Telegram Web Link
Abraham Linkolnning 19-asrdagi portreti soxta ekan

Hozir rasmlar AI va turli deepfakeʼlar yordamida tahrirlanyapti. Lekin bunday texnologiyaning boshqacha variantidan ancha oldin ham foydalanishgan ekan.

AQSh prezidenti Abraham Linkolnning eng mashhur rasmi 1864-yil fevral oyida Anthony Berger tomonidan olingan. Lekin u feyk. Toʻgʻrirogʻi feyk emas, boshi oʻziniki, tana va rasmdagi detallar umuman boshqa odamniki.

Oʻsha boshqa odam AQSHning vitse-prezidenti John C. Calhoun boʻlgan. Uning rasmi esa 1852-yil olingan ekan.

Bundan surʼatdagi rasmiylikni oshirish koʻzda tutilgan ekan oʻsha zamonlarda. Bizda esa hozir shunday ishlarni plagiat deyishadi.

Chap tarafda Calhoun, oʻng tarafda esa faqat kallasi almashtirilgan, qolgan hammasi Calhounniki boʻlgan Abraham Linkoln.

Manbaa

Ehhhh, tarixga ham ishonch qolmayapti

@teacherazam
81😱46👍26😁19🔥12👏3
🗣️ YouTube kanalimizda yangi video

Writing mahoratini kuchaytirishga yordam beradigan 3 ta oddiy lekin samarali usullar.

Bu usullar ingliz tilidayam, o’zbek tilidayam yozish mahoratingizni kuchaytiroladi.

📌 IELTS natijangiz ham albatta yaxshilanadi.

Videoni ko'rish: 👇
📹 Writing kuchaytirish uchun eng samarali 3 usul.

#YouTube

Yoqimli tomosha!

📱 @englifyschool
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥5828👍8😱4👏1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Enidning sevgi uchburchagi

Ikkinchi mavsum Enid uchun ham sinov bo‘ldi. U endi shunchaki 2-darajali qahramon emas, balki o‘zining murakkab sevgi uchburchagi bilan syujetni tortib ketdi. Faqat bitta narsa aniq: bu chiziq o‘tgan mavsumdagidek ishlamadi. Ya’ni Enidning syujet chizig‘i serialning eng zaif nuqtasi bo‘ldi.

👉 Batafsil tahlilni Susambil YouTube kanalida tomosha qiling: https://youtu.be/vZhM8Qm_uYI
🤣78👍3227🔥8😁8😱4👏2😢2🎅2
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Zerikarli oʻyinlardan charchadingizmi?

Kiber Uz yangi videoyida sizni hayratda qoldiradigan smartfonlar uchun eng zoʻr oʻyinlar toʻplamini tayyorlabdi. Ular orasida AAA-loyihalar ham, ajoyib indie-oʻyinlar ham bor. Uzoq vaqt oʻynashga arziydigan oʻyinlar haqida bilib oling!

Qaysi birini oʻrnatishni tanlash uchun quyidagi havolaga oʻtib to’liq videoni tomosha qilsangiz bo’ladi! 👇

https://youtu.be/fymaYFrvh-s?si=_t0iLynT_Z7Lyh_q
33👍9🔥7
Skibidi, delulu, broligarchy, tradwife

Cambridge dictionaryʼga yangi soʻzlar qoʻshilibdi. Bunday boʻlishiga internet ham sabab boʻlayapti.

Yangi tendensiyalar, oʻzgarishlar yangi soʻzlarni yaratyapti.

Yangi qoʻshilgan soʻzlarga keladigan boʻlsak, ular:

Skibidi — yaxshi yoki yomon kabi turli maʼnolarga yoki hazil tariqasida umuman maʼnosiz ishlatilishi mumkin boʻlgan soʻz.

Misol: “What the skibidi are you doing?”

Bu soʻz 2018-yil Little Big guruhi Skibidi degan qoʻshiq chiqarganidan keyin mashhur boʻlishni boshlagan.

Tradwife — ovqat pishiradigan, uy tozalaydigan va ijtimoiy tarmoqlarda post qo‘yadigan turmush qurgan ayol kishining qisqartmasi.

Delulu — bu soʻz “dulusional” yaʼni gallyutsinatsiya soʻzining qisqartma shakli. Maʼnosi esa haqiqiy va toʻgʻri boʻlmagan narsalarga ishonish.

Broligarchy — bu soʻz bro va origarchy soʻzlarining jamlanmasi hisoblanadi. Oʻz biznesiga egalik qiluvchi, oʻta boy va qudratli, siyosiy taʼsirga ega boʻlgan erkaklarning kichik guruhi.

Bu soʻzni 2025-yil yanvar oyida boʻlgan Donald Trampning prezidentlik lavozimiga kirishish tadbirida qatnashgan Jeff Bezos, Ilon Mask va Mark Sukerbergni tasvirlash uchun ishlatishgan.

Manba

Doʻstlaringizga joʻnatib qoʻying.

@teacherazam
😁15046👍29🤣21🔥11😢5👏3😱3
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
"Pul odamga ishonch beradi. Agar ayollarda daromadi bo'lsa, yonidagi turmush o'rtog'i urishishga cho'chiydi"- bloger Shahzoda Abdusalom.

Siz qanday fikrdasiz?

To’liq video: https://youtu.be/Z8vu3ucMNA0?si=U2tsbm9WllPDUKia
🤣127🔥3820👍10🎅8👏6😁5😱3😢1
Falastinlik bolalar Buyuk Britaniyaga joʻnatilar ekan

30 dan 50 tagacha ogʻir kasal va yaralangan bolalar yaqin haftalar ichida Gʻazodan Buyuk Britaniyaga evakuatsiya qilinishi kutilmoqda.

Ular Tashqi ishlar vazirligi, Ichki ishlar vazirligi va Sog'liqni saqlash departamenti tomonidan hukumat operatsiyasi doirasida Buyuk Britaniya olib kelingan birinchi bolalar boʻlar ekan.

Bolalar Xamas tomonidan boshqariladigan sogʻliqni saqlash vazirligida ishlaydigan shifokorlar tomonidan tanlanadi.

Qabul qiluvchi davlat odatda davolanish xarajatlarini, shu jumladan ruhiy salomatlikni qoʻllab-quvvatlash, shuningdek, bemor va uning hamrohlari uchun uy-joy va yashash ehtiyojlarini qoplashga rozi boʻladi.

Urush boshlangandan beri gʻazoliklar boshqa davlatlarga ham evakuatsiya qilingan edi, jumladan Italiyaga 180 dan ortiq kattalar va bolalar.

Esingizda boʻlsa Buyuk Britaniya va Fransiya Falastin davlatini sentyabr oyida tan olishini aytgan edi

Manba

@teacherazam
236👏63👍30😢21🔥9
Davron Turdiyev bilan boʻlgan podkastni koʻrganmidingiz?

Kam oʻylab, koʻp harakat qilish falsafasi haqida Davron aka yaxshi tushuntirib bergan edi.

Umuman bilaman deyishlik yoki bilaman deb oʻylashlik kibr ekanligi ham aytgan edi.

Bu karusel postda u haqida toʻliq tushunib olsangiz boʻladi.

Podkastni koʻrish: https://linktw.in/aebPTa

@teacherazam
2👍11733🔥16👏5🤣5🎅5
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
2004-yilning 1-sentabrida, Beslan shahridagi 1-raqamli maktabda ro‘y bergan terrakt Rossiyaning eng dahshatli terrorchilik hujumlaridan biri bo‘ldi. Isyonchilar 1,100 nafar o‘quvchi va o‘qituvchini asir olib, 3 kun davomida qo‘zg‘olonni boshqardi. Xavfli portlashlar va o‘limga olib kelgan amaliyotlar harbiylar va fuqarolarni qattiq talofotda qoldirdi. Bu voqea Checheniston mustaqilligi uchun olib borilgan kurashning oxirgi bosqichlaridan biri sifatida tarixga kirdi.

Terrakt batafsil qanday bo‘lganini bilish uchun videoni tomosha qiling: https://youtu.be/Su8iWm6IImM?si=ZsxDiTmXOLQ1leHt
😱4528👍9🔥4
Paypoqda uxlash foydali yoxud men bir narsani bilmasam, qilmayman

Mishel Drerup ilmiy izlanish qilibdi — paypoq kiyib yotsa, odam tezroq uyquga ketar ekan.

Kunduzi katta yoshli odamlarning tana harorati odatda 36,1 gradusdan 37,2 gradusgacha boʻlar ekan. Yosh bolalarda esa bu biroz pastroq.

Kech tushishi bilan esa bu harorat bir-ikki daraja pasayishni boshlaydi va organizmni uyquga tayyorlaydi.

Oyoqlarni isitish orqali tananing qolgan qismini sovitishga yordam beradigan qon tomirlarini kengaytirasiz. Oyoqlaringizda qon aylanishining kuchayishi tana haroratining pasayishiga olib keladi.

2018-yilda ham oʻtkazilgan tadqiqotlarga koʻra paypoq kiyib uxlaganlar paypoqsiz uxlaganlarga nisbatan sakkiz daqiqa tezroq uyquga ketishgan, 32 daqiqa ko‘proq uxlashgan va tun davomida kamroq uyg‘onishgan.

Endi tushundingizmi nega men paypoq kiyib uxlashimni?

Mana bu yerda oʻqib qoldim.

@teacherazam
😁213🤣8934👍14🎅10👏8🔥7😢3😱1
Intizomni ortiqcha baholayapmiz

📕 CNNʼda bir maqola oʻqib qoldim. U yerda maqsadga intizomsiz ham erishish mumkinligi haqida yozilgan edi. Oʻzi bugungi kunda koʻradigan boʻlsak, faqatgina intizom orqali maqsadga erishishni hamma targʻib qilyapti. Yagona yoʻl sifatida koʻrsatishyapti.

🏃 Aslida buning boshqa yo‘llari ham bor ekan. Ko‘pchilik intizomni odatlar shakllanishiga yordam beradi deb ishonishadi. Lekin aslida bu ikkisi alohida boshqa-boshqa tushunchalar ekan.

Odatlar — vaziyatni qayta-qayta takrorlash natijasida yuzaga keladi. Misol uchun hojatxonadan chiqib qoʻllaringizni yuvish.

Intizom — o‘zingizni muayyan qoidalarga bo‘ysunishga o‘rgatish bo‘lib, e’tibor, hissiyot va xatti-harakatlarni boshqarishni talab qiladi. U biror harakatni bajarish uchun turtki bo‘ladi, ammo faqat uning o‘zi odatlarni shakllantirmaydi.


Sizga yoqmaydigan xatti-harakatni odat darajasiga yetkazish uchun uni yetarlicha uzoq vaqt takrorlashga intizomingiz yetmaydi. Intizom, iroda va o‘zini nazorat qilish bu tarzda ishlamaydi.

Bular qisqa muddatli motivatsiyalar bo‘lib, ularni faqat qisqa vaqt davomida boshqara olamiz. Juda intizomli ko‘rinadigan odamlarni kuzatsangiz, ular qabul qilayotgan qarorlar bilan aslida kurashmasliklarini koʻrasiz. Ular buni beixtiyor amalga oshiradi

Buning hammasi oʻzingizga boʻlgan sadoqat bilan bogʻliq ekan.

💪 Misol uchun bizda koʻpchilik toʻydan oldin kiyimi chiroyli turishini istab ozishga yoki vazn olishga harakat qiladi.

Lekin bu maqsad tashqi sabablarga koʻra boshqalar ularni ma’lum bir tarzda ko‘rishini xohlash uchun qo‘yiladi. Ammo toʻydan keyin yana eski holatga qaytishadi.

🎯 Agar sizda ichki sadoqat tuyg‘usi yaʼni harakatlarni oʻzingiz uchun qilish bo‘lsa, doimiy o‘zgarishlar ehtimoli ko‘proq bo‘ladi.

Maqolani toʻligʻini mana bu yerda oʻqisangiz boʻladi

✍️ Sizning bu masalada fikringiz qanday?

@teacherazam
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍7941🔥21👏16
🗿 Ingliz tili o'rganishning eng samarali yo'li - uni o'rganmaslik!

🩺 Hayotingizga aloqador bo'lgan narsani - xohlamasangiz ham baribir eslab qolasiz. Shuning uchun...

📚 ingliz tilini tez o'rganmoqchi bo'lsangiz uni hayot tarzingizga aylantiring.


🔥 Biz ingliz tili o'rganuvchilari uchun aynan shu g'oya ustiga qurilgan Telegram kanal ochdik:

🔜 @learn_with_englify

*️⃣Kanalimizdagi postlar doim hayotiy misollar, memlar va kulgili videolar orqali tushuntiriladi.

*️⃣Keyin esa barra o'rganilgan ma'lumotni amalda sinash uchun mashqlar va testlar tashlanadi.

*️⃣Ingliz tili olamiga shong'ishga yordam beradigan turli xil konetent tavsiyalar.

*️⃣Englify School'ning maxsus videodarsliklaridan parchalarni ham faqatgina shu kanalda tomosha qilishingiz mumkin.

🩺 Eng muhimi, bu kanal sizni charchatib qo‘ymaydi. Chunki biz bilan miyangiz o'zini "dars qilayotgandek"emas, balki shunchaki qiziqarli ma'lumot o'qib o'tirgandek his qiladi.

😉 Atrofingizni ingliz tili bilan o'rab olmoqchi bo'lsangiz bizga qo'shiling!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥93🤣7335👍8😁6😱5🎅3👏2
Bill Gates AI olib qo‘ymaydigan kasbni aytdi

📱 Microsoft asoschisi dasturlash keyingi 100 yil davomida insoniyatga tegishli ish bo‘lib qolishini aytdi.

📈 Jahon iqtisodiy forumi ham 2025-yilgi hisobotiga ko‘ra sun’iy intellekt 2030-yilga borib 92 million ish o‘rnini olib qo‘yadi, lekin 170 million ish o‘rnini yaratadi.

📱 Gates GitHub Copilot va ChatGPTʼni elektr bilan ishlaydigan duradgorlik instrumentlariga o‘xshatgan. Ular insonlarning ish samaradorligini oshiradi, lekin duradgor bo‘la olmaydi.

AI kodlardagi xatolarni topishi, ularni tuzatishi va dastur arxitekturasini taklif qilishi mumkin, lekin ko‘rinmaydigan muammolarni payqamaydi, hukm chiqara olmaydi, mavhum g‘oyalarni funksionallikka aylantira olmaydi.

Gates: “Eng yaxshi dasturchilar shunchaki kod yozish bilan shug‘ullanmaydi - ular muammolarni mashinalar hech qachon yecha olmaydigan tarzda hal qiladi”, — degan.

⚠️ Diqqat!

Bo‘lajak dasturchilar, kelajagingiz hali porloq - sun’iy intellekt raqobatchingiz emas, balki yordamchingiz bo‘ladi.

👉 Dasturlashni oʻrganayotganlarga joʻnatib qoʻying

@teacherazam
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
159👍58🤣37🔥27👏7😱4
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Parda Podkastning navbatdagi sonida dolzarb mavzu ko‘tarilgan. Bizda inklyuziv jamiyat bormi?, ta’lim, ishga kirishdagi qiyinchiliklar va avtobusdagi muammolar haqida gapirishibdi.

To‘liq video: https://youtu.be/9AqxkxV_S44
🔥3714👍8😢4👏2
2025/10/24 10:57:55
Back to Top
HTML Embed Code: