Telegram Web Link
O'zimizni eskicha bozor sumkalarni ming dollarlik versiyasini chiqargani bilan sizlarga tanish bo'lishi mumkin bo'lgan Balenciaga kompaniyasi salkam 2 ming dollarlik musor paket sotuvini yo'lga qo'yibdi. Oldiniga bu musor paket ko'rinishidagi kundalik sumkadir balki, ayollar sumkachasiga o'xshash, deb o'ylagandim. Lekin, yo'q, rostdan musor uchun chiqarilgan musor paket ekan😐.

Endi "oyliging musor paketga ham yetmas ekanu" deb kulsak ham bo'laveradi))

@TheAliBlog
Paxta yog'i olishda ehtiyot bo'ling, emas, umuman paxta yog'i olmanglar!

Paxta yog'i ming marta filtrdan o'tkazilsayam, hidsizlantirilsayam, zaxarli ekanicha qolaveradi. Davlatimiz paxtaga boy bo'lgani va shuncha paxtani chigitidan o'zi yog' ishlab chiqarishini hisobga olib, paxta yog'ini davlat himoyasida, desak ham bo'laveradi. Lekin inson uchun zaxarli, shuni yodda tutinglar!

Avvallari bu fikrimga qarshi ko'pchilik "hammaniyam sharoiti pista yog'ini ko'tarmaydi" degan argument keltirishardi. Lekin hozir shunday zamonlarga keldikki, orada paxta yog'ini narxi pista yog'idan ko'ra qimmatlab ketgan edi. Hozirgi narxini aniq bilmayman.

Xullas, sizlarga maslahat va tavsiyam oilangizda iste'mol uchun paxta yog'i olmanglar.

@TheAliBlog
Ali. Blog
Ishlatilgan telefon sotib olgan ko'pchilik biladiki, shunday toifa odamlar bor: har qancha telefonni ayamay ishlatsa ham, korobkasi ichidagi naushnikka biror marta tegilmagan bo'ladi. Well, men ham shunaqa toifadanman, umuman olganda. Telefonimni sentyabr…
Qizimni sharofati bilan bugun mana shu naushnigimniyam 1 tarafi ishlamay qoldi😬. Qulog'imdan tortib talashayotganida ko'nglim bo'shlik qilib qo'liga tutqazib qo'ygandim, simlarini cho'zib, devorga urib yurgandi))

@TheAliBlog
Kelasi yilga chiqadigan mashinaga bor-budini oborib berayotgan podani ko'rdinglarmi? Biz shu zavodga loyiq xalqmiz o'zi😉
2 qizni o'pishgani sabab ichimlikka boykot e'lon qiladigan xalqni hayoliga xalqqa zug'um o'tkazayotgan zavodga boykot e'lon qilish kelmaydi 😉
Avatar-2ning treyleri chiqibdi:
https://www.youtube.com/watch?v=d9MyW72ELq0

Kinoni 1-qismini umuman to'liq ko'rmaganman, menga qiziq ham tuyulmagan. Overreyted deb hisoblayman. Kino tarixidagi birinchi to'liq metrajli 3D kino bo'lmaganida, bunchalik shov-shuv bo'lmasdi, deb hisoblayman. Bu qarorim hali beri o'zgarmasa kerak.

@TheAliBlog
Telegram bugungi yangilanishda katta guruhlar uchun mavzular yaratish funksiyasini taqdim etti. Oldinlari forumlarda bo'lganidek, endi guruh ichida ham mavzular yaratib, o'sha mavzularda izoh yozish mumkin. Guruh ichida guruh desa ham bo'ladi.

Afsuski, bu funksiya hozircha kanalga ulangan guruhlarga ishlamas ekan, shunga ishlatib ko'ra olmadim. Sinash uchun @TheForum guruhiga kirsanglar ham bo'laveradi.

@TheAliBlog
🙂
Yaqindagina chiqqan "Call of Duty: Modern Warfare II" video-o'yini butun tarmoqni portlatdi, desam mubolag'a bo'lmasa kerak. Deyarli barcha ijtimoiy tarmoqlarda bu o'yinning parchalari ko'zga tashlana boshladi. O'yinni grafikasi, boshqaruvlariga gap yo'q.

O'zim bu o'yinni o'ynab ko'rmaganmanu, lekin 10 yillar oldin o'yinning 1-qismini 5-6 martalab tugatib chiqqanim yodimda. O'zi otishma o'yinlarga uncha xushim yo'qligini bilasizlar, "Call of Duty 4: Modern Warfare" o'yini esa, men o'ynagan sanoqli FPS (first person shooter) o'yinlardan biri.

Shuni o'ylab, o'yinning 2-qismini ham o'ynashga qiziqib qoldim va onlayn magazinga kirdim. O'yin narxi 70 dollar ekan😑. Balki onlayn multiplayer varianti borligi uchun ham qimmatdir, bilmadim. Xullas, sotib olish fikridan qaytdim))

Ba'zi o'yin forumlarida shovvozlar o'z akkauntini kunlik ijaraga berishayotganiga ko'zim tushdi. Ya'ni, o'yinni sotib olingan variantini 1 kunlik ijaraga olib o'ynaysiz, ertasiga akkauntni login-parolini almashtirib qo'yishadi. Kuniga 10$dan ekan🙂.

Xullas, bu o'yinni hozircha o'ynamaydigan bo'ldim. 17-kuni Miles Morales chiqishini kuta qolaman))

@TheAliBlog
Aytishingiz mumkin, o'yinni bepul versiyalari ham borku, deb. Bor yoki yo'qligini bilmadimu, lekin men ancha oldin video-o'yinlarni va dasturlarni krek holatini ishlatmaslikka qat'iy qaror qilganman. Ishlatsam litsenziyali holatida (masalan, agar pullik bo'lsa, sotib olib, yoki tekin dastur bo'lsa, shundayligicha) ishlataman, yoki umuman ishlatmay qo'ya qolaman. Bu dastur/o'yin mualliflariga hurmat va o'z kompyuterimni asrash demakdir.

Tan olishim kerakki, hozircha 50 foizdan ko'proq ko'radigan kino-seriallarimni "piratskiy" saytlardan yuklab olaman. Buni ham qachondir tugatib, pulini to'lab ko'rishni boshlash niyatim bor. Lekin afsuski, hozirda ba'zi platformalarga (masalan Disney+) O'zbekistonliklar a'zo bo'la olmas ekan negadir.

Sizlarga ham tavsiyam shu. Piratskiy dastur-o'yinlardan voz kechinglar.

@TheAliBlog
Ertaga "Wakanda Forever"ning premyerasi ekan. Qani ko'ramiz, 4-fazaning yakuniy filmi qanday ekan. Hozircha 2022-yildagi MCUning eng yaxshi proyekti bu "Moon Knight" seriali bo'ldi deb hisoblayman.

@TheAliBlog
Bugun "Wakanda Forever" premyerasiga tushdik, oshnalar bilan. Chedvik Bozmenning o'limi film saviyasiga qattiq ta'sir qilibdi shekilli, yoki o'zi Marvel oxirgi vaqtda tuzukroq mavzu topolmayaptimi, bilmadim, syujetni rasvo desa ham bo'ladi. Kecha yozilgan postda aytgan fikrim o'zgarmaydigan bo'ldi, Marvel 2022-yilda "Moon Knight"dan boshqa arzirli loyiha taqdim qilmadi. Ayniqsa Doktor Strenj ham arzirli bo'lmadi.

Aytgancha, film boshidagi Marvel introsida Chedvikning xotirasiga bag'ishlangan suratlar aylandi va fonda musiqasiz, jimlik bo'ldi. Chedvikni xotirasiga 1 daqiqa sukut saqlagandek bo'ldik))

Filmga juda vaqt sarflab tushishinglar shart emas, arzimaydi baribir. Endigi umid Chumoli Odamdan. 5-fazaning boshlang'ich filmi bizni xursand qilishiga umid qilib qolamiz)

Yaxshi xabarlardan aytadigan bo'lsam, John Uikning 4-qismi treyleri taqdim etildi: https://www.youtube.com/watch?v=qEVUtrk8_B4

Oldin aytganimdek, filmda Donni Yen ham ishtirok etarkan va aftidan, u ko'r odamning rolini o'ynaydi.

@TheAliBlog
Kechagina qiziq bir kino ko'rib qoldim, Tag degan. Tiktokda parcha ko'rib qiziqib qolgandim.

Kino 5ta yaqin do'st haqida. Do'stlar bolaligidan bir "Tag" degan o'yin o'ynab kelishadi. O'zimizni quvlashmachoqqa o'xshagan. Kim kimga teginib, "tag" qilib qo'ysa, quvish navbati unga o'tib, uyam kimnidir teg qilishi kerak bo'ladi. O'yin har yili faqat May oyida bo'lib o'tadi. Oy oxirida teg bo'lib qolib ketgan odam kelasi yil o'yin boshlangunicha "loser" bo'lib yuradi. Qiziq tomoni shundaki, do'stlar bu o'yinni juda jiddiy olishadi. Kino boshidayoq qahramonlardan biri do'stiga yaqinroq kelib, uni teg qila olishi uchun do'stining kompaniyasiga farrosh bo'lib ishga kirishidan boshlanadi.

Kinoning asosiy syujeti esa, do'stlar orasidagi Jerri degani bolaligidan beri biror marta teg bo'lishga tutqich bermagan bo'ladi va shu yildan keyin o'yindan chiqishini aytadi. Shu sabab qolgan do'stlar 30 yil davomida biror marta teg qilolmay qolib ketgisi kelmay, Jerrini teg qilish uchub fitna tuza boshlashadi.

Xullas, do'stlik haqida ajoyib komediya desa ham bo'ladi. Tavsiya qilaman))

@TheAliBlog
11.11.11 - Bundan 11 yil oldin))

2011-yil 11-noyabr sanasini yaxshi eslayman. Ayniqsa soat 11:11 bo'lgan vaqtni. U vaqtda litseyda o'qirdim, 2-kurs edim. Rus tili o'qituvchimiz bo'lardi, haqiqiy konspirolog edi, darsni ko'p qismi turli hikoyalar bilan o'tib ketardi.

Shunday qilib, 11-noyabr, soat 11:11da biz 2-parada o'tirgandik, Rus tili darsida. Sana haqisa gaplasha turib, o'qituvchimiz jurnalga bir ko'z yugurtirdida, "bugun 11 kishi kelibsizlar" degandi (15 kishilik yarim guruh uchun dars edi). Va ne ajabki, o'qituvchining qo'llanmasiga ko'ra, o'sha kuni 11-darsni o'tayotgan ekanmiz)) Bu gaplar haqida gaplashganimizdan keyin soat 11:11 bo'lishini poylab, o'qituvchimizga yana qaytadan sanab bergandim))

Shu voqeaga ham 11 yil bo'libdi. Vaqtni uchib o'tishini qaranglar vey😑

@TheAliBlog
Fragment.com saytiga Q harfigacha bo'lgan userneymlar joylanibdi. Avval kirganimda H harfigacha edi. Kimni olib qo'yilgan useri Q yoki undan oldingi harflardan boshlansa, kirib tekshirib ko'ringlarchi, narx-navosi qanaqa ekan?))

Tushunishimcha fragmentdagi userneymlar auksionga qo'yilgach, har hafta narxi pastlab boradi, talab yo'qligi sabab. Shu sabab biz ishlatgan userneymlar bora-bora tekinga bo'lib ketadi, degab taxminim bor. Albatta, agar sotuvga chiqsa.

@TheAliBlog
Elon Mask twitter uchun ham premium versiya - Twitter Blueni taqdim qildi, u orqali foydalanuvchida bir qancha funksiyalar paydo bo'ladi va ko'k "galochka" paydo bo'ladi.

Ahmoqlikni qarangki, shu sababli ham endi haqiqiy "verified" akkauntlarni tagida alohida "✅️official" belgisi ham turarkan. G'irt ahmoqlik, men sizlarga aytsam.

Telegramda qabday? Telegramda haqiqiy "verified" statusi faqatgina kanal yoki guruhlarga beriladi. Premium foydalanuvchilar esa, ko'k galochkani faqat o'z niklariga qo'ya oladilar, guruh yoki kanal nomlarida ishlata olmaydilar.

@TheAliBlog
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Ali. Blog
Test uchun yozilgan post, sotib olish shart emas, yanayam o'zinglar bilasizlar))
Ali. Blog
Shu kino agar tarjima qilinmagan bo'lsa, subtitr tarjima qilib, 1 yevrodan pullamoqchi edim) Lekin o'zbekcha dublyajda chiqqan ekan. "Davom et!" nomi bilan.

Boshqa kinoda sinab ko'rarman endi)

P/s: tepadagi pullik postda shu rasm bor

@TheAliBlog
2025/07/05 12:00:27
Back to Top
HTML Embed Code: