Telegram Web Link
20-yanvar kuni Sukut Saqlama loyihasining Kitob klubi doirasida birinchi uchrashuv bo‘lib o‘tdi. "Shaxsiy xona" kitobi qiz va ayollardan iborat jamoa ishtirokida muhokama qilindi.

Virjiniya Vulf o‘zining "Shaxsiy xona" essesida tarix qatlaridan kashfiyotchi ayolni, daho ayolni - Shekspirning singlisini qidirgan bo‘lsa, o‘zbek qizlari qachon o‘zbek ayoli Nobel oladi yo nega ololmasligini muhokama qilishdi. Vulf ayolga o‘z potensialini ochish uchun birinchi navbatda shaxsiy xona kerak degan bo‘lsa, o‘zbek ayollari avvalo hozir bizga shaxsiy vaqt va shaxsiy hudud ko‘proq kerak degan fikrda. Qiz va ayollar shaxsiy xona tugul, o‘z shaxsiy hududlari jamiyat va yaqinlar tomonidan mensilmasligi, qabul qilinmasligi haqida og‘riqli kechinmalarni gapirishdi. Yechim sifatida esa ayol-qizlar o‘rtasida xabardorlikni oshirish, shaxsiy huquq va erkinlik nima ekanini bilish va ayollarning bir-birini qo‘llab-quvvatlashi taklif qilindi.

Vulf ayollar o‘qishi , shu orqali ishlashi va qo‘lida o‘z puli bo‘lishi tarafdori bo‘lgan. Bugun dunyo ayollari qatori o‘zbek qizlari ham o‘qiydi, ishlashadi. Pul topishadi. Ammo pullariga qay darajada egalik qilishadi va o‘zi istagan kasbda ishlayaptimi? Undan ham muhimi, ishlar ekan, o‘z potensialini yuzaga chiqarishda jamiyat bosimiga duch kelmaydimi? Degan savollar tashlandi. Patriarxal jamiyatda ayollar fikr erkinligi erkaklarga nisbatan cheklanganligi ayollar qancha o‘qib, ishlamasin ularni ikkinchi daraja qo‘yayotgani - ayol-qizlarimizning shaxsiy va karyera rivojida eng katta to‘siqligi muhokama qilindi.

Vulf ayol shaxsiy xona va moliya mustaqilligiga ega bo‘lish orqali, uy-ro‘zg‘or, bola tarbiyasi tashvishlaridan ortib o‘zining shaxslik potensialini ko‘rsata olishiga qat'iy ishongan bo‘lsa, bugungi o‘zbek qizlari o‘z shaxsiy hududi bo‘ishi uchun kurashish kerak avval, degan fikrda. Shuningdek, pul topsa-da qizlar pulini o‘zi istagandek taassaruf qilolmayotgani va topilayotgan pul o‘zbek ayollarini qanchalik erkin va mustaqil qilayotgani ham savol ostida. Agar jamiyatning patriarxal prinsiplari o‘zgarmasa, ayollarning o‘qishi yoki ishlashi ular uchun ko‘p narsani o‘zgartirolmasligini bilishadi bugun qiz va ayollarimiz. Patriarxal jamiyat prinsiplarini o‘zgartirishning yo‘li esa xabardorlikni oshirish va kuchli ong bilan qurollanish orqali sodir bo‘ladi. "Shaxsiy xona" kitobi ham shu yo‘lda dastak bo‘lgandi o‘z vaqtida. Sukut saqlama Kitob klubi loyihasi doirasida tarjima qilinib, taqdim etiladigan maqolalar ham shu maqsadni ko‘zlagan. Yaqin kunlarda ularni chop qilishni boshlaymiz.

Klubning keyingi uchrashuvi oy oxiriga mo‘ljallangan. Aniq sanani shu kunlarda e'lon qilamiz. Bildirishnomani yoqib qo‘ying😊Bexabar qolmang. Keyingi yig‘inlarimizda kutamiz.

#SukutSaqlama
Biz hamma bilan birga o'ynashni istagandikku -
Hamma bilan qo'g'irchog'imizni ko'rishni baham!
Hammaga yaxshi bo'lishini xohlagandik -
Faqat biz bilan yaxshi bo'lishini!
Faqat biz bor joylarda yaxshi!

Ehtimol, shuning uchun
Biz yo'q joylar go'zal -
Deb bo'zlab qoldik oxirda.

Ehtimol, haliyam yosh boladirmiz,
Chordoqda yashayotgan o'smir qizaloq*
Haliyam biz.

Bizsiz ham o'ynab kulishar,
Bizsiz yig'lashar.
Ehtimol, faqat yolg'izlikdir
Dunyo degan orzumiz -

Yozug'imiz!


(* Anna Frankka ishora)
Svetayeva yozgandiki, "qizlarim, hammamiz do'zaxiymiz" deb
Men deyurmanki,
"Xudo bormi,
Agar bo'lsa,
Nega buncha adolatsiz?"

Do'zaxni, jannatni yuvib o'tadi sellar, do'llar
Sinadi do'zax ham, jannat ham "buncha adolatsiz" degan
Hayqiriq
Oynalarga uloqtirgan toshlar zarbida.
Sinadi.

Sinsin.
Oynalar sinsin.
Sinsin o'lim va hayot tasvirlari
Jannat va do'zax tasvirlari -
Zotan adolatsiz!

Va lekin men bir Qurbon emasman.
Oynaga otilgan toshlar kabi
Tik boqaman hayot yuziga

Agar yo'q bo'lsa, xudo
Nima qolardi menda
Faqat tikkalik
Faqat yovqarash
Do'stga, dushmanga.
Men insonman.
Qo'llarimni sezib turganim haqqi
Tik boqaman dunyoga.
Insonligim haqqi boqaman.
Men insonman - o, buncha adolatsiz!


"Inson hayotga tik boqqan payti
Inkor eta olar hayotni" -
Miyamda tentiragan bu o'y meniki emas,
O'tmishniki.
Men insonman.
O'tmishning,
O'tmish daholarining,
O'tmish vaqtlarining quyqasiman men.

Men insonman,
Har bir bukilganning, singanning
Yo'lida, belida borman va ohangman:
"O, buncha adolatsiz".

Faqat tikkama-tikka
O'limga tikka
Hayotga tikka
Xudo bor bo'lsa, borlikka tikka
Yo'q bo'lsa, yo'qlikka tikka.
Men insonman tik qarab itargan hayotni ko'kragidan.
Zotan shamolday ozod bo'lgan
Baxtning ustidan kulgan
Baxtsizlikni koptok qilib o'ynagan!

Men insonman, tik boraman hammaga.
Shamolday ozodmanu, shamolga tikka
Inkor etib hayotni hayotga tikka
O'limga tikka!
Bor bo'lsa, borlikka tikka,
Yo'q bo'lsa, yo'qlikka tikka.
Men insonman -
Tik boraman Yo'qlikka!!!
Forwarded from Ketmoq
Shaklga qaytim

Meni tinglab tomosha qilar
Ko'zgu ila boqqan shallaqi.
Axvolimga qilmaydi nazar
Jim turaman so'zlar allakim.

G'oratlardan tin olsin ochun,
Ichinga kırmasın tashqi to'palon.
Ko'z yosh quyib uzatar qonun,
O'z yurtida quvg'indi qoplon.

Did haqida bahsga ish tushar,
Ahdi nomus yigitlar anqo.
"Jim turgani sotqinlik qilar" -
Hukm qat'iy, mag'lublar tanho.

Qachon keldi bu yurtga kalxat,
Qachon uchib ketdi qaldirg'och?
Qachon ilm sanaldi axlat,
Qachon hayo bo'ldi yalang'och?

Yoqmadimmi,
Afting bujmaygan,
Qachon urfdan qolgandi iymon?
Mendan menga yo'l yo'q - qulagan.
Seni senga g'ov qilgan sopqon -

Ulug'lanib so'yilgan e'zoz,
Qadriyatlar etilmas ado,
Xotiralar chalinmas bir soz,
Achinarli, haqiqat - gado.

2025
YuSuF_QaLaNDaR
T.me/YuSuF_QaLaNDaR
Bugun "ShamsiQamar"da Jaydari Martinni ko'rdik.
Hurmatli bir ayol. Hurmatli bir erkak. O'ylab ko'ring hayotingizda doim qaysining fikri ko'proq tosh bosadi deb o'ylahansiz -irratsional tarzda. Faqat aql bilan javob berishga shoshilmang. Ongsiz holatda qaysini tanlagansiz?
Anonymous Poll
24%
Hurmatli ayol
45%
Hurmatli erkak
31%
Teng deb bilganman
Hid Gallyutsinatsiyasi
Hurmatli bir ayol. Hurmatli bir erkak. O'ylab ko'ring hayotingizda doim qaysining fikri ko'proq tosh bosadi deb o'ylahansiz -irratsional tarzda. Faqat aql bilan javob berishga shoshilmang. Ongsiz holatda qaysini tanlagansiz?
Javob berishda yaxshilab o'ylang, faqat aql bilan teng deyishga shoshmang. Hayotiy vaziyatlarizda kimni ko'proq ideallashtirganizga yoki qaysi birini ko'proq o'ziz uchun avtoritet bo'lganini hisobga oling. Avtoritet shunday narsaki, siz uni o'zingizdan aqlli bilib, avtomatom unga bo'ysunasiz. Tenglik esa - u sizdan aqlli bo'lsa ham hatto, u bilan bosimsiz, teng munosabatda bo'lasiz.
Xato qilishdan qo'rquv. Xato qilsak, hech kim qo"llamaydi, deb umrbod izolyatsiyalanish.

Rostdan ham qo'llashmaganda. Kichkinaligimizda. Uyda, maktabda qo'llashmagan. Sevilish uchun xato qilmaslikka yo hech bo'lmasa hech narsa qilmay, hech kimga "ziyon yetkazmaslikka" ko'nganmiz. (Yo'q odam' ga aylanganmiz) Keyin bu narsa unuversitet, keyin ishda rahbarlarga munosabatlarda, kollektivga munosabatdayam proyeksiya bo'lib ketavergan. Bizniyam qo'llashmagan (yoki baribir qo'llashmaydi deb bilib, jim yurganmiz) , biz ham boshqani qo'llolmaganmiz. Ayni shu qo'llov ololmasligiga ishonch tufayli birovni oldida o'z proyektini yo olamshumul fikrini aytolmay, yetkazolmay qo'llar, oyoqlar qaltiragan, ichimizga qamalib, hammamiz o'zimiga mos o'ringa emas, berishganiga munosib bo'lib ketaverganmiz. Aslida kimmiz, ko'rsatolmaganmiz, gapirolmaganmiz. Hammasi eng boshida support ololmaganimiz tufayli. Keyin qolgan hamma munosabatlarga proyeksiya bo'lgan. Va biz o'zimizdan boshqa hammani avtoritet bilib, ichimizdagi yosh bola bilan qolib ketaverganmiz. (Doimiy avtoritet, xato qilganda jazolovchilar borligi qo'rquvga mahkum qilavergan. U bolakay doim jazo qo"rquvida endi)

Kecha Abduqodir misolida supportning naqadar muhimligini, odamlar jamoaviy madaniyatli tarzda buni qanchalar uddalashini ko'rib, o'sha odamlargayam, Abduqodirgayam havasim keldi. Yana bir-ikki o'zbeklar Yevropada ish boshlaganida faqat dovdirab qovub tushirganini, jamoadoshlari esa uni doim maqtaganini yozibdi. Keyin asta bosim yechilib tezda ishi o'nglangan ekan. O'rganishimiz kerak - har birimiz - o"zimizni, yonimizdagini, hamsoyani, hamkasbni, farzandni, zamondoshni qo'llashni, tushinishni o'rganishim zarur.
Nihoyat, "Shakl" chiqdi, o'rtolarrrrrr!

Dunyoga jar solgim kevotti!
Men o'sha unitilishni orziqib kutaman!
20 daqiqadan keyin "Shakl" ga bag'ishlangan chatni boshlayman. 1 soat bo"ladi. "Shakl" yosh qalbning shakllanish yo'li haqida va u mening yoshlikka bag'ishlangan romanim. Faqat yosh qalbgina hech narsani tan olmay hamma narsaga tikka boradi! Yoshlik urhosidagina o'zgartirish kuchi yashirin.

Chatda faqat asar haqidagi savollarni qabul qilaman. Boshqasiga yo'q deyman.
Hid Gallyutsinatsiyasi pinned «20 daqiqadan keyin "Shakl" ga bag'ishlangan chatni boshlayman. 1 soat bo"ladi. "Shakl" yosh qalbning shakllanish yo'li haqida va u mening yoshlikka bag'ishlangan romanim. Faqat yosh qalbgina hech narsani tan olmay hamma narsaga tikka boradi! Yoshlik urhosidagina…»
Singling uchun ruhlantiruvchi, rol-model bo'lish boshqacha lazzat! Hech narsaga alishib bo'maydi.

(Endi shuni bolang qilsa, sendan faxrlansa, bu hisni qanday ta'riflasa bo'larkan?!)
O'zimni bosishga majburman
Bosmaslikka vaqtim yo'q
Mahkumman non topishga
Topmaslikka haqqim yo'q.

Qumursqaday ivirsib idrab
Gadodek tikilib yo'llarga
Yodimdan tilab panoh
Yotlashaman yuragim bilan -
Yotmaslikka haqqim yo'q.

Men bir go'zal hasharotdirman
Pashshadirman, yuzdan qon so'rar
Pashshamanki, o'zdan qon so'rar
So'rmaslikka haqqim yo'q.

Orzularim kul bo'lib ketgan
Tushimdayam kulni ko'raman
Kul sochaman yurak ustida
Sochmaslikka haqqim yo'q.

O'tinaman, bir tush so'rayman,
Kel, kel deyman, kel, kel, hoy beri,
Hoy orzu, hoy xayol - Pari -
Chinqiraman, bosinqirayman,
Men tushimda o'ngni ko'raman,
Qiyomatning o'ngidir - tayanch nuqtam,
Ko'rmaslikka haqqim yo'q!
2025/07/07 16:35:57
Back to Top
HTML Embed Code: