Telegram Web Link
Zo'rTVda "Labirint" degan serial boshlanib qoldi. Boshidagi 1 daqiqani ko'rganundayoq ispanlarning "Elite" seriali hayolimga keldi. Hozir 5 minutcha ko'rdim, borgan sari shu serialdan ko'chirilgan, degan fikrim qat'iylashyapti.

Syujet tugul qahramonlarni oila a'zolari, kasbigacha ko'chirilgan😐

@TheAliBlog
Tiktokda "Breaking Bad"ning rasmiy sahifasi paydo bo'ldi.

@TheAliBlog
"Etik Kiygan Mushuk"dagi Ajalning hushtagi tiktokda rosa trend bo'ldi, lekib hushtakning 2-qismi oddiy emas, biror epik qo'shimcha bilan chiqishi kerak, deb har safar hayoldan o'tkazardim. Bugun ozroq mehnat qilib, original soundtreklarni titkilab, bir-biriga qo'shib-chatib, shu ovozni tayyorladim oxiri))

https://vt.tiktok.com/ZS8SJYs7E/
Kechadan boshlab yana Duolingo dasturi orqali ispan tilini o'rganishni boshladim. Dastur ancha o'zgaribdi, darslar tartibi ham o'zgargan. Eski progresimni o'chirib tashlab, yana noldan boshladim va bir kunda kamida yarim soat vaqtni shunga sarflayapman.

@TheAliBlog
ChatGPT ham ayollardan qo'rqish kerakligini bilarkan)

Rasm twitterdan olindi.

@TheAliBlog
LGBTQ+ mavzusida ajoyib argumentga duch keldim. Bu ko'chada LGBT himoyachisi va ko'rinishidan musulmon bo'lgan erkak o'rtasidagi bahsdan edi.

Xullas, bilamizki, LGBTdagi gender tushunchasi bu inson ishqiy tomondan qaysi tomonga qiziqishini anglatadi. Masalan, qaysidir gender faqat erkaklarga qiziqsa, qaysidir biri ikkala jins vakiliga ham qiziqadi, boshqa birida esa ikkalasiga ham qiziqadiyu, lekin ayollarga sal ko'proq qiziqadi. Ishonavering, shunaqa absurd narsa bu.

Xullas, haligi erkakning argumenyi quyidagicha: "Agar LGBT jamiyati ishqiy qarashlarni ifodalaydigan bo'lsa, unda sizningcha pedofiliyani ham qonuniylashtirish kerakmi? Chunki ularning ishqiy qiziqishi voyaga yetmagan yoshlarga qaratilgan va buni huddi LGBT vakillaridek "men shunday tug'ilganman, tanlov mening qo'limda emas" deb oqlashlari mumkin. Bu borada fikringiz qanday?"

Ushbu argumentga nisbatan LGBTni himoya qilayotgan ayol bu holatlarni solishtirish noto'g'riligini aytib, tuzukroq raddiya bera olmadi. Lekin menimcha bu argument anchagina mot qiladigan yurish bo'ldi. Sizlarni fikringiz qanday?

@TheAliBlog
Aytishlaricha, tiktok degan platforma vpnsiz ishlashni boshlaganmish. Ha bo'pti, bu haqida tiktokda bildim))

Endi uni sifatli kontent bilan boyitadiganlar ko'payadi, deb umid qilamiz.

@TheAliBlog
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Sun'iy intellekt yordamida aktyorlarni og'zini boshqa tildagi dublyajga moslashtirish jarayoni ekan.

Sun'iy intellektni eplab bo'lmayapti))

@TheAliBlog
Fikringlar? 👀

@TheAliBlog
Bir "diniy" bloggerning (kimligini aytmaymanu, lekin topib bo'ldinglar) aytishicha, shariatimiz Ukraina-Rossiya jangida Rossiya tomonida bo'lishimizni ma'qullar emish😉.

Sabab shu emishki, 3-jaxon urushida 3-Rim g'alaba qilarmish va 3-Rim bu Maskov emish. Shuningdek, qiyomat ya'qinida musulminlar va yahudiylat o'rtasidagi jangda 3-Rim biz tomonda bo'lishi aytilganmish va shuni sababidan ham Rossiyani tarafida bo'lishimiz kerak emish.

"Ukraina tarafdorlari = elgebete tarafdorlari" deydi u men ko'rgan video yakunida.

Shunchaki fikr qilinglar, do'stlar. Musulmon odam hech qachon zulm tomonda bo'lmasligi kerak😉

@TheAliBlog
Telegram premiumga turkiya orqali pul to'laydiganlarga shumxabar bor: 1-martdan boshlab Play Market Turkiya uchun ham narxlarni ko'tarar emish))

@TheAliBlog
Netflix ishlagan ispancha "Elite" serialini ko'rganlar bo'lsa kerak, a? Elgebete sahnalarni hisobga olmasak, voqealar syujeti, aktyorlar ijrosi hammasi professional darajada zo'r ishlangan. Serialning har mavsumida mavsumning 1-qismidan oxirgi qismigacha intriga saqlanib turadi.

Huddi shu serialni o'zimiznikilar 1ga 1 qilib ko'chirishibdi, desam ishonasizmi? Albatta har qanday turdagi ishqiy sahnalar olib tashlangan albatta) Zo'rTV bu serialni "Labirint" nomi ostida ishlagan.

Twitterda meni kuzatuvchilar bo'lsa, oldin ham bu haqida yozganlarimni o'qishgandir. Xullas, tanlangan aktyorlar, ularji ijrosi, hamma-hammasi krinj paydo qiladi.

Masalan, qozoqlarning "Serjan Bratan" degan serialini ham O'zbekcha varianti bor, lekin u to'g'ridan-to'g'ri ko'chirma emas. Kamiga, falon serialga o'zbekcha adaptatsiya, deb yozib qo'yilgan har qism boshida.

U bu Labirintda esa, shunchalik dolbayoblar o'g'irlaganki, o'zbek tilida ishlatilmaydigan iboralar, auf versiyadagi gaplarniyam to'g'ridan-to'g'ri ko'chirishgan))

Agar krinj qanaqa hissiyot ekanini bilmoqchi bo'lsanglar, youtubedan shu serialni istalgan bir qismini tomosha qilishinglar mumkin. HAVOLA

Xullas, bu haqida gapirmay deymanu, hozir ko'proq televizor qarshisida mixlanib o'tirishga majbur ekanim sabab ko'p ko'zim tushib qolyapti va har bir kadrida asabim buzilib ketaveradi)

@TheAliBlog
2 hafta davomida "progulka" qilmasdan Duolingoda Ispan tilini o'rganib kelyapman ekan)

Avvalgi safargi rekordim 152 kun ekan😎

@TheAliBlog
"Shukrona bayrami", "ummat bo'lgan kun" niqobi ostida baribir tug'ilgan kunini nishonlagandan keyin, maskirovka qilib, uni turli yaltiroq qog'ozlarga o'rashni nima keragi bor? Tug'ilgan kun deb qo'yaver😑

@TheAliBlog
Ubisoft kompaniyasidan strimerlar uchun yangilik!

Agarda siz youtube va twitch platformalarida video-o'yinlar yo'nalishida strim qilsangiz va kanalingiz talablarga javob bersa, unda siz Ubisoftning "Creators Program" dasturiga qo'shilishingiz mumkin.

Ushbu dasturga qo'shilganingizda sizga Ubisoft o'yinlarining barchasini, barcha DLClar bilan birgalikda bepulga o'ynash, kompaniya yangiliklaridan birinchilardan bo'lib xabardor bo'lish imkoniyatlari beriladi. Evaziga siz shunchaki shu o'yinlarni strim qilishingiz yoki o'yindan parchalarni kanalingizga joylab borishingiz, kompaniya yangiliklarini auditoriyangizga yetkazishingiz kifoya.

Dasturga ulanish uchun: creatorsprogram.ubisoft.com

@TheAliBlog
Kecha ertalab soat 9da svet o'chib, kechki payt 20.00da yongan edi. Keyin buni qarangki oradan 5 soat o'tib, yarim kechasi soat 1da o'chirishdi yana. Mana shu bo'yi svetsiz o'tiribmiz 12 soatdan beri.

Anomal sovuq, deb qilinadigan bahonalar ham o'tmaydi endi, kunlar ancha ilib qoldi. Elektrga talab muzlik davridagidan ko'ra ancha kamaygan bo'lsa kerak, harqalay? Tepada o'tirgan dolbayoblarni esa, biz avom xalq bilan ishi yo'q, baribir.

Shu 1-2 yilda chetga chiqib ketishga rosa qattiq harakat qilaman endi.

@TheAliBlog
https://youtu.be/D3TfzSYJ-TU

15 minutga bormasdan yuragim ko'tarolmay qoldi qolganini. Hamma ko'rishi shart bo'lgan video bu.

Kommentda kimdir "bu yurtni tashlab ketish xato" deganmidi?)

@TheAliBlog
2025/07/04 14:07:50
Back to Top
HTML Embed Code: