Telegram Web Link
Ali. Blog
G'arbda ko'pjinslilik uyoqda tursin, o'zini butunlay boshqa mavjudot deb da'vo qilishlari ham uchrab turadi. Va ming afsuski, buni hozirgi jamiyat normal qabul qilmoqda. Bir muddat oldin o'zini mushuk deb da'vo qiladigan o'quvchi darsdan haydab chiqarilgani…
Manovi postga joylangan videodagi qizku, yoshbola edi. Katta bo'lsa o'zini tutib qolar, deb kutish mumkin edi.

Buyoqda ho'kizdek odam (erkak-ayolligini chindanam farqlolmadim) o'zini bo'ri deb e'lon qilgan emish. "Wolftherian" deb atadi o'zini)) Shunaqa jins vakili emish))

https://youtu.be/h439Pp3RbdU

Bunaqa ongsiz maxluqotlarga javoban ularni zooparkka tiqish kerak, menimcha. Balki shunda aqli kirar?

Manavi videoni boshlanishida esa, bir ayolni aytishicha maktablardagi o'quvchi bolalar o'zini mushuk deb e'lon qilib, o'qituvchini savollariga miyovlab javob berisharkan. Lekin o'qituvchi bunga nisbatan chora ko'ra olmas ekan, sababi mushuk bo'lish ham "queer" jinsiga mansub narsa ekan))
https://youtu.be/NOt4jsV59uw

G'arb cho'kmoqda, birodarlar, ehtiyot bo'linglar))

@TheAliBlog
Epic Storeda bugundan normalniyroq o'yinlarni bepul tarqatish boshlanibdi shekilli) Har kuni 1tadan bepul o'yin tarqatilishi haqida yozgandim, avvalgi kunlarda kichik o'yinlar tarqatilayotgandi, bugun Death Stranding tarqatila boshlabdi. Opqo'yishni tavsiya qilaman, harqalay tekin narsa)) Bugun 21:00gacha ulgurishinglar kerak, keyin slot yangilanib ketadi.

Keyin kuzatib boringlar, bu aksiya 29-dekabrgacha bo'ladi xolos. Oxirgi kunlarda biror shedevr tarqatilsa, qolib ketmanglar)

@TheAliBlog
Disneyning yangi "Strange World" multfilmida bu safar bosh qahramon yigit LGBT ekan.
Subyektivni youtube kanalidagi hamma videolar o'chirilibdi 🤔
Subyektivni youtube kanalida Adobe dasturlarining krek variantini yuklab olish haqida videolar paydo bo'lib qolibdi. Kanal infosida ham krek dasturlar sayti kiritilgan. Shularni hisobga olib, bir tahminim bor:

Subyektivdagi akalar montaj uchun krek dasturdan foydalanishgan. Oxirgi soatlarda to'y haqidagi videoni bir necha marta yuklashgani va youtube mualliflik huquqi bo'yicha bloklanayotgani haqida video joylagandi ekan. Katta ehtimol bilan, premiere proning o'zidan to'g'ridan-to'g'ri youtubega yuklash funksiyasidan foydalanishgan. Tabiiyki, buning uchun kanalni biriktirish, aniqrog'i, kanal login-parollarini kiritish kerak. Va shunday qilib kanal ma'lumotlari krek dasturni tayyorlaganlarga yetib borgan. Bu shunchaki mening taxminim, balki boshqacha voqea bo'lgandir, qaydam.

Shu sababli ham takror va takror aytib kelaman. Krek dasturlardab foydalanmanglar. Ayniqsa, o'sha dasturdan non topayotgan bo'lsangiz.

@TheAliBlog
Yangi yilinglar bilan!
Ali. Blog
UzMobayl nomerim o'z-o'zidan pullik sms xizmatga ulanib qolgan. Operatorni javobi esa kulgili, internetda qanaqadir reklamani ustiga bosganim uchun ulanib qolgan emish. Uzmobayl nomerim esa aslida modemni ichida ishlaydi doim. Yana kimdadir shunaqa holat kuzatilyaptimi?
Shu muammo yodinglardami? Anovi kuni shu muammoni arizasi bo'yicha hisobimga 68 ming so'm qaytarib berishdi. Lekin kelajakda baribir bunaqa avto-ulanib qolishlardan himoya qilisha olmas emish. Boshqa kompaniyaga o'tishni o'ylayapman endi

@TheAliBlog
😐
Forwarded from SUBYEKTIV
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Oʻzbegim toʻyi — bir kunlik spektakl, boʻyingacha qarz, mantiqsiz urf-odatlar va bid’atlar!

Subyektivchilar! Bugungi koʻrsatuvimiz butun umrimizni bagʻishlab kelayotgan, dabdabali va shov-shuvlarga boy toʻylarimiz haqida

📹 TOʻLIQ KOʻRSATUVNI YOUTUBE KANALIMIZDA TOMOSHA QILING! 👇🏼
"Puss in Boots: The Last Wish" internetga chiqibdi. Ushbu multfilm muxlislar va tanqidchilar tomonidan iliq kutib olingan va Disneydagi LGBT huruji Dream Worksga yetib kelmaganidan juda ko'pchilik xursand bo'lgan. Ko'rish kerak.

@TheAliBlog
Tiktokdagi BMWning rasmiy sahifasiga joylangan videolar izohida 1 oydan beri Lotusning rasmiy sahifasi trolling qilib izoh yozib kelyapti ekan)) 1ta shunaqa videoga layk bosib qo'yganimdan keyin lentamda to'lib ketti shunaqa videolar))

Bizda raqobatchi kompaniyalar shunaqa qilishini tasavvur qila olasizlarmi?

@TheAliBlog
Subyektivni yangi videosidan olgan yangiligim bu "Marry Me" marosimi bo'ldi))

Rost aytyapman, bunaqa narsani umrimda eshitmaganman. To'g'ri, chet el kinolarida yoki internetdagi videolarda bunaqa holatlarni ko'p ko'rganman, lekin bunga udum sifatida qarash men uchun yangilik bo'ldi.

Feysbukdagi kommentlarga ko'ra bu asosan Toshkentda ommalashgan va hozir ko'pchilik qilmoqda ekan. Boshqa urf-odatlardan ham absurdroq bo'lib ko'rindi menga.

"Marry Me" degan marosimda yigit qanaqadir shoxona ko'rinishda qizni qo'lini so'rashi kerak ekan, tushunishimcha. Agar uzoq vaqt sevishib yurib, yoki uzoq vaqtlik tanish bo'lib romantika sifatida shunaqa qilib qo'lini so'rasa, boshqa gap. Lekin sovchilik orqali bo'ladigan to'ylarda bunga nima hojat? 🤔 Sovchilar ishni pishitib bo'lishganidan keyin bo'lar emish bunaqa narsa. Qiz roziligini sovchilar orqali aytib bo'lgan, lekin kuyov ishonmasdan shoxona tarzda qaytadan qizni o'zidan qo'lini so'raydi))

Lekin aytishlaricha buni ko'proq qizni o'zi xohlar emish. Ortiqcha chiqim judayam.

@TheAliBlog
"The Menu" degan kino chiqibdi. Shaxmatchi qiz rolini o'ynagan aktrisa va Lord Voldemortni o'ynagan aktyor ijrosida. Tiktokda 1-2 parcha ko'rib qiziqib qolgandim. Men kutganimdan umuman boshqacha kino ekan. Tangemga o'xshab ovqatni san'atga aylantirishlarini 2 soat mazza qilib biror nima kavshanib o'tirib ko'raman, degandim. To'g'ri, ovqatni san'atga aylantirishlari, ovqat bilan ishtaha ochish sahnalari ko'p ekan. Ammo, lekin, biroq...

Xullas, spoyler qilib yubormay deyapman. Ko'rishga arziydigan kino ekan.

@TheAliBlog
Zavod soliq to'lamagani uchun emas, raqobatchi yo'qligi uchun monopoliya hisoblangan. Monopoliyani yo'qotish uchun zavodga soliq to'latishni o'zi yetarli emas. Zavod allaqachon soliqlar sababli narxlarni oshirib olgan (bir necha yil oldingi gap bu) va umuman soliq to'lamagan shundan keyin ham.

Monopoliyani yo'qotish uchun rastamojka soliqlarini yo'qotish, yoki kamida 60-70 foizga qisqartirish kerak. Shunda raqobatchi kompaniyalar bozorimizga kirib kelsa, ana shunda monopoliya yo'qolgan bo'ladi.

Hozir ham Hyundai, Lada kabi kompaniyalar mashinalarini rasmiy dillerlar orqali sotishyapti, lekin ulardagi mashinalar ham rastamojka tufayli aslidagidan ikki barobar qimmat.

Aytgancha, TrollUzga ko'ra, rasmdagi postni pul to'lab hamma kanalga chop ettirishmoqda ekan. Balki yana narx oshirishlarini shunaqa qilib oqlashmoqchidir.

@TheAliBlog
Bugun "Last of Us"ning seriali premyera qilinadi. Hozirgacha hali video-o'yinini ham o'ynab chiqmaganman, ko'ramiz, serial qiziqtira olarmikin.

Aytgancha, o'yinning PC versiyasi 3-martda reliz qilinadi. Serialdagi voqealar o'yindagi voqealarga spoyler bo'lmasmikan, degan savol ham tug'ilyapti🤔

@TheAliBlog
1-2 kun kutganinglarda qishdan chiqvolardikku, shoshib nima qilasizlar? 🙂
Akfaxo'jayev ishdan olinganmish.
"The Last of Us"ning 1-qismini ko'rdim. Serial menga yoqib ulgurdi. Lekin hov birda aytgan fikrimda qolaman, aktyorlar o'yindagiga mos holatda tanlanishi kerak edi. Masalan, "Joe"ni rolidagi Pedro Pascal o'zi zo'r aktyor, lekin o'yindagi personajga ko'proq o'xshaydigani menincha Hugh Jackman bo'lardi. Ayniqsa, Logan filmidagi ko'rinishida chiqqanida. Bir solishtirib ko'ringlar, ishonmasanglar. Ellieni roliga tanlangan qizniku, aytmasa ham bo'ladi. Judayam bir istarasi yo'q qiz tanlangan😐

Aytgancha, o'tgan kuni serial o'yinni spoyl qilarmikan, deb savol bergandim. IGN portaliga ko'ra, serial syujeti tugul, kadrlar ko'rinishi ham o'yindagiga yaxshigina o'xshatilgan. Spoyl qilishi aniq ekan.

@TheAliBlog
2025/07/04 22:19:39
Back to Top
HTML Embed Code: