Telegram Web Link
Elon Mask qilgan ahmoqlik sabab, ya'ni, 8$ga twitterda galochka olish imkoniyati bir qancha muammolarni keltirib chiqarmoqda.

Asosiy sabab bu akkauntini birom mashxur shaxsnikidek qilib olib, ularni nomidan turli xil tvitlar yozishlaridir. To'g'ri, bu akkauntlar keyinchalik bloklanmoqda, lekin ungacha o'sha tvit ko'pchilikka zarar yetkazishga ulgurishi mumkin.

Masalan, amerika prezidenti nomidan ochilgan, galochkasi bor akkauntdan "Iroqqa xujum qilib kayf qiluvdim o'ziyam" degan tvit qoldirilgan. Shu tvitni o'zi qancha muammoga sabab bo'lishi mumkinligini o'ylayapsizlarmi? Akkauntda prezidentni rasmi, ism prezidentniki, galochkasi bor va haqoratli gaplar. To'g'ri, userneymga qarab ajratish mumkin, lekin ko'p hollarda userneymni ham 1-2ta belgisigina farq qilarkan xolos. Yodingizda bo'lsa, bundan 2 yil oldin meni nomimdan ham akkaunt ochgan bir dolbayob paydo bo'lgandi. Userneymga qarab deyarli hech kim farqlolmagandi)

Endi tasavvur qilinga, bizni prezident, hokim, yoki GMni nomidan profil ochilib, unga galochka olinib, xalq nafratini uyg'otishi mumkin bo'lgan tvitlar paydo bo'lsa....😏 Ixm, ixm, bu rejani mendan eshitmadinglar

@TheAliBlog
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Abror Muxtor Aliy rosa reklama qilgan, galaktikalarga ko'tarib maqtagan InBrain proyekti nima bo'ldi? Dasturi ishlayaptimi uni? Sayti uje o'chganmish. Bu haqida biror tushuntirish berdimi domla? 🤔
Ijtimoiy tarmoqlar uchun yangi video tayyorlashga g'oya keldi, Blenderda. Tayyor bo'lgunicha trend tugab, hammani esidan chiqib ketmaydi deb umid qilaman😬

Aslini olganda, mana shu sabab uchun ham tarmoq uchun juda kam video tayyorlayman. Ya'ni, birorta trend chiqsa, unga video tayyorlagunimcha trend yopilib, yangisi chiqib bo'lgan bo'ladi😑

@TheAliBlog
Sizlarniyam Call of Duty MW2ni yangisini sotib olishga qorninglar og'riyotgan bo'lsa:

https://www.youtube.com/watch?v=XV8vBqNu9nI
Yer aholisi bugun 8 milliard bo'pti.
Bir necha yildan beri Youtubedagi eng ko'p obunachiga ega kanal maqomini saqlab kelgan PewDiePie kanali bugun 2-o'ringa tushdi. 1-o'rinni esa, MrBeast kanali egalladi. 111M < 112M.

Rostdan ham, PewDiePieni davri o'tti endi. O'zi nega oddiy strimerni kanali bunaqa kattalashib ketganini oldin ham tushunmagan edim.

Agar qiziq bo'lsa, MrBeast haqida maqola yozaman.

@TheAliBlog
Bugun Miles Morales o'yini sotuvlari boshlandi. O'yinni hali sotib olmadim, pul tushishini kutyapman)

@TheAliBlog
UzMobayl nomerim o'z-o'zidan pullik sms xizmatga ulanib qolgan. Operatorni javobi esa kulgili, internetda qanaqadir reklamani ustiga bosganim uchun ulanib qolgan emish. Uzmobayl nomerim esa aslida modemni ichida ishlaydi doim. Yana kimdadir shunaqa holat kuzatilyaptimi?
Shakar arzonlabdi. Oldingi safar olganimdan 10 ming so'm arzonga oldim 1 kiloni. Qoplab olib qo'yadigan joyi menimcha. Pulinglarni kriptovalyutaga tikmasdan shakarga tikinglar))

@TheAliBlog
Donald Tramp 2024-yilgi saylovda o'z nomzodini qo'yishini e'lon qildi va o'zining prezidentlik rejalari haqida qisqacha gapirib berdi. Ular orasida noqonuniy immigrantlarni quvib chiqarish, xitoyga xomashyo qaramligidan qutulish, ayollar sportida erkaklar qatnashmasligi (elgebete) va hokazo rejalar bor.

Oldin ham aytganimdek, Trampning qadriga vaqtida yetmagandik, endi yana qayta saylansa, dunyoda ham tinchlik hukmron bo'lar, balki))

@TheAliBlog
Kechadan boshlab video-o'yinlar magazinlarida "Black Friday" chegirmalari boshlandi. Uyerda yuzlab o'yinlarni 10 foizdan 80 foizgacha arzonlashtirilgan narxlarda sotib olishingiz mumkin.

Ko'zga ko'ringan o'yinlarni narxlari haqidana aytsam, GTA Vni $11.5ga (50%), RDR2ni $12ga (65%), Cyberpunk 2077ni $14ga sotib olishingiz mumkin. Yana o'zinglar bir qator magazin aylanib, narxlarni ko'rib chiqishingiz mumkin, boshqa o'yinlar uchun. 1,5 dollarlik o'yinlar ham turibdi))

Afsuski, Miles Morales chegirmaga tushmadi hech qaysi magazinda))) Shuni kutib yurgandim endi)) Ehh, chegirmasiz bo'lsa chegirmasizda) Nasib qilsa 1-2 kunda strimni boshlaymiz)

@TheAliBlog
Nega bizda "Black Friday" atamasini "Qora Juma" deb tarjima qilishdan, yoki o'zimizdagi chegirmalarga shu atamani ishlatishdan tiyilishlarini tushunmayman.

Juma so'ziga qora so'zi qo'shilsa, bu Juma yomon kun, degani bo'lmaydiku? 😬 Sizlar qanday fikrdasizlar?
Miles Moralesni 2 soatcha o'ynab zapisni yoqib yozib ketyotuvdim. Qarasam mikrofonni nastroykadan o'chirib qo'ygan ekanman🥲

Aytgancha, o'yinga gap yo'q. Grafika udar!

@TheAliBlog
"Voice AI" proyekti haqida eshitib qoldim. Bu dastur sizni ovozingizni mashxur shaxslarni yoki kino-multfilmlardagi personajlar ovozi bilan alishtirib qo'yadi. Dasturni voice.ai saytidan bepul yuklab olishingiz mumkin.

Men Barack Obama, Rick va Mortydagi Morty, Donald Tramp ovozlarini sinab ko'rdim. Inglizcha gapirsagiz anchagina o'xshatib berarkanu, o'zbekcha gapirganda ba'zi tovushlar tushib qoladi yoki g'alati so'zlarga almashib qoladi)) Harqalay, dastur hali ishlab chiqarilish bosqichida ekan.

@TheAliBlog
Qasoskorlardagi Tor Odinson ri bilan bizga tanish bo'lgan Chris Hemsworthda Alzgeymer hastaligiga olib boruvchi kasallik aniqlanibdi. Ya'ni, bora-bora Alzgeymerga chalinib, skleroz bo'lib qolarkan. Aktyor Tor obraziga yakun yasashga tayyorligini bildirgan.

Umuman, Torning oxirgi kinosi bachkana chiqqanini hisobga olsak, bu qahramonni MCUdan olib tashlasak ham bo'laveradi o'zi.

@TheAliBlog
"Ah, shit, here we go again..."

Shunaqa ongsizlar jamiyatdan hali beri yo'qolmasa kerak. O'z fikri yo'q, boshqalarni fikri bilan yashaydigan dolbayoblar.

Bu serialni tarjimasi bo'yicha ko'plab jangu-jadallarni boshdan o'tkazdim, blogimni kuzatib boradiganlar bilsa kerak)

Eng qizig'i bu serialga ziyoli musulmonlar qatlami hecham e'tiroz bildirmagan. Faqatgina serialni o'zi ko'rmagan, boshqalarni aytgani bo'yicha fikrlaydiganlar janjal qilgan xolos.

Bunday dolbayob bo'lmanglar, qisqasi.

@TheAliBlog
Тру.
Ko'zinglar tushdimi-yo'qmi, bilmadimu, yaqinda yana bitta xabar ko'pchilikni hayratda qoldirdi. Onlayn mahalla vebsaytini yaratish uchun byudjetdan 8 milliard 400 million so'm ajrarilibdi. Bu umuman aql bovar qilmaydigan darajadagi summa. Sobiq dasturchi sifatida, dasturchilardan tanishi bor odam sifatida aytishim mumkinki, birorta rosa kuchli jamoaga feysbukni yoki telegramni qayta yasab berishini so'rasangiz ham sizdan buncha so'rashmaydi))

Shu masalada jurnalist Ibrat Safo quyidagilarni yozibdi:

"Дастурчи Wahid Abduhakimov Ўзбекистонда online-mahalla.uz сайти яратилиши учун давлат томонидан 755 минг доллар (8 миллиард 400 миллион сўм) тендерсиз тўланганини ёзибди. “Сайт мусордан фарқи йўқ. Биз бир неча ой аввал ҳудди шундай сайтни $600га ясаб берган эдик”, дейди у.

Сайтни яратган Realsoft компанияси сайтига кирсангиз, уларнинг мижозлари Президент администрациясидан тортиб кўплаб вазирлику банклар эканини кўрасиз. Қизиқ, улар аввалги хизматлар учун ҳам шу каби маблағларни тўлаганми? Компания 20 йилдирки шу ишни қиляпмиз деган, лекин компаниялар рўйхатида у 2015 йил рўйхатдан ўтгани қайд этилган. Компания эгаси саҳифасида вазирлар билан ҳам суратлари бор.

Айтишник бўлмасам-да, сайт яратилиши учун 755 минг доллар сарфланмаслигини биламан. Ҳатто 75 минг, ё 7 минг доллар ҳам кўп. Айниқса бундай оддий сайтлар учун. Хўш, нега бунча кўп пул тўланди? Балки Коррупцияга қарши кураш агентлиги ўрганиб кўрар? Ёки Realsoft бу астрономик маблағ нимага сарфлангани ҳақида ҳисобот берар?"

Shunaqa gaplar, do'stlar, bu vatanda pullar, yo'g'ey, inson aziz!

@TheAliBlog
2025/07/05 14:15:45
Back to Top
HTML Embed Code: