishlatib koʻrdingizmi ChatGPT-5ʼni?

Tajribangiz qanday boʻldi?

@teacherazam
105🔥31👍23😱10👏7
Hozirgi yoshlar uchun eng muhim koʻnikma

Oxirgi paytlar informatsiyaga toʻla dunyoda yashayotgan yoshlar uchun 1 dona koʻnikma yoki mahorat kerak boʻlganda, u nima boʻlishi haqida juda koʻp oʻyladim.

Bu tillarni oson oʻzlashtirish, AyTi, maʼlumot izlay olish yoki nimanidir samarali oʻrgana olish boʻlishi mumkin.

Lekin mana shu koʻnikmalarning oʻzagida yotgan va busiz yuqoridagilarni oʻrganish imkonsiz boʻlgan boshqa asosiy koʻnikma ham bor.

Bu — teran fikrlay olish qobiliyati

Cal Newportʼning “Deep work“ oʻzbek tilidagi “Diqqat” kitobida mana shu haqida yozilgan. Kitobning asosiy mazmuni teran fikrlash haqida.

Hozirgi paytda butun dunyoda bizning eʼtiborimizga kurash ketmoqda. Istalgan joyingizga kirsangiz, hamma oʻzining maʼlumotini oʻzining minbaridan tarqatishga harakat qiladi.

Bu normal holat. Bu bilan oʻzim ham shugʻullanaman.

Lekin shularni filtr qila olish, kerakli paytda voz kechishni bilish va maqsadingiz sari harakat qila olish eng muhim koʻnikma. Bu zamonaviy tilda detox ham deyiladi.

Shuning uchun teran fikrlagan holda, keraksiz narsalardan ayni vaqtda kechishni odat qiling.

Oʻzi bu kitobni oʻqiganmisiz?

@teacherazam
103🔥45👍17😱5👏4
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
"Ayollar hozirgi kunda "jertva" ni yoqishgandek ko'rinadi. Semirib ketishida boshqani ayblaydi.Odam o'zini qo'lga olib, bilganicha harakat qilishi kerak"- dietolog Barno Suleymanova.

To’liq video: https://youtu.be/6SQz6va4gag
🔥5325🤣20👍14👏6😱1🎅1
Nega gʻoyalar puldan ham muhimroq?

Shahzod Bahodirov bilan boʻlgan podkastda moderatorimiz Barno Muqimova aynan mana shu savolga javob berdi.

Warren Buffet va uning doʻsti Charli Mungerning biznes sherikligi nega uzoq davom etganining sababi ham aynan gʻoyalar edi.

Sizda ham gʻoyalar haqida gaplashadigan doʻstingiz bormi?

👉 Podkastni koʻrish: https://youtu.be/B2-sKCUWFs0

@teacherazam
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥4721👍13
IELTS’dan 9.0 olish nima qilish kerak?

Ingliz tilni o’zini yaxshi bilish kamlik qiladi. Imtihonda sizni nimalarga qarab baholashlarini ham bilishingiz shart.

🗿 Ana shunda siz nima uchun pastroq bal olayotganingizni aniq bilolasiz va o’sha kerakli nuqtani yaxshilashingiz mumkin bo’ladi.

Qarabsizki IELTS natijangiz ham yaxshilanadi.

Hozirgina YouTube'ga chiqqan videomizda IELTS imtihoni qanday bo'lishini batafsil tushuntirib berganmiz.

Videoni ko'rish: 👇
📹 IELTS’da sizni qanday baholashadi? 9.0 olish uchun nima qilish kerak?

#YouTube

🥳 Yoqimli tomosha!

📱 @englifyschool
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1🔥6529👍8🎅8🤣5👏4
Ishlamasangiz, oʻzingiz istab pul toʻlaysiz

Ishsiz xitoyliklar “soxta ofislar”da kunlarini oʻtkazmoqda. Buning uchun pul ham toʻlashadi. Nega?

Hozir Xitoyda ishsizlik darajasi 14% dan yuqori va mana shu holatda ishsiz yoshlar oʻzlarini ishlayotgandek koʻrsatish uchun maxsus tashkil qilingan kompaniyalarga pul toʻlashmoqda.

Misol uchun 30 yoshli Shuy Chjouning o‘z biznesi bor edi, ammo 2024-yilda inqirozga uchradi. Bir muddatdan keyin “Pretend To Work” yaʼni Ishlayotgandek Koʻrin kompaniyasiga kuniga 30 yuan, taxminan $4,2 dan toʻlay boshladi.

U yerda u xuddi shunday - o‘zlarini ishlayotgandek ko‘rsatayotgan beshta “hamkasblar”ga qo‘shildi.

Bunday kompaniyalar Xitoyda tobora ko‘payib boryapti ekan. Mutaxassislarning aytishicha, haqiqiy bo‘lmagan ofislar yoshlarga kunlarini tartibga solish va ish izlashda keyingi qadamlarni rejalashtirish imkonini berar emish.

“Men o‘zini foydasiz deb his qilishni istamaydigan odamlarga ish o‘rnini emas, balki o‘ziga bo‘lgan hurmatni sotyapman. ”, - deydi Pretend To Work kompaniyasining nomi oshkor qilinmagan egasi.

Maqolaning ingliz tilidagi toʻliq versiyasi mana bu yerda

Kelajakda yana qanday shunaqa noodatiy voqealar koʻpayadi deb oʻylaysiz?

@teacherazam
🔥9444😁38😱16🤣13👍6👏3😢3🎅2
Tug‘ilgan kuningiz qanchalik tez-tez takrorlanadi?

Ma’lum bir sanada tug‘ilishlar sonining ko‘p yoki kamligi jamiyatlarning qadriyatlari, mavsumiy o‘zgarishlar va hatto shifoxonalarning ish jadvaliga qarab turli davlatlarda turlicha bo‘ladi.

Misol uchun Rojdestvo yoki Yangi yil kabi bayramlarda tug‘ilishlar soni eng kam bo‘lib kelgan, chunki bu sanalarda ham tabiiy, ham rejalashtirilgan tug‘ilishlar soni pasayadi.

Yaponiyada 1-yanvar sanasida madaniy urf-odatlar va shifoxonalarning yopilishi tufayli tug‘ilish kam uchraydi. Jahon miqyosida 29-fevral eng noyobi, chunki u faqat to‘rt yilda bir marta keladi.

Eng ko‘p tugilishlar sentyabr oyining boshi va o‘rtalarida uchrar ekan. 9-sentyabr AQSH, Kanada va Buyuk Britaniyada eng ko‘p bola tugilgan kun hisoblanadi. Bu bayramlar oyi bo‘lgan dekabrda homiladorlik holatlari ko‘payganidan dalolat beradi.

Ba’zi hududlarda esa avgust oyining oxirida yuqori ko‘rsatkichlar kuzatiladi. Ushbu qonuniyatlar biologik mavsumiylik, madaniy an’analar va rejalashtirilgan tug‘ruq jadvallari uyg‘unligi ko‘pchilik odamlarning dunyoga kelish vaqtini qanday belgilashini ko‘rsatadi.

Jadvaldagi 1 eng ko‘p uchraydigan, 366 eng kam uchraydigan tugilgan kun.

Ranglar qanchalik to‘q rangda bo‘lsa, u sanada tug‘ilgan insonlar shunchalik ko‘p. Qancha och rangda bo‘lsa, shunchalik tug‘ilishlar soni kam.

Manba

@teacherazam
1106👍44🔥27🤣22😱8👏4
AI bilan muhabbat: Yangilanishdan keyin hislar yoʻqoldi

OpenAI yaqinda e’lon qilgan GPT-5 yangilanishdan keyin AI yigit topgan ko‘plab ayollar o‘zlarini yolg‘iz his qilishmoqda. Ular uchun yangi versiya sovuq, hissiz va begona bo‘lib qolganini aytib yozishyapti ekan.

“Jane” taxallusli ayol besh oy davomida GPT-4o bilan suhbatlashgan. Uning so‘zlariga ko‘ra, bu oddiy suhbat emas, balki shaxsiy va samimiy boʻlgan. Lekin yangilanishdan keyin o‘sha ovoz va ohang butunlay o‘zgarganini aytgan.

Jane buni uyga qaytib kelganda, mebellar joyidan ko‘chirilgan emas, balki butunlay buzib tashlanganga oʻxshatgan.

Reddit’da ham “MyBoyfriendIsAI” kabi forumlarda yuzlab odamlar o‘z dardini bo‘lishmoqda. Ko‘plar “GPT-4o ketdi, men do‘stimni, sevgilimni yo‘qotdim” deb yozib tashlagan.

Norzilikdan keyin Sam Altman chiqish qilib, muammoni tan oldi. Unga ko‘ra, kompaniya ikki yo‘lni taklif qilgandi:
— GPT-4o ni qayta ishga tushirish va “Plus” foydalanuvchilariga yana foydalanish imkoniyatini berish;
— GPT-5 ni hissiyot jihatidan iliqroq, samimiyroq qilish ustida ishlash.

Eʼtirozlar shu darajada koʻp boʻldiki hozir Plus foydalanuvchilari uchun 4o modeli ochib qoʻyildi.

Endi menda savol bor OpenAI foydalanuvchilarni yangi oʻzgarishlar bilan xursand qilsinmi yoki ularning hissiy ehtiyojlarini birinchi o‘ringa qo‘ysinmi?

Manba

@teacherazam
🤣28364👍23🔥11😁7🎅7😢6👏2
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Yoshligimizda hayvonlar qishki olimpiadasi boʻlar edi. Oʻsha vaqti uni haqiqat deb oʻylaganman.

Lekin asta-asta bunday voqealar haqiqatga aylanyapti. Faqat hayvonlar misolida emas, robotlar bilan.

BBC shu haqida maqola chiqaribdi. Xitoyning Bejing shahrida birinchi robotlar olimpiadasi oʻtkazilibdi.

Robot sportchilar yengil atletika, futbol, raqs va jang san’ati kabi bir qator musobaqalarda bellashgan. AQSH, Germaniya va Yaponiya kabi 16 mamlakatdan ishtirokchilar kelgan.

Bularning barchasi Xitoyning gumanoid robototexnika bo‘yicha global yetakchi bo‘lishga intilishining bir qismi.

Qaydam, keyinchalik robotlarga fuqarolik ham berilar, balki yana 10 yillardan keyin odamlar bilan bitta olimpiada yoki jahon chempionatlarida qatnashishar.

Keyinchalik esa ular oʻrnatgan rekordlarni faqat oʻzidan kuchli robotlar yangilay olar.

Qarang dunyo qayerga qarab ketyapti, yoki men vahima qilyapmanmi?

@teacherazam
👍8735🤣29👏24😱18🔥14😢12🎅6😁4
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Яхши фикрлар, яхши таклифлар эътибордан четда қолаверса, кейинги сафар одамнинг таклиф бергиси ҳам келмайди.

Профессор Қозоқбой Йўлдошевнинг айтишича, кўпчиликда танқидий фикрларга нотўғри ёндашув мавжуд. Улар шундай дейди:

“Сенлар танқид қилаверасан. Лекин ечим бермайсан.”

Профессор эса буни шундай тушунтиради:

“Фикр берадиган одам, муаммони еча оладиган жойда эмаслиги учун ҳам фикр беради. Йўқса, бу муаммони унинг ўзи аллақачон ҳал қилган бўларди.”

🔗 Тўлиқ суҳбатни бу ерда тингланг: https://youtu.be/pwMSSUwMCuM
56🔥28👏12👍6
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Golfchi pashsha sabab 1,45 million dollar yutib olibdi

BMW Championship turnirida Tommi Flitvudning urgan to‘p chuqurdan millimetrlar masofada to‘xtab qoladi. Ammo 28 soniyalik kutishdan keyin chuqurchaga tushibdi.

Bunday boʻlishiga sabab aynan shu toʻpcha ustida yurga pashsha ekan.

Keyin Flitvud FedEx Cup reytingida beshinchi o‘ringa ko‘tarilib, 728,750 dollarlik sovrinlarga qo‘shimcha ravishda 1,45 million dollar bonusga ega bo‘libdi.

Bitta pashsha sabab odamlarning hayoti oʻzgarib ketyapti. 😅

@teacherazam
1🤣438🔥4830😁17👍15👏8😱5🎅4
Forwarded from Laziz Hamidov
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Bloger kontent uchun katta serqatnov yo‘lga somon qoplangan katta bo‘laklarni tashlab qo‘yib, kim to‘xtab olib qo‘ysa, pul berayotganmish.

Tovba, sog‘mas bular, g‘irt jinoyat-ku bu, kimdir ko‘rmay kelib urilsa, to‘satdan ko‘rib, chetlab o‘taman deb boshqa mashina bilan avtohalokat sodir qilsa nima bo‘ladi?

@lazizhamidov
70👍36😱12🤣10🔥3👏2
🎙 Ushbu podkastda biz shaxsiy rivojlanish va zamonaviy hayotdagi eng ko‘p muhokama qilinayotgan masalalarni tahlil qildik.

Suhbat davomida inson xulq-atvori, zamonaviy trendlar, erkaklar, oila qadriyatlari va sun’iy intellektning kelajagi kabi mavzular atrofida fikr almashdik.

Suhbatda muhokama qilingan asosiy mavzular:

— Introvert va ekstrovertlik farqlari
— Kofe, eltanin va kayfiyatga ta’siri
— Nega bugun ADHD trendga aylandi?
— Zamonaviy hype va tendensiyalar sababi
— Oila qadriyatlari va tanlovlarda erkak/ayol mas’uliyati
— Kibr, media va insonlarni hafa qiladigan haqiqatlar
— Kitob tavsiyalari, tavakkal qilish va “kam o‘ylab – ko‘proq harakat qilish” g‘oyasi
— The Secret filmi va motivatsion yondashuvlar
— Sun’iy intellekt, miya va kelajak texnologiyalari

💡 Davron Turdiyev o‘z kuzatuvlari, kurslari va kitoblaridan olingan xulosalarini ochiqchasiga bo‘lishdi.

Shuning uchun ham bu epizod ko‘plab savollarga javob topishga yordam beradi.

👉 Podkastni koʻring: https://linktw.in/aebPTa

@teacherazam
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1🔥6828👍16👏2
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Eslab ko'ring, Mafia o'yini o'z davrida qanchalik ommalashgan edi. O'sha unutilmas muhit, chuqur syujet va gangster dunyosi. Bu o'yinni aynan bizning avlod yaxshi eslaydi va qadrlaydi.

Yaqinda "Mafia" o'yinining davomi — Mafia: The Old Country chiqibdi. O'yinni o'ynashga vaqt topa olmasangiz ham, Kiber Uz kanali siz uchun maxsus videorolik tayyorlagan. Unda o'yinning asosiy yangiliklari, xususan, voqealar joyi — Sitsiliya va o'yinga qo'shilgan ko'pgiona yangiliklar qatorida pichoq duelining qanday ekanligi haqida ham ma'lumotlar beriladi.

Videoni ko'rish uchun havola
🔥4616👍10🎅7👏2😢2
2025/10/24 15:10:30
Back to Top
HTML Embed Code: