Xalq bankidan taklifnoma keldi. Faqat pazlimni yaxshi yig'olmadim
Ertaga boramiz
Ertaga boramiz
🔥27
Forwarded from “Ma'rifat” gazetasi | Rasmiy kanal
“Ma’rifat” gazetasining 2024-yil 25-dekabr kungi sonida:
👉 Menejerlik salohiyatiga ega rahbarlar: ta’lim muassasasida nimani o‘zgartira oladi?
👉 Adabiy ta’lim tamoyillari va baholashning yangi tizimi
👉 Xavfsizlik samarali ta’limning asosi
👉 Yangi yil – yangi umidlar, yangi muvaffaqiyatlar
👉 Dilnoza Kubayeva: Ustoz bo‘lgim keladi
👉 Avaz Oxun: Har bir kasb egasining ortida ustozlar turadi
👉 2024-yil kashfiyotlari: hayotni osonlashtiradi
👉 Ko‘hna Shomning yangi tongi
📱 Telegram 📱 Instagram
📱 Facebook 📱 Mobil ilova
👉 Menejerlik salohiyatiga ega rahbarlar: ta’lim muassasasida nimani o‘zgartira oladi?
👉 Adabiy ta’lim tamoyillari va baholashning yangi tizimi
👉 Xavfsizlik samarali ta’limning asosi
👉 Yangi yil – yangi umidlar, yangi muvaffaqiyatlar
👉 Dilnoza Kubayeva: Ustoz bo‘lgim keladi
👉 Avaz Oxun: Har bir kasb egasining ortida ustozlar turadi
👉 2024-yil kashfiyotlari: hayotni osonlashtiradi
👉 Ko‘hna Shomning yangi tongi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥17
“Ma'rifat” gazetasi | Rasmiy kanal
“Ma’rifat” gazetasining 2024-yil 25-dekabr kungi sonida: 👉 Menejerlik salohiyatiga ega rahbarlar: ta’lim muassasasida nimani o‘zgartira oladi? 👉 Adabiy ta’lim tamoyillari va baholashning yangi tizimi 👉 Xavfsizlik samarali ta’limning asosi 👉 Yangi yil –…
Ma'rifatning bayram sonini bezabman😊
🔥24
Hamma narsaga ko'z yosh bilan nuqta qo'yiladi-
kelgan xulosa
porlagan his
kutgan on
sevgan visol
ketgan ish
Nogohonda onangni qayta tushinib yetganing
Umring onangni tushinishning uzun yo'llari -
Hammasiga izma-iz tomadi nuqta
bargday to'kilib
qorday ko'llab
yomg'irday sellab yoqqaning
Uzun arg'amchida uchganing tinmay
Nafaslaring qaytib olgan nafasing
Yotganing o'z yuragingga o'zing bosh qo'yib
Hammasiga qo'yilar nuqta -
Bilasanmi,
ko'llab borayotgan ko'z yosh chizig'idan o'tib boryapsan,
Ko'zyosh arg'amchisida o'ynab yurgan tiniq dorbozsan
Bilasanmi, qo'yilar nuqta
Osmon yuragingga bostirib kelar
Tomiringni ikki yondan silkib o'ynatar morboz
Bilasanmi, ikkita sukunat bor - ko'zlaring yutgan
Bilasanmi, yurag'ing yelpig'ich bo'ladi
ishq hammomida
Bilasanmi, tomiring to'rt qoziqqa bog'lanar,
Bilasanmi, omonsan,
anuv dorda osilib turibdi nuqta.
Bilasanmi, nuqtamsan,
Dorlarda osilib o'ynagan nuqtamsan mening -
Muallaq nuqtamsan.
Omonat - Nuqta.
Tillaniso

❤13
Me'yoriy odam
Men ming bo'lakka bo'linganman
Anov latta putta
Anov atir quti
Anavi faryod.
Anavi rang - qizning ko'zida.
Anavi rangsizlik (Afrika bolalari tilida)
Vasiyatim hozirdan bajo:
Bo'laklab-bo'laklab o'ldiring meni.
Har shaklim xochday qoqilgan.
Ongimga mix qoqadi rassomlar -
Miyamni qatig'idan (rangida)
So'rib oladi televizor
Bitta yaxlitlikni.
Zamonaviy odam ta'rifim.
Miyamni qatig'idan ichadi kampir.
Onam so'kardi : miyasiga urilgan qo'yga o'xshaysan -
- dang - dang.
Anov tovush,
Anov faryod - dang-dang
Men esa xursand bo'lganman
Mendan ham battar
Miyasi ichilgan bolalar borligiga.
Shahar esa yana ham rangin.
Rangsizlik kabi qarg'algan Ongim.
Shahar rangini o'qiy olmaydi
Tomirimizda ajdodlar geni
Deb tashxis urgandi do'stim.
Avtolar bosimidek
Shahar bosimini
"O'qimaydi" ajdodim qoni -
Qonim rangsiz.
Rangsiz programmasan deydi zamon.
Afrikalik bolalar bo'lganda erdi
Qarg'algan ranging derdi.
Vasiyatim oldindan bajo:
Bo'laklab o'ldiring meni -
Anov shahar
Anov qishloq
Anov bola
Anov bolalik.
Xiyobonlar aro emaklab yurgim keladi
To'rtta oyoqlab
Ko'zimni yumsam faqat shu xayol
Mening hayvoniy ibtidom go'zal.
Ibtidomni taniydi qonim.
Yaxlitligimni olib ko'zim oldida
Dunyo dang-dang deydi
Dunyo tovush qon.
Tasavvurimni ichgan rassomlar.
Ongimdagi yaxlitlikni olib
Bokiralikni olgandek mag'rur bu zamon.
Bo'laklangan ongim tasavvur
Narsalarning ismin bilmayman
Narsalarning ismini tanib
Keyin atalgandim odamizot deb.
Bittalab olingan Ongimdan
Ismlar
Ranglarni mix qoqib
Hech narsaning ismin bilmayman.
Hech narsaga javobim yo'qdir.
Zotan yanchib tashlangan
Miyamda savol taassuroti.
Va ushlashga biror tayanchim ham yo'q .
Gazetalar yozadi - aqldan ozganim me'yoriy holat
Doim telba bo'lgan me'yoriy odam.
Hamma tashxis qo'yar har yoqdan
Hamma guldiraydi
Guldiraklar gapiradi -
Har kuni bir xulosa azalu abad
Har bir xulosa bilan
Yolg'izlik qafasida tashlab ketadi mardum
Me'yoriy deyishar, me'yoriy bari,
Me'yoriy mahkum -
Me'yoriy zamonaviy odam.

❤10
Yaxshini ko'ran savob
Momom rahmatli shu gapni ko'p aytardi.
Bugun bayram kayfiyati quchog'ida bir quchoq cho'g'dek yallig'lanib yotgan poytaxtni ko'rib ko'nglim yayradi, yaxshini ko'ran savobda baribir.
Momom rahmatli shu gapni ko'p aytardi.
Bugun bayram kayfiyati quchog'ida bir quchoq cho'g'dek yallig'lanib yotgan poytaxtni ko'rib ko'nglim yayradi, yaxshini ko'ran savobda baribir.
👍11
KIM INSON BO'LISHNI ISTASA, KONFORMIST BO'LMASIN!
Yoshlar siz bilan yoki men bilan gaplasha olmaydi deb, ularning kuchi yo'q deb o'ylamang. Qarang, qo'shni xonadan ularning ovozi yetarlicha aniq va ta'sirchan eshitiladi. Go'yo ular o'z tengdoshlariga qanday gapirishni biladi. Tortinchoq yoki dadil bo'lsa ham, ular kattalarimizni keraksiz qilishni biladi.
Oziq-ovqati borligiga ishonch bilan xotirjam bo'lgan bolalar xuddi lord kabi hech kimning e'tiborini jalb qilish uchun hech narsa qilmaslik munosabatiga ega. Bu inson tabiatining sog'lom holatidir. Bola mehmonxonada o'z burchagidan o'tgan odamlar va voqealarni kuzatib, ularni tezkor va bevosita hukm qiladi: yaxshi, yomon, qiziqarli, ahmoqona, ma'noli yoki zerikarli deb baholaydi. U hech qachon oqibatlar yoki manfaatlar haqida o'ylanmaydi, lekin mustaqil va samimiy qarorlar chiqaradi. Siz uni e'tibor qaratishga majbur qilasiz; u esa sizga emas.
Lekin inson o'z ongining qamoqxonasiga qamaladi. Biror marta mashhur bir harakat qilsa yoki gapirsa, u endi yuzlab odamlarning hamdardligi yoki nafratini o'ziga qaratadi. Endi uning hisob-kitoblariga boshqalarning sevgisi yoki nafrati qo'shiladi. Bunga qarshi hech qanday unutish daryosi (Lethe) yo'q. Ah, qayta xolislik holatiga qaytsa edi!
Har bir o'ziga ishongan odam hamma narsani diqqat bilan kuzatib, bu kuzatuvlarni har qanday shaxsiy manfaatlardan xoli ravishda, toza va xolis fikrlash bilan qayta baholay olsa, u dahshatli kuchga ega bo'ladi. Bunday odamning fikrlari hamma uchun muhim bo'lib, ularni shunchalik ta'sirli va qat'iy tarzda etkazadiki, bu gaplar odamlarning ongiga chuqur kirib, ularda qo'rquv uyg'otadi.
Jamiyat esa har bir a'zoning o'ziga xosligini yo'q qilish uchun fitna qiladi. Bu birgalikdagi kompaniya bo'lib, unda har bir ishtirokchi o'z nonini ta'minlash uchun ozodligi va madaniyatini qurbon qilishga rozi bo'ladi. Jamiyatda eng ko'p talab qilinadigan fazilat - bu moslashuvchanlikdir. O'z-o'ziga ishonch esa jamiyatning yoqtirmaydigan narsa. Jamiyat haqiqatni va ijodkorlarni emas, balki nomlar va odatlarni sevadi.
Kim chinakam inson bo'lishni xohlasa, konformist bo'lmasligi kerak. Kim o'lmas shon-sharafni qo'lga kiritmoqchi bo'lsa, "yaxshilik" nomidan cheklanishlarga yo'l qo'ymasligi kerak.
****
Faylasuf Ralph EMERSONNING "O'ziga ishonish" essesidan.
U mashhur shoir Uolt Uitmenning asosiy ilhomlantiruvchisi bo'lgan. Uitmen ayni shu esse tufayli tanlagan ijodiy yo'lida doimo o'ziga ishonch his qilishi kerakligi va faqat qalbidagigagina ishonishni eslab turgan umri davomida.
Individualizm va transdental harakatning asosiy yetakchisi. Nitshe ham undan ilhomlangan va "Amerikaning haqiqiy dahosi" deydi, Uitmen esa umri davomi "buyuk ustoz" deb alqab o'tgan.

Esse bir fikrga asoslanadi - jamiyat talabiga mos keladigan konformist bo'lma, o'zingga ishon!
❤6
Forwarded from Feruza Xayrullayeva
Bir qish kechasida to‘satdan
Mendan ilhom ketdi.
Ketganin sezganimda
Gapirolmay qolgandim
Olib ketgandi bari so‘zlarni
O‘zi bilan.
Menga yig‘ilarni qoldirdi faqat
Har tun she'r yozgim kelardi
Har kun baqirgim,
Har on yolvorgim kelardi Xudoga
Biroq so‘zlar yo‘q edi:
Toqatsizlik!
Baxtsizlik!
So‘zsizliik!
Oh, bu ne balo ediki,
So‘zlarim uning tomirlarida
Sargardon yugurib yurardi
Iltijo qilardi, bizni qaytar deb!
Sizifning toshidek so‘zlarim,
Tegirmon toshidek so‘zlarim
Boshimni yanchardi oqshomlar
Tushlarim ichida aylanib,
Yozmoqchi bo‘lardim uyg‘onib...
Bir kuni yozishni o‘rgandim
Ko‘z yoshning shovqini,
Shamolning isi,
Yomg‘irning notalari-la.
So‘zlarsiz go‘zalroq edi she'rlarim.
Ularni ilardim har sahar
Kir ilgich dorlarga.
Va har sahar ularni qushlar
O‘qib berar edi daraxtlarzorlarga.
Nihoyat bir kuni
Men so‘zga do‘ndim
O‘zim!
Xudoning aytgan bitta so‘ziga
Xuddi sizlardek,
Xuddi gullardek,
Xuddi dunyodek
Hechkimsa o‘qimas
Bahaybat
So‘zga!
@FeruzaXayrullayeva
Mendan ilhom ketdi.
Ketganin sezganimda
Gapirolmay qolgandim
Olib ketgandi bari so‘zlarni
O‘zi bilan.
Menga yig‘ilarni qoldirdi faqat
Har tun she'r yozgim kelardi
Har kun baqirgim,
Har on yolvorgim kelardi Xudoga
Biroq so‘zlar yo‘q edi:
Toqatsizlik!
Baxtsizlik!
So‘zsizliik!
Oh, bu ne balo ediki,
So‘zlarim uning tomirlarida
Sargardon yugurib yurardi
Iltijo qilardi, bizni qaytar deb!
Sizifning toshidek so‘zlarim,
Tegirmon toshidek so‘zlarim
Boshimni yanchardi oqshomlar
Tushlarim ichida aylanib,
Yozmoqchi bo‘lardim uyg‘onib...
Bir kuni yozishni o‘rgandim
Ko‘z yoshning shovqini,
Shamolning isi,
Yomg‘irning notalari-la.
So‘zlarsiz go‘zalroq edi she'rlarim.
Ularni ilardim har sahar
Kir ilgich dorlarga.
Va har sahar ularni qushlar
O‘qib berar edi daraxtlarzorlarga.
Nihoyat bir kuni
Men so‘zga do‘ndim
O‘zim!
Xudoning aytgan bitta so‘ziga
Xuddi sizlardek,
Xuddi gullardek,
Xuddi dunyodek
Hechkimsa o‘qimas
Bahaybat
So‘zga!
@FeruzaXayrullayeva
👍14
2025 yilda kanalimda nimalar va qanday mavzularda yozishimni kutasizlar? O"zim uchun reja qilyapman, fikrlarniyam inobatga olaman.
🔥7
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Yangi yil bilan sizlarni tabriklaymiz!
🥰14
Turkiyaning Manshet gazetasi yangi yil sonida she'riy chiqish.
Tarjima ustida mehnat qilgan va chiqishiga sababchi bo'lgan Abdulazizga rahmat. U "Qon" to"plamini to'liq turkchaga o'girgandi kuzda. Endi esa Turkiyada nashr bo"lishi uchun nashriyot izlayapti. Men bu borada biroz umidsiz bo"lganim uchun ( nashr xarajatlari va yoyinlanish masalasi), qo'yavering, shartmas desam ham, intilishdan to'xtamadi. Mayli, iloyim tarjimonimizning ham , mening ham yuzimiz yorug' bo'lib, ishimiz o'ngidan kelsin. Yana bir bor Abdulazizga rahmat deyman!

👍16
Kelasi yilga adabiy, ilmiy tahliliy maqola yozishimni so'ragan ekansizlar, sizlarga aytsam, hamma narsani tahliliy nuqtadan ko'raverish ham odamni charchatadi. Masalan, yaqinda ikkita kino tarjima qildim. Biri Afrikaning hukmdor ayoli haqida edi. Ko'rsangiz, shundoq arxetipik kinoda. Jozeff Kembellning "Ming yuzli qahramon" kitobida erkak qahramonning doim yordamchilari bo'ladi - bular: yor, ot, do'st deydi. Bu narsa shundoq "Alpomish" da ham turibdi. Lekin kurashchi ayol qahramon doim yolg"iz. Bu uning arxetipik qismati. Unga oshib borsa ayol-dugonalar yordam beradi", deydi. Buyog"i, amazonkalik endi. Qizig'i, kino tarixiy voqealar asosida va ramziy ma'noda Afrika amazonkalarini - jangchi ayollarining yo'li deyish mumkin. Tarjima qib bo'guncha, tahliliy fikrlarimdan ichim ziq bo'ldi. Chunki bir paytda bitta ishni qilish kerak-da.
Yaqinda adabiyot va san'atda etnik tahlillar, postkolonializm, dekolonializmni o'qigandim. Ikkinchi kino tahlili g'irt shunga tortyapti. Kino o'zi tosh bosmaydi. Ammo hindlar ahmoq va qotil, qoralar takabbur, xitoy esa nodon qib ko'rsatilgan . Oq tanlilar ustidan ham yaxshigina kulinadi, lekin ular oxirdi g'olib kelishadi. Bilmadim, ko"zimga shunday ko'rinyaptimi yoki yevrosenterizmni chuqurroq sezyapmanmi, har holda bitta kinoni o'girishdan o'tirivolib bitta maqola yozib tashlash osonroqdek😁 ammo yangi tajribalarni ham o'rganish kerak.
Umuman yil samarali o'tdi va shunday yakunlanyapti - mana hozir ham bir qo'limda kompyuter, bir qo'limda idish-tovoq😄

🔥13
Bayramga kelib, menga o'xshab zerikib o'lib ketayotganlar bormi😢 o'zi bu bayramni nimasi bayram?
P.s: vaqt o'tgan sari oila degan tushinchaga ham qarash o'zgarar ekan, o'z oilang, o'z odamlaring bilan ko'proq mazali
P.s: vaqt o'tgan sari oila degan tushinchaga ham qarash o'zgarar ekan, o'z oilang, o'z odamlaring bilan ko'proq mazali
👍25
Qishloqda muammolar yangilanibdi. Butkul boshqa darajaga chiqibdi. Avval erini yo xotini o'ldirgan odamlar, to'yi buzilgan yo cho"zilgan juftliklar, saratondan o'lim, qari qizning qanday erga tegishi, Toshkentga ishlashga ketgan va har bayram to'lib toshib keladigan savdogarlar asosiy mavzu bo'lsa, hozir X bet, onlayn psixologlar va kartadan mln so'mlarda pul o'g'irlab hakerlik qilish asosiy mavzu bo'pti. Bir 10-sinf yigiti xakerlik qilib juda katta summa o'g'irlab yuribdi ekan, lekin o'ziga ishlatmaydi, pullar qayerdaligi noma'lum; bir harbiy yigit Xbetga o'tirib qopti, oilasiyam, karyera ham barbod bo'lish arafasida ekan; bir 20 yoshli qiz esa onlayn-psixolog bo'p ketibdi, soati 50 dollar ekan, onasini tuzatibdi; Xorazmdan psixolog kelib, qizni o'qitibdi. Xullas, svilizatsiya! Qishloqlar ham zamonaviy muammolarga yetib keldi! Globallashuv borgan sari tezlashmoqda.
Qishloqda turib, sexlar ochib, instagramda sahifa yuritib, biznesini katta qilib yuborgan ayollar, kelinlar ko'payibdi.
Qishloq-shahar orasida farq qolmayapti, oddiy qo'limizdagi telefonning shuncha ta'siri! Rostdan odamlarga imkon berilsa, sharoitni o'zlari qilib olaveradi (agar majburiyat yelkaga tushsa) .