Telegram Web Link
СИҒИНДИ

Ўша кун... ортиқчалик қилдим
жаннатга —
Лаш-лушсиз учдим-у,
Машриққа тушдим.
Қирқ йиллик фироқда жоним увишди —
Либосим япроқ эди.

Худо беҳудага бермас қирқта жон,
Кўнглимни кундага қўйиб чопдилар,
Чопқилар гуллади, чопқилар!
Сотдилар...
Қадримга дунё топдилар —
Дунёси қуроқ эди.

Бир кун остонадан ҳайдалди онам,
Вазифасин янглиш уққани —
Ўғил эмас мени туққани
учун.
Ваҳоланки уларга меҳрим
Ўғилдан кўпроқ эди.

Бошқа ҳаётимда очиқ қабрга
Қўғирчоғим билан кўмдилар,
Ўйладим: "Ҳалиям мен билан бирга
Беркинмачоқ ўйнаяпти улар...
Нега ҳалигача топишолмади?"
Қўрқардим, дилдираб совуқда таним.
Охирги нафасда чақирдим зўрға...
Сўнгра
ҳўнграб-ҳўнграб қоришдим гўрга...
Асосим тупроқ эди.

Яширин, — дедилар, — югур, қопга кир,
Беркитгил, — дедилар, — кўзларинг гўзал.
Қуёш олгани чун юзимдан бўса
Тошбўрон остида чайқалиб боқдим,
(гўё)
Илма-тешик мешдан май каби оқдим...
Кайф-у сафосига қон томиб турган
Кўйлагим — байроқ эди.

Ўз уйи бўлмаган ҳеч вақт аёлнинг —
Отаси,
боласи,
эрининг уйи...
Аъвомнинг умрида энг олий ўйи —
Аёлдан қутилишдай
жирканч озодлик!
Бу эрк — чин қамоқ эди.

Одамзот ғажир ўз қовурғасини,
Ишлашга қўймайди,
Тишлашга қўймас,
Миннатга йўяр-у,
Суннатга йўймас,
Мен туққан оломон ҳуркди ўзимдан,
Нақадар қўрқоқ эди.

Томоғимдан ўтган ҳар томчи сувда,
Рақамлар акс этар ҳисобин жамлаб,
Сўнг қоришиб кетар оби дийдам-ла
Шунчаки,
Малолим келмасин ҳеч кимга дедим,
Уволим келмасин ҳеч кимга дедим,
Истагим топ-тоза авлод ўстириш,
Умидим буроқ эди.
Бироқ энди...

Жаннат оёғимнинг остидалиги
Бошидан сўроқ эди.

___

@Nozima_Habibullayeva


P.s: Kecha ma'ruzaga shu she'rni olganimda, ohangidan "voh" dedim. Mast bo"ldim. Taqdimot payti o'qib yana bir bor sel bo'ldim. O'qigan she'rlarim ichida ohangida sel bo'lib oqadigani shu edi. Kechga kelib, yana shu ohang xumor qildi-da. Qayta topib o'qidim. To'ymadim. Keyin Nozimaning boshqa she'rlarini qiroat etdim.
Nozimaning ilk kitobi chiqqanida xonadoshim bilan birga ovoz chiqarib o'qigandik - yillar narisida. O'shanda xonadoshim "Nozima kompozitor-da, darrov bilinadi. Uning she'ri tayyor musiqa" degandi. Ha, agar she'r bu avvalo ohang deydigan bo'lsak, hozirgi yosh shoirlar ichida Nozima uloqni ilib ketadi. Ohangning bunaqa garmonik ritmini undan boshqa shoirda topmadim. She'r degani, dard deganiyam shunaqa shirin musiqaviy bo'ladimi?! Xuddi Chaykovskiy asarlaridek...

Aytgancha, Nozimaning yangi kitobi "Izlam" ning ikkinchi faslida chiqdi. "Nafas" nomida. O'qing, yomg'ir nafasidek sipqorasiz bu she'rlarni.
👍21
Hid Gallyutsinatsiyasi
СИҒИНДИ Ўша кун... ортиқчалик қилдим жаннатга — Лаш-лушсиз учдим-у, Машриққа тушдим. Қирқ йиллик фироқда жоним увишди — Либосим япроқ эди. Худо беҳудага бермас қирқта жон, Кўнглимни кундага қўйиб чопдилар, Чопқилар гуллади, чопқилар! Сотдилар... …
Kecha bekorchilikda AI bilan she'r tahlil qildik. Men 15 dan ortiq shoirning o'zim yaxshi deb biladigan she'rlarini tashladim. Ular orasida katta klassik avlod vakillari (jumladan, Abdulla Oripovning "Birinchi muhabbatim" she'ri) va hozirgi davr o'rta yoshu yosh shoirlari ham bor edi. AI faqat ikkita she'rni har tomonlama yetuk deb topdi. Nozimaning yuqoridagi she'ri va Guljamol Asqarovaning "Ichkarida" she'ri. 50 dan 50 berdi. Reytingda ham bu she'rga birinchi o'rin berdi. Ba'zi shoirlar she'riga past ball berdi (masalan, "Birinchi muhabbatim" ga 41 ball) ammo reytingda 15 talik ichida yuqori o'rinlarga qo'ydi. Uyam shaxsiy dididan keb chiqdi shekilli😁. Lekin Asqarova va Habibullayevaga ham eng baland ball, ham eng yuqori o'rinlarni berdi. (Ha, bular orasida boshqa shoirlarimizning zo'r ijtimoiy, falsafiy she'rlari ham bor edi)

Nima demoqchiman, AI ham biladi qanaqa she'r yaxshiligini😊

"NAFAS" ni olib o'qinglar.
🤣11
Yuragim, ayt,
Nima sening asling?
Nega turmaysan to'rt chiziqning ichida?
Bola bo'lib sakraysan,
ajab,
Sevingin desam,
So'ng hatto sevinchingdan portlaysan...
Aslingga hech ko'niming yo'q,
yuragim,
Nega sening qo'niming yo'q, Yuragim?

Ajab, buncha yig'latding
Uning sakrab ustida
Yuragim, sen jo'rttaga
Ham oyni yulding,
Ham kirding go'rga
Yuragim, ayt,
Bir paytning o'zidami
Sakrash-so'nish
Lahzasi birga?!

Ajab, yuragim
Oqib ketasan,
(Yo'lingga hech to'g'on yo'q)
Shukrki, nurmas, havo;
Shakl - chagasan*,
Bir tarsaki urib sevgiling
Keltirar Yerga.


*
Chaga- shevada. Tuproq, qum degani.
👍12
https://youtu.be/luqYQB1Agu8?si=UIVTN6io7w3Xw6_m

Munira Norova bilan qilgan podkastimiz


-Adabiy agent kim?
-Nega O'zbekistonda adabiy agent yo'q?
-Munira Norova adabiy agentligini qanday ochgan?
- O'zbekchadan o'giradigan malakali tarjimonlar qachon chiqadi?
- Davlat yordam qilsagina, adabiyotimiz tarjima qilinib dunyoga chiqadimi?
- Jadid adabiyoti tarjimasi nega dunyo uchun qiziqmas?
- Hang Kang qanday Nobel oldi?
- O'zbek ijodkori Nobel olishi uchun adabiy agentdan nima kerak?
- O'zbekistonning o'zida kitob chiqarish uchun adabiy agent kerakmi?

Shu mavzularda suhbatlashganmiz. Ko'ring, fikrlarni izohda qoldiring.
4
O'tish metafizikasi marosimi yoxud “Havo” oshkor qilgan isitma – Telegraph
https://telegra.ph/Otish-metafizikasi-marosimi-yoxud-Havo-oshkor-qilgan-isitma-12-01

Zaminimizda qish oyoqlanyapti. Unga qo'shilib “Havo” ham. “Havo” orqali esa sariqlanayotgan hislarning yuqumlari va zehniyatimiz sari emaklayotgan yangi bir tafakkur... Yuqumlanayotgan va emaklayotgan qismlarni ikkiga  kesib tahlil qilamanki, birida sizgayam, mengayam ustiga binolar qurib tashlagan  urbanistik ruhiyatimizda nafas olish uchun bo'sh joy ( Antonino o'z filmlarida ochiq, bo'm-bo'sh makonlar orqali urg'ulaganidek)  qolsin – bu bo'sh joy esa sizu mendan “havo” ga to'yish uchun singishni talab etadi, ikkinchisi esa yangi havo sipqoruvchilarga bo'sh joy ochish uchun iyulning qovjiragan harorati ichida bahoriy shabadani  tanangizning eng so`nggi irodasi orqali hosil qilishni…
👍2
Bir qarasam, do‘st-u yordan ko‘nglim to‘qday,
Bir qarasam, atrofimda hech kim yo‘qday.

Bir qarasam, suyanchiqday bolalarim,
Bir qarasam, ular siniq lolalarim.

Bir qarasam, bu dunyoda baxtim borday,
Bir qarasam, butkul olam menga torday.

Bir qarasam, murodimga yetgandayman,
Bir qarasam, ko‘zim ochiq ketgandayman.

Bir qarasam, shon-shuhratga yo‘g‘rilganman,
Bir qarasam, endigina tug‘ilganman.

1998 yil, avgust

Manba https://tafakkur.net/bir-qarasam/abdulla-oripov.uz
👍18
Forwarded from Nemolchi.Uz
Приглашаем вас на лекцию: «Женское перо в узбекских романах» в рамках фестиваля #NeUyat24

Как изменился мир узбекской прозы с участием женщин-писательниц? Что стоит за их произведениями — эмпатия, семейные переживания или нечто большее? На эти вопросы ответит наша специальная гостья — Тилланисо Нурёгди, авторка стихов и прозы, лауреатка премии «Тахсин» (2021), участница международных событий, таких как Венецианская биеннале и Documenta 15 в Касселе.

Тилланисо поделится своим взглядом на зарождение и современное развитие творчества узбекских писательниц и расскажет о своих произведениях, включая «Сунбула» и «Форма».

Дата: 7 декабря
Время: 18:30

Адрес: Галерея 139 Documentary Center, ул. Тараса Шевченко, д. 8 (ориентир: кофейня "Патрики")

Вход свободный

18+

#NeUyat24 #НеМолчиУз
7
Hid Gallyutsinatsiyasi
https://youtu.be/4rDO0mQs-sQ?si=z1vdqyNUPNyHYYfb
Oxirgi oylarda ko'rgan podkastlarim ichida eng topildig'i. Manimcha Sarvinozning misolida biz haqiqiy psixolog qanday bo'lishi kerakligi javobini ko'ramiz. Yoshlikning ayblash maksimalizmidan xoliligi, mutaxassis ko'zi bilan qarashi ayniqsa to'yintirdi.
👍24
Yaqinda Anifning "Oqdan qizilga" sini tugatdim. Endi esa shu kitob asosida konfessial she'riyat haqida yaxshi bir tahlil yozish niyatidaman.

Bu nega kerak:

1) hozirgi she'riyat o'ta shaxsiy, shoirning (ayniqsa, ayol shoirlarning) o'z dardiga o'ralashib qolganmi? Shunchaki o'simlikka qarab baxtli bo"lsa, bo'lmaydimi, degan savollarga javob berish uchun

2) shaxsiy va ijtimoiy dard chegarasi buzilishi va bu dunyo she'riyati/ adabiyoti uchun allaqachon tabiiyligi uchun. Lekin o'zbek o'quvchisiga buni tushintirib, izohlab berish ehtiyoji borligi uchun.

3) Konfessial she'riyat tarixi, paydo bo'lish sabablari bilan chuqur tanishtirish uchun. Va shaxsiy yo maishiy ko'ringan dardning aytilishi/ yashashga haqliligining sabablarini izlash yoki buni inkor etish uchun.


Biroz kutinglar. Chunki konfessial she'riyat bo'yicha ozgina tadqiq o'tkazishim kerak ekan. Keyin taqdim etaman.
👍12
"Ochlik" albomi yana kimning "samiy lyubimiy-lyumibiy" si?

Eshitmagan bo'lsangiz, Yandeks, Spotify, Amazondan izlang

P.s: Rejissyor Sarvar Karimovning samiy lyubimiysi ekan😊
🔥18
#NeUyat24 фестивали доирасила "Ўзбек романчилигида аёл қалами" маърузасига таклиф этамиз

Ўзбек аёлларининг роман ёзиш тарихи узоққа бормайди. Яккам-дуккам бу романлар маиший турмуш даражаси ва ҳамдардликдан иборатми?

Бизнинг махсус меҳмонимиз Тилланисо Нурёғди сизни ушбу ажойиб оламга олиб кириб, ўзбек аёлларининг насрий ижодининг келиб чиқиши ва ҳозирги ривожи ҳақида сўзлаб беради.

Тилланисо 3 шеърий ва 2 насрий асар муаллифи. "Дилхат“, ”Оловранг туғён“, ”Қон“ каби шеърий, ”Сунбула“, ”Шакл“ номли насрий асарлари чоп этилган. 2021 йилда ”Таҳсин" ёшлар мукофоти билан тақдирланган. 59-Венеция Биенналесининг Ўзбекистон Миллий павильони очилиш маросимида шеърий чиқиш билан  ҳамда Германиянинг Кассел шаҳрида бўлган documenta 15 кўргазмасида Ўрта Осиё аёл руҳиятининг турли томонлари ифода этилган шеърий перформанс, эссе ва Ўрта Осиё мифологияси ҳақидаги маърузаси билан қатнашган

Сана: 7 декабрь
Вақти: 18:30

Манзил: 139 Documentary Center галереяси, Тарас Шевченко кўч., 8 (мўлжал: "Патрики" қаҳвахонаси)

Кириш бепул

18+

#NeUyat24 #СукутСақлама
11
Hid Gallyutsinatsiyasi
Location
Manzil shu
7
"BAXTINISO" MUKOFOTI

Bir orzum bor edi. Rahmatli Baxtiniso o"tganda, qachondir boy bo'laman va Baxtiniso nomidagi fond tuzaman, u fond yosh ijodkorlarga yordam beradi deb niyat qilgandim. Bu o'sha motam lahzalarida Baxtiniso oldida uzolmagan qarzlarim uchun yolg'iz tasalli edi. Ammo chin dildan edi. Bugun angladimki, bunday fond yaratish va nomini abadiylashtirish uchun boy bo'lishim shartmas. O'zimga o'xshagan fikrdoshlarim, yo'ldoshlarim bilan aslida boy ekanman.
Xullas, yangi bir adabiy tanlov boshladik. Xotin-qizlar uchun. Moddiy qo'llash uchun. Ruxsora Nur tashabbusi bilan. Do'stlarimiz bilan kelishib unga BAXTINISO nomini berishga qaror qildik.
Asosiy homiylari o'zimiz - 10 -15 ijodkor hozircha.
Ammo sizdayam imkon bor : bu xayrli tashabbusga qo"shiling. Qancha homiylik va donat ko'paysa, g'oliblarimizga shuncha arzirli summa taklif eta olamiz.
Va o'ylaymanki, bu g'oliblar ham xuddi Baxtiniso kabi hayotning eng qiyin lahzalaridayam oldinga borib, yozishda bardavom bo'ladi.

9860010102719001
28
Shoira Oygul Mamatova: Rahbarlarni xalq saylasin
https://www.amerikaovozi.com/a/a-36-2006-10-29-voa1-93343634/795248.html

Ertangi ma'ruzada birinchi o'zbek romannavis ayoli haqida gapiraman. Qarangki, Oqdaryo tumanining oddiy o'qituvchisi bo'lgan ayol -Oygul Mamatova bo'lgan ekan. Til, paxta ishi, erkin saylov uchun shu darajada qattiq kurashgan ekanki, avvaliga tuman deputati va "Erk" partiyasining sobitqadam a'zosi bo'lgan. Keyinchalik ham partiyadan chiqmagan. Mana bu intervyuda 2006 yilda ham partiya a'zosi bo'lib qolgani ko'rinadi va 2000-yillar siyosati va deputatlari, hatto partiya ichidagi shoiralarni ham munis she'rlari uchun tanqid qiladi.

90-yillar boshida yozilgan "Jannat qushi" romani siyosiy roman -tumanda yo'q non; til, erkin saylov masalalarini ko'targan ekan. Ayollarning ilk romani mutlaqo siyosiy bo'lgani ayol nosirlar haqida ko'p narsani gapiradi.

Ertangi ma'ruzaga keling. Mavzu haqida chuqurroq, siz kelsangiz esa qizg'inroq gaplashamiz.

Undan tashqari Salomat Vafoning "Tilsim saltanati", Shahodat Isaxonova va Risolat Haydarovaning tarixiy , Zulfiya Qurolboy qizining ijtimoiy romanlari haqida ham gaplashamiz.
👍6
Shubhasiz, ma'naviy hayotimizda jadidlar davridan keyingi eng muhim hodisa ayollarning roman yozadigan darajaga chiqib kelishi, yozishi bo'lgan.

Ertaga shularni gaplashamiz
12
Bugungi ma'ruza ham yaxshi o'tdi. Tobora bu mavzularni ko'proq muhokama qilishga ehtiyojimiz bor. Ayniqsa, feminizmni. Chunki o'zbek ayollarida o'zini qayta anglash boshlangan. Bu jamiyatga katta ta'sir qiladi. Shuni uchun bir-birimizmi eshitishimiz, gaplashishimiz kerak. Bu mavzularni tarmoqlarda bir-birimizni so'kib gapirgandan ko'ra jonli muloqot orqali fikr almashgan samarali ekanini sezyapman.

Ijtimoiy, siyosiy hayotda bo'hron bormi, birinchi bo'lib ayollar otilib chiqadi, bu yo'lda hamma qurbonlikni bo'yniga oladi. Bu otilib chiqish olqishlanmaydi, lekin ayolning bundan boshqa yo"li bo'lmaydi.
Hamma buni ayolning komfortga intilishi deb atadi. Albattada, qullik komfort emas, erkinlikka esa ayol jamiyatimizda eng ko"p ehtiyoj sezayotgan qatlam. Meni o'ylantirgani, nega faqat ayollar komfortga intiladi deyishadi, nima erkaklar uchun qullik komfortmi?!

Bugun romanchiligimiz haqida gapira turib, romannavis ayollar nega shoiralardek taniqli emas deb savol berishdi. Muhim savol, o'ylamagan ekanman, o'ylash kerak. Lekin butun dunyoda ayol romannavislar allaqachon nasrni qo'lga olib bo'ldi. Menimcha, o'zbek adabiyoti ham bu tendensiyadan endi chetda qolmaydi. Yana bir narsa - bizda azaldan she'riyat o'quvchisi ko'p bo'lgan.

Umuman, ma'ruza yakunida mazkur 10 yillikda ham ayollar adabiyot va jamiyatda yorib chiqolmaydi, chunki ular o'ziga o'zi senzor degan fikr yangradi.

Ha, shunday bo"lish ehtimoli katta. Agar shunday bo"lar ekan, demak, ayollar yetarli darajada jonidan to'ymagan (90-yillardagi "poxol" ayollardek), fikrini himoya qilish uchun yetarli bilimga ega emas ( afsuski, shu eng oqsaydiganimiz, buni yaqinda yozadiganim "Konfessial she'riyat" maqolamda tushintiraman. Ayollar o'zini o'zi tushintirib bermasa, ularni tushinadigan qatlam shakllanib chiqmadi, tushintirish uchun esa bilim kerak), oxirgi sabab esa siyosiy - siyosiy erkinlik yo'qmi, bu avvalo ayollar va bolalar hayotidagi totalitarizm bilan ko'rinadi. Ayollar fikr erkinligini namoyon qilib, hokimiyatga da'vo qilmas ekan, biz hech qanday feminizm yo adabiyotdagi ayollar inqilobi, tafakkur erki haqida gapirolmaymiz. Hamma ma'nodagi hokimiyat uchun kurash motivi ayollar ijodida afsuski ko'zga ko'rinmas darajada zaif.
Uyg'onish uchun o'zbek ayollari faqat dard aytuvchi bo"lishdan ayovsiz jangchiga aylana olishi kerak. Yomon tomoni siyosat va jamiyatda fikr erkinligi bo"lmasa bu ayollar bo'g'izlanadi. Aftidan, 20 asr boshida jadidlar o'limni bo'yniga olib yozganidek endi ayollar tom ma'noda shuni bo'yniga olishi kerak. Balki hayotning o'zi shunga majbur qilar. Ayol o'ta emotsional mavjudotki, oldindan biror narsa aytib bo'lmaydi, ammo qizlarjonlar, bilimni oshiraylik, fikr aytish va uni himoya qila olishning birdan bir vositasi bilim - biz tomonimizda faqat bilim va jasorat bor, boshqa hech kim va hech narsa biz taraf emas!
👍21
Nega xayollarimizdagi ideal muhabbat hayotimizda yo'q?

Muhabbat faqat xayollarimizda xolosmi...
💯34
2025/07/09 01:24:37
Back to Top
HTML Embed Code: