Telegram Web Link
📢 Sukut Saqlama Ayollar Kitob Klubi Uchrashuvi! 📢

📅 Sana: 1-fevral
Vaqt: 17:00
📍 Joy: Sukut Saqlama

Bu galgi uchrashuvda Nikola Gavining "Jinsiy qurbon emasman, lekin" maqolasi muhokama qilinadi. Maqola saytimizda e'lon qilingan: https://nemolchi.uz/uz/jinsiy-qurbon-emasman-ammo-jinsiy-qurbonlik-atamasi-ta-rifini-qayta-ko-rib-chiqish/

Kimlar kela oladi?
🔹 Faqat ayol-qizlar.

Talablar:
📖 Maqolani to‘liq o‘qish shart.
Oldindan ro‘yxatdan o‘tish talab qilinadi.

Fikrlaringiz va tajribangiz bilan o‘rtoqlashish, muhokamada faol ishtirok etish uchun sizni kutamiz!

🔗 Ro‘yxatdan o‘tish uchun: https://docs.google.com/forms/d/e/1FAIpQLSdhazxslfS4Hpv8NosFGv4FMjX_9JYcAX9XXOoG1tY91jAcMw/viewform?usp=preview

#SukutSaqlama #KitobKlubi #AyollarMuhokamasi
Hid Gallyutsinatsiyasi
📢 Sukut Saqlama Ayollar Kitob Klubi Uchrashuvi! 📢 📅 Sana: 1-fevral Vaqt: 17:00 📍 Joy: Sukut Saqlama Bu galgi uchrashuvda Nikola Gavining "Jinsiy qurbon emasman, lekin" maqolasi muhokama qilinadi. Maqola saytimizda e'lon qilingan: https://nemolchi.uz/uz/jinsiy…
Qizlar, shanba kuni ko'rishamiz. Ko'rsatilgan maqolani o'qish shart. Juda zo'r maqola. Qolganlargayam o'qish tavsiya. Feminizm degani faqat harakat yo ijtimoiy urinish emas, falsafa ekanini tushinasizlar
Forwarded from BOOK.UZ
🔥Kitobxonlar talabiga binoan toʻplam sotuvda🔥

✍️ aks: jamiyatga ko‘zgu

📕«Tongotar» - 30 000 so'm
📕«Kungaboqar» - 28 000 so'm
📕«Ajdar sayyorasi» - 25 000 so'm
📕«Havo» - 21 000 soʻm
📕«Oqdan qizilga» - 21 000 soʻm
📕«Shakl» - 27 000 soʻm

Toʻplam xarid qilsangiz maxsus 10% chegirma!

Toʻplam narxi: 152 000 soʻm
Chegirmada: 136 800 soʻm

Buyurtma berish:
@bookuzbot / +998712300050

📚@bookuzbekistan — yangi kitoblar!
"Shakl"ni oganlar bo'lsa, shu post ostida izoh yo rasm qoldirishi mumkin.

Umuman "Aks" turkumini
Forwarded from Maryam Javlan.
Har shanba o’zim uchun “self-made” qilishga kelishib olganman.

Bugun birinchi bo’lib, “Fikrat” dasturi doirasida o’tqazilgan offline suhbatga bordim. Ustozlar Hamid Sodiq, Kamoliddin Rabbimov va tarixshunos bilan bo’lib o’tdi. Postmodern dunyoda integratsiya masalalari, inson antropologiyasi xususida, turkiy davlatlarning ittifoqqa kelishi, o’zaro tutashtiruvchi omillar, til va boshqa masalalarda suhbat o’tdi. Albatta, so’nggi Xitoy va Amerika xususida ham so’z bordi.

Ikkinchisi, “Sukut saqlama” loyihasi tomonidan tashkillashtirilgan ayollar klubida dunyoning eng top muhokamaga chorlaydigan maqolasi haqida gaplashdik. Zo’ravonlikka qadar holatlar, zo’ravonlik turlari, pedofiliya, bolalarga zo’ravonlik, “qurbon” pozitsiyasi va ba’zi qarashlarning tanqidiy pozitsiyadan ko’rib chiqdik. Xulosalar qildik!
Forwarded from Mehrinoz (Mehrinoz)
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Yozdagi treninglar, " Shaxsiy xona" asari ayollar masalalariga ayri diqqat bilan qarashimga sabab boʻldi.

Bugun " Sukut saqlama" ning book clubida qatnashdim.
Yigʻilishda ijtimoiy faol qizlar bilan Nikola Gavoning shu mazmundagi maqolasini muhokama qildik.
Rivojlangan mamlakatlardagi ayollar beriladigan " qurbon" maqomining inqirozi, oʻzbek jamiyatida esa bir muncha ayollarning subyektdan stereotiplar sabab manipulyatsiya obyektiga aylanganiga doir tahlillar qildik.
Xulosalardan soʻng, clubning keyingi yigʻilishida " Islomda ayol huquqlari" mavzusida gaplashishga kelishildi.

Safimiz ochiq, siz ham kelib qoʻshiling🫶

Video muallifi: Maryam Javlan

@Mehrinoz_xon
Uyda qilingan osh yegim kelyapti😋 hamma ovqatni pishira olaman, xamirlisiyu, suyuq, quyug'igacha. Lekin shu oshni hech eplolmadim-da
Forwarded from Mebooks)
"AKS-jamiyatga ko'zgu" to'plami)

"Oqdan qizilga" Anif
"Shakl" Tillaniso
"Havo" Gulnoz Mo'minova
"Tongotar" Raxshona Ahmedova
"Ajdar sayyorasi" Alisher Fayzullayev
"Kungaboqar" Shahzod Shomansurov

P/s: Men doim yosh yozuvchi,shoirlarimizni qo'llab-quvvatlayman, kitoblarini xarid qilishga harakat qilaman. Bugun anchadan beri niyat qilgan "Aks" to'plamini o'zimga hadya qildim. Fevral oyini ushbu kitoblar uchun bag'ishlayman...
Hid Gallyutsinatsiyasi
Photo
"SHAKL"

Tillanisoning "Shakl"ini oʻqib tugatdim. Tugatdimu, nima oʻqidim hozir deb karaxtlandim. Bir dunyo hislar - hayrat, zavq, qoʻrquv, ogʻriq, dahshat - hamma-hammasi qorishib ketdi. Qaysidir on xuddi kimdir meni bir xonaga qamab qoʻyib, bir devordan boshqasiga urib otayotgandek his qildim. Qaysi bir lahzada yuragim shuvullab tovonimga tushib ketdi.
Xayolot qaysi nuqtada reallik bilan tutashib, qayerda ular oʻrin almashishlarini farqlayolmay, bu almashinuvlar qadamiga yetib ololmay jinni boʻlayozdim. Shakllar ichida yoʻqolib qoldim.
Roman tugay deb qolgunicha ham tuzilishida biroz kamchilik bor, baʼzi oʻrinlarda soʻzlovchilar hikoyasi qorishib ketibdi, baʼzi joylarda soʻzlovchilar almashib qolibdi, muallifga aytish kerak, deb oʻzim uchun qayd qilib qoʻydim. Yakunlab boʻlgandagina, adashganimni tushundim.

Bu bir kitobxon sifatida his qilganlarim. Boshqa odam sifatida---oʻzimni kim deb atashni bilmadim, rasmiy nomim - adabiy agent, lekin buni qoyillatib qoʻyolganim yoʻq, balki tarjimon, balki adabiy jarayonlar kuzatuvchisi--- xullas, oʻsha odam sifatida juda sevindim. Farqli bir shakl, farqli ifoda. Va allaqachon aytilishi, payqalishi kerak boʻlgan haqiqatlar. Anʼanaviy ifodalardan biroz zerikkan men uchun oʻzgacha bir asar boʻldi. Qoʻlyozmani oʻqish imkonini bergan Tillanisoga rahmat! Asar uchun rahmat!!

@authors_and_publish
Kecha Sukut Saqlama Ayollar kitob klubining muhokamasi bo'lib o'tdi. "Jinsiy qurbon emasman, lekin..." maqolasi muhokamaga tanlangandi. Bu masala bizda shunchalik dolzarbki, pul evaziga 13 yoshli qiz bilan yotishga uringan erkakka 5 sutka jazo berilgan. Hatto zo'ravonlikka urinish bizda jinoiy javobgarlikka ham tortilmaydi. https://www.tg-me.com/SukutSaqlama/4223

Bu haqda hali batafsil yozaman.

P.s: Adashibman, jinoiy javobgarlik bor, lekin ijrosi yo'q.
"Shakl"ni olganlar, o'qiyotganlar bormi? Agar bo'lsa, bugun 22:30 da asar haqida chat qilardik.

"Aks" haqidagi savollarga ham javob beraman.

+ qo'yinglarchi olganlar, o'qiganlar!
Hid Gallyutsinatsiyasi
Daraxtni tepsa qiz yog‘ilmaydi. O‘zbekistonda qiz farzand tug‘ilishi kamayib boryapti https://kun.uz/57279630?fbclid=IwY2xjawIOAphleHRuA2FlbQIxMQABHYJRGH3DmxdqyLu8yI03Po5CWCGMBTZVltojY_jspWljqYKNEarnPdBWeA_aem_tzOSKFvnqvYgCzVSY8PAcw
Bizda Xitoy va Hindistonda kuzatilgan "Yo'qotilayotgan ayollar" hodisasi boshlanibdi. 20 yil ichida erkaklar ayollardan 625 ming raqamga ortiqlik qiladi. Voy-dod ayollar o'zini jabrdiydaman devordi, voy-dod biz qizniyam, o'gilniyam teng ko'ramiz deganlarga jo'natib qo'yinglar. Maqolada keltirilishicha, qiz farzand kamayishiga asosiy sabab - abort! Qizni xohlashmaydi. Joyida tinchitishadi. O'g'il bo'lmaguncha. Deniz Kandiyoti buni "patriarxal narxlashuv yoki shartnoma" deydi. Ayol faqat o'g"il tug'sagina, kelinlik oilasida hokimiyatga ega bo"ladi (keyinchalik qariganida ham kelin olish vositasida hokimiyatni mustaklamlashga asos; xuddi shahzoda tuqqan cho'rilar birdan bo"lajak valiahdning onasi, barobarida malikaga, statusli ayolga aylanganidek). Ko"pchilik men hech qachon o'g'il va qizni ajratmayman, deydi. Lekin g'irt yolg"on aytadi. Aslida ajratadi. Faqat ongli ajratmaydi, ong ostida ajratadi. Farzandniyam ajratadi ota-onalar. Afsuski, o'zbekning ongosti qarashlari va dogmalari tahlilga tortilib, uni o'zgartirish uchun hech narsa qilinmayapti ( qullik ongidan chiqish uchun postkolonial ong islohoti o'tkazilmayotgani kabi). Yaqin 10 yillikda raqamlar 1 mln yetadi bu turishda. 1 mln odam bemalol qiz farzandini qurbon qilib yuborar ekan, shundayam biz oiladagi farzandni ajratmaydigan millat bo'lib qolaveramizmi? ( Xudoni o'zi qutqarib aql va insof bitmasa, hech yaxshilikka umid yo'qdek...)

Hammasidan qizig"i nima aytaymi, kun.uzdagi izohlar odamni shokka soladi. Deyarli barcha erkaklar nima bo'pti chetdan uylanaveramiz debdi. Muammoga umuman jiddiy qaralmagan. Shularda endi ertaga qiz farzandga himoyachi, suyanchiq bo'ladigan otalar?! Bir qiz, bir kelin o"ldirilsa, aytasizlarki, qani ularni otalari, nimaga qaramadi? Mana ularning darajasi, saviyasi - tobora shubham bor tabiatda aql barcha insonga teng tarqatilishiga, bo"libam bizning onasining erkatoy o'g'ilchasi, tarallabedod erkaklarimizga. Qizig'i, bir qiz koreys yo turkka erga tegsin, ko'rasiz og"izpolvonlik tomoshasini!

P.s: avvallari bunaqa izohlarga jiddiy qaramasdim. Ha, bo'ladida, har millatda shunaqasi, derdim. Ammo borgan sari ziyoli qatlamimizda ham fikr shundayligidan shokka tushib boryapman. Ziyoli so"zidan ko'nglim ag"darilyapti. Shu so'zni tag-tugi bilan lug'atdan chiqaraylik , baribiram tushinchani izohlaydigan ma'no - unga mos odam topilmayapti!
2025/07/06 18:11:49
Back to Top
HTML Embed Code: