She'riyat endi o'ladi. She'riyatning janozasiga oz qoldi. Chunki asl shoirlar endi tug'ilmaydilar. Ehtimol allaqachon o'lgan va biz o'limoldi talvasasining yoziqlari bilan aldanayotgandirmiz.
She'riyatning qotili tezlikdir. She'riyatning qotili amerikancha tezlik, ruh yemirilish, tuyg'u soniyalashishi, diqqat parchalanishidir. Qotili taraqqiyot va mediadir. Asl shoirlarni taraqqiyot allaqachon o'ldirib bo'lgan. Tezlik ruh va qalbda biror tuyg'uni pishib yetiltirmaydi, chala tug'ilagan homila kabi boshsiz, qo'lsiz, jigarsiz, ko'zsiz, noqis so'zlar jangohiga to'lib ketadi hammayoq. To'lib ketib bo'ldi. Odamlar sevmaydi. Tezlashish kerak, sevgidayam tezlashish, tezroq yashash kerak. Tuyg'u o'lib bo'ldi. Faqat analiz qoldi endi. Savol berilgan zahot javob bor. Savol bilan yashash yo'q. Hatto savolni tushinish yo'q. Ammo javob bor. Muhimi javob bor. Bugun faqat javoblar bilan yashayapmiz. Savolsiz javoblar.
Ehtimol, she'riyat faqat endi ijtimoiy ma'nodagi, shu dardlarni kuylash uchungina bor bo'ladi. Ammo o'ziga ona sutidek halol va pok bo'lgan asl ma'nosidan uzoqlashadi - ruhiy ma'nosidan, asl ma'nosidan. Endi she'rlarda ruh bo'lmaydi. Ehtimol, hoziram yo'q.
Qachondir qayerdandir asl shoir chiqishi mumkin - u Shimoliy Afrikaning Tuareg qabilasidan bo'ladi, yo Avstraliyaning odamxo'r ibtidoiy qabilasidan. Janubiy Amerikaning mahalliy qabilalari ichidan chiqqan biror suluv qizcha kuylagan qo'shiqda tiriladi she'riyat. Biror qoramag'iz yigit qoralamasida tirilaďi balki. Afg'oniston, Turkamaniston bilan chegaradosh, svet, gaz, internet, poyezd yetib bormagan biror qishlog'imizda tug"ilsa, ehtimol. Bir narsa aniq taraqqiyot bor joylarda endi shoir tug'ilmaydi. Qishloqdan kelib, shaharga joylashib, o"zliksiz qolgan va taraqqiyotga esh bo"lganlar endi shoir bo"lolmaydi. Ruh o'lib bo'ldi.
Nimani yo'qotayotganimizni bilmay, tinimsiz taraqqiyot so'raymiz. Tinimsiz tezlik, ijtimoiylashuv so'raymiz.
Dahshat, ruhning ijtimoiylashuvi, she'rning ijtimoiylashuvini so'raymiz. Ammo endi bularni so'rashga hojat yo'q. Shundog'am hamma narsa ijtimoiy, taraqqiyotga xos va tez.
Dahshat, ruhimiz ruhmas - endi u shunchaki ijtimoiy hodisa!
Dahshat, Endi shoirlar tug'ilmaydi!

O'ylab qarasam, faqat ijod haqida, adabiyot, san'at haqida gaplashadigan bittayam suhbatdoshim yo'q ekan. Qomabti. (Bittasi bor edi, lekin o'ta yaqinlashib ketganidan, bular haqida gaplashmay qo'ydik). Yuzakimas, teran gaplashadigan, tahlilmas, hisni taniydigan. Bir suhbatdoshga zor bo'lish - butun borlig'ingni, yolg"izligingni to'ldiradigan - tortishish kuchiga zor bo'lish!
Men bir go'zal she'r yozolsaydim,
Yuragimda yonmasa olov,
O'ylarimga bermasam savol,
Erkalanib uxlay olsaydim -
Harir tun quchog'ida.
Solinganday do'zaxning
cho'ng cho'g'idan
Bag'rimda bir o't kuyar...
Ani topmas Axlantoz*.
Savolman, yechimi yo'q,
Meni yechmas Axlantoz.
Shaxzoda yo'qlab kelar
Har go'zal malikani
Meni topmas shaxzoda,
So'qmoqmanki,
kechmas mendan shaxzoda.
Sirman, shamol tuggan tugun
Sovrilmayman, shamolga.
Bag'rimga tegib quyun
Yig'ilganman savolga.
Sochmas meni shabboda,
Topmas meni shaxzoda.
(Izoh: Uzoq joyda o't kuyar,o
Ani toping Axlantoz.
(ertakdan))
Yuragimda yonmasa olov,
O'ylarimga bermasam savol,
Erkalanib uxlay olsaydim -
Harir tun quchog'ida.
Solinganday do'zaxning
cho'ng cho'g'idan
Bag'rimda bir o't kuyar...
Ani topmas Axlantoz*.
Savolman, yechimi yo'q,
Meni yechmas Axlantoz.
Shaxzoda yo'qlab kelar
Har go'zal malikani
Meni topmas shaxzoda,
So'qmoqmanki,
kechmas mendan shaxzoda.
Sirman, shamol tuggan tugun
Sovrilmayman, shamolga.
Bag'rimga tegib quyun
Yig'ilganman savolga.
Sochmas meni shabboda,
Topmas meni shaxzoda.
(Izoh: Uzoq joyda o't kuyar,o
Ani toping Axlantoz.
(ertakdan))
O'Z ISMIDA UXLOLMAGAN YURAK SHE'RI
uyqu o'tib bo'lmas jar
yostiqqa bosh qo'ysang, boshlanar qulash
ortda ulkan bir kechmish qoldi -
oldinda o'zing qochyotgan hayot
qancha qo'yib berma
qancha solmagin
uyqusizlik - toshoynaga o'zni
tugamaydi baribir manxus tomosha
har qisming va har bir o'yingni
har topganing zaifligingni
tomosha qilib tinmaydi qochoq o'zlik
imdod kutasan
sen o'zingdan kutasan imdod
tundan, yurak, toshoynadan ham
lekin jar orti o'zgalik chegarasi -
o'zgacha kerak yordam, o'zgacha yurak kerak -
jar orti dunyoning egasi.
biroq dunyo bilmaydi -
yuraging ham
adashgan yo'lchi kabi
tush va hush aro horib
unitasan ismingni
yurak kelar bostirib
Yurak!
ko'zlaringdan toshib ketar u
sochiladi 99 yo'llarga
ana endi 99 ismda uxla
ey o'z ismida uxlolmagan yurak -
sochilgan o'zlik
ismsiz yurak!
uyquning jahannami!

Shakl tayyor bo'lishining eng oxirgi bosqichi
Forwarded from DECEMBER (Dekabr)
"AKS'' ning yana uchta muallifii: Tillaniso, Gulnoz Mo'minova hamda Shahzod Shomansurovlardan dastxat oldim! Olti kitob ham to'liq chiqdi. Ikki kundan beri osmonda uchib yuribman! Kitoblar barchaga muborak bo'lsin, azizlarim!
p.s: ''AKS" da mehnat qilganlarga katta rahmat! Ular haqida alohida post qilaman!

Forwarded from KUNGABOQAR (Shahzod Shomansurovning ijodiy kanali)
Bugungi kunda doʻkonlarda "AKS" kitoblari yakunlanib qolibdi! Hozirda mualliflarning quyidagi kitoblaridan
Ajdar sayyorasi -136 ta
Kungaboqar-59 ta
Tongotar -312 ta
qolibdi!!!
AZIZ MUXLISLAR BARCHANGIZGA TASHAKKUR!
Ajdar sayyorasi -136 ta
Kungaboqar-59 ta
Tongotar -312 ta
qolibdi!!!
AZIZ MUXLISLAR BARCHANGIZGA TASHAKKUR!
Taksist / Taksi haydovchisi / Kirakash (premyera, o'zbek tilida, Uzbek)
https://uzmovi.tv/tarjima-kinolarri/6931-taksist-taksi-haydovchisi-kirakash-premyera-ozbek-tilida-uzbek.html
Nihoyat, bu kult kino ham o'zbek tiliga o'girilibdi. Insonni inson qilib butlaydigan - bu uning qadriyatlari. Yosh yigit, urush veterenari, yolg'iz odam , ammo qadriyatlari tufayli iflos amerika jamiyatida tirik va tetik qolyapti, boz dunyoni ozgina bo'lsa-da yorug' qildi. Shu jihatdan amerika kinolariga o'xshamagan kino. O'zi eng yaxshi amerikan kinolari o'zining yemirilish qadriyatini tanqid qilarkan. Kecha Big Leboskini ko'rdik, shu haqda edi uyam.

UZMOVi onlayn kinoteatri
Taksist / Taksi haydovchisi / Kirakash (premyera, o'zbek tilida, Uzbek)
Tarjima Kinolar O‘zbek tilida kinolar yuklab olish onlayn ko‘rish - Uzmovi.com
Hid Gallyutsinatsiyasi
Taksist / Taksi haydovchisi / Kirakash (premyera, o'zbek tilida, Uzbek) https://uzmovi.tv/tarjima-kinolarri/6931-taksist-taksi-haydovchisi-kirakash-premyera-ozbek-tilida-uzbek.html Nihoyat, bu kult kino ham o'zbek tiliga o'girilibdi. Insonni inson qilib butlaydigan…
O'zimni juda yolg'iz sezayotgandim. Qanaqadir keraksiz va sababsiz xavotirlar bostirib kelgandi. Ba'zan 10 betlab yozib ham , o'zingni tushinishga urinib ham bu hisdan qutilolmaysan. Ammo shu kino menga kichik va yorug' qadriyatlar berdi o'zimning kichik dunyom uchun. Yolg'izlik kimnidir yo'qligi yoki borligi emas, kichik bo'lsa ham dunyoni yaxshilashga urinmaslik deb o'ylab qoldim. Va keyin shu hisdan ko'ksim ko'tarildi. Agar shu kichik ish qo'lingdan kelarkan, demak, yolg'iz emassan, yoki aslan yolg'iz bo'lmagansanu, qadriyatning muhimligini bilmaganing uchun, yolg'iz sezgansan. Ha, yolg'izlik jismoniydan ko'ra ma'naviy his va bu qadriyatlarga bog'liq. Dunyoni qanday ko'rish va qurishga ya'ni.
Mendan esdalikka shu hangu-manglik,
Kaftarlik, mayli-da, ozroq satanglik,
Umrim she'rday o'tar, biroz attanglik,
Ammo shukuh ila
Hamda uh ila...
A.Qutbiddin
Kaftarlik, mayli-da, ozroq satanglik,
Umrim she'rday o'tar, biroz attanglik,
Ammo shukuh ila
Hamda uh ila...
A.Qutbiddin
Patriarxal totalitarizm
Patriarxal totalitarizm haqida o'ylab yurganimda, oldimdan bir maqola chiqib qoldi. Bir tadqiqotchiniki. Zamondosh yozuvchimizning hikoyalari tahlil qilingan. Tahlil o'z yo'ligaku, meni maqola boshida keltirilgan fikrlar tortdi. Unda muallif o'z avlodi ichida unga teng darajali fikrli odamlar yo'qligini, umuman chiqmaganini, fikrdoshlari 70 u 90 yoshli faloncha ustozlar ekanini urg'ulaydi. Umuman olganda, buni yomon tomoni yo'q, odam o"zini 7 yosh bilan ham, 70 yosh bilan ham tengma-teng ko'rib fikrdoshu hamjihat bo"la olishi saodat. Ammo u tengdoshlari va o'zidan kichiklar o'rtasida bunday odamni topolmasa va faqat tengim falon yoshli kattalar deb bilsa, aftidan bu yerda muammo bor. Bo'lgandayam jiddiy patriarxal totalitar muammo.
Patriarxal totalitarizm o'z qurboniga aytadiki, sen zo'rsan, ajoyibsan, fikrlaring yuksakda, sening fikrlaringga o'xshagani biror tengdoshingda yo'q ( odam o"zini odatda tengdoshlariga solishtirib, ulardan zo'rman degan xulosaga keladi) va bu zo'rligingni "kattalar" tan oladi, ya'ni "ota-ona". (Bunday odamlar ota-onasi e'tiborini butun munosabatlarga proyeksiya qilib o'tadi) Shuning uchun bunday odamlar kattalar yo'q joyda o'zi behalovat va tan olinmagan deb his qilaveradi, tengdoshlari bilan chiqishib ketolmaydi, suhbatdosh bo'lolmaydi, avtomatik ularni o'zidan past ko'radi ( e'tibor berilsa, o'zi ular eng kichikligida uka bilan mehr talashgan bo'ladi - mayli, psixoanalizga chuqurlashmaylik), hamjihat bo'lib, avlod bo"lib bir ish qilolmaydi. Tadqiqotchi muallif ham o'z tengdoshlari bilan avlod bo"lolmaganidan noroziligini aytadi. Ehtimol, u tengdoshlarimni tanqid qilyapman deb o'ylagan, ammo bu bilan chuqur ruhiy og'rig'ini oshkor qilgan ( shu yerda hamma qattiq eslataman : men muallifning og'rig'idan kulish uchun buni yozmadim, yo uning holati shaxsiy ruhiy jarohat natijasi, psixologga borsin, demoqchi ham emasman ba'zi ziyosiz ziyolilarimizga o'xshab - aslida ko"pchiligimizda bu og'riqlar yashirin va tengdoshlarimiz bilan birlashishimizga xalal berishini ta'kidlamoqchiman, tushinishga urinmoqchi va tushintirmoqchiman.)
Aslida muallif holati chuqur patriarxal totalitar inqirozdir. Patriarxalga ko'ra doim kattalar haq va kattalar nima desa to'g'ri, doim kattalar fikri tosh bosadi. Tengdosh tan olinmaydigan odam bo"lib qolaveradi va patriarxal totalitarizm qurbonlari o"z tengdoshlarida potensial salohiyatni ko"rolmaydi. Natijada o'zaro uyg'unlik, hamjihatlik bo"lmaydi o"sha avlodlarda. Bir-birini tushinish ham.
Biz aytamizku, xalqimiz birlasholmaydi deb. Ha birlasholmaydi. Chunki ular yoshlikdan boshlab uni qattiq nazorat qiladigan, baho beradigan (totalitar) kattaning (patriarxning) e'tibor va munosabatiga qaram bo"lgan. Maktablarda va uyda ota-ona, ustozlar e'tibori uchun juda katta jang ketgan, avtomatik ko"p bolalar bir-birini yomon ko"rgan. Ayniqsa, a'lochilar. (Lekin bu degani a'lochi bo"lmaganlarga buning umuman ta'siri bo'magan degani emas. Ular ham birday qurbon) Munosabatlarda tenglik bo'lmagan. Ya'ni katta bilan ham, kichik bilan ham tengma-teng munosabatga o'rgatilmagan. Mayli, maktabi oilada bilinmaydi, ishga kirganda boshlanadi kattasi. Chunki endi katta bo"lganmizda. Katta bo"lganimizdagi harakatlar darrov ko"zga tashlanaveradi. Ishxonada yo avtomatik rahbar (proyeksiya natijasida avtomatik patriarx deb bilinadigan totalitar odam) yo yomon ko"riladi yo unga yoqish uchun kurash boshlanib ketadi. Birlik bo"lmaydi. Shunaqa ayrolik natijasida odamlar asta-asta bir-biridan begonalashadi. Izolyatsiya kuchayadi. Jamiyatda empatiya, bir-birini qo'llash bo"lmaydi. Ayniqsa, tengdoshlar bir-birini qo'llay olmaydi. Tengdoshlar bir-birini qo'llab birlasha olmadi, demak, xalq birlashmaydi. Axir o"zgarishlarni avlodlar hamjihat bo'lib yaratadi deymizku. Birlashmagan avlodlar faqat to'zib yuraveradi, na o'zini topadi, na o'zga uchun yo'l bo"ladi.

Xullas, gapim cho"zildi: patriarxal totalitarizm yomon o"rtoqlar! Patriarxal faqat erkak va ayol munosabatida aks etmasligini tushingan bo"lsangiz, sevinaman. Tushinmagan bo'lsangiz, hali ko'p yozaman.
Bu asrdagi o"zbek chekiga tushgan asosiy vazifa - tiranga qarshi kurashning o"zi emas, tiraniyaga qarshi kurash! Ichidagiga albatta!

Forwarded from BOOK.UZ
🔥Aksning soʻnggi kitobi ham endi sotuvda!
📕 Tillaniso «Shakl»
«Shakl» - odatiy o'zbek nasridan ko'p farq qiladi, kitobdan qahramon va voqealar izlamaganingiz ma'qul. Asar sizni suv ostiga olib ketayotganday taassurot qoldiradi - agar o'pkangiz o'rniga baliqlarniki singari oyquloq o'stira olsangiz, Siz unda yashay olasiz, aksincha bo'lsa, bardoshingizni sinamang.
Afina ham, Temur ham, hatto roviy qizning o'zi ham aslida to'qima bo'lishiga qaramay, ongingizga o'rnashib, yashay boshlaydilar va Sizdan bir narsani - yashash uchun qanday shakl tanlasa ma'qulligini so'raydilar.
Asar o'zbek yoshining o'smirlikdan chiqish pallasidagi ruhiy holatini qalamga oladi va bunda yoshning ahamiyati unchalik muhim emas. Zero, muallif ilgari suradigan fikrga ko'ra, o'zbek yoshi ulg'ayishga kech qoladi.
✍️ AKS - Jamiyatga ko'zgu.
Kitob narxi: 27 000 soʻm
Buyurtma berish:
@bookuzbot / +998712300050
📚 @bookuzbekistan

🔥Aksning soʻnggi kitobi ham endi sotuvda! 📕 Tillaniso «Shakl» «Shakl» - odatiy o'zbek nasridan ko'p farq qiladi, kitobdan qahramon va voqealar izlamaganingiz ma'qul. Asar sizni suv ostiga olib ketayotganday taassurot qoldiradi - agar o'pkangiz o'rniga baliqlarniki…
"Shakl" ni 2 yilda yozganman. 2019-2021 yillar. 3 yil g'aladonda yotdi. Nihoyat 2024-yil boshida "Aks" to'plamida chiqish uchun qabul qilindi. O'shanda terish va tahrirni boshladim. Ko'pchilik bilmasa kerak, qog'ozga yozaman. Keyin ko'chiraman. 6 oy o'zimni tahririmdan chiqdi. 6 oy muharrirlarim - Feruza Quvonova (qisman) va Alisher Fayzullayev (to'lig'icha) tahrir qilishdi. Orada Ulug'bek Hamdam o'qib fikrlarini aytdi. O'rni kelganda ularga rahmat.
Ana bosmaga ketadi, mana ketadi deb turgandan keyin ham 3 marta tahrir bo'libdi. Shunday qilib kitob kechikdi. 45 foizini o'zgartirdik asarning, ohangni silliqlash, neytrallashtirish uchun. Mayli, yaxshilikka. Mana, endi ochiq dasturxonda, totimiga siz baho bering.
Aytganimdek, fikrlarga ochiqman. Shuningdek, sog'lom va konsturktiv tanqidga ham. ( muallifining marazi oqib turgan tanqidlarga esa keskin yo'q deyman!)
P.s: aytgancha, asarning yozilishiga Bobur Murodov (December Art) turtki bo'lgandi. Muqova muallifi ham u. Katta rahmat Bobga!