Telegram Web Link
"AKS" ni nega o'qish kerak?

"Aks" jamiyatga juda katta va keskin g'oyalar tashlab maydonga chiqadi. Hali buni anglagan angladi, anglamagan undan ko'p. Ammo kun kelib tarix anglaydi. "Aks" jamuyatning eng so'nggi ruhiy zo'riqishi, portlash oldi qo'ng'irog'i. Bu jamiyat aniq portlaydi! Bu ruhiy zo'riqish uzoq payt muallaq turolmaydi endi. Hozir har joydan o'z dardini keskin aytib dodlab, otilib chiqayotgan ayollar va ayollar muammosi mana shu ruhiy zo'riqish "bumi"ning eng boshlang'ich otilishlari, portlovlaridir. Ehhe oldidanda bizni qanaqa balki ildizlarimiz bikan qo'porib tashlaydigan portlovlar kutayotgan bo'lsa...
Anif boshini dorga bergan odam kabi "borr ossang men os shu doringga" deb ichidagi bor dardini - hech qachon aytolmagan kechinmasini aytib portlab chiqadi! Bu qadar teran sokinlikdan o'ta alamli dod chiqadi. O'qisangiz bilasiz!
U boshini tikkan dor Alisher Fayzullayevning "Azizlar haqida jumboq" hikoyasidagi aks tig'ida akslanadi. Jamiyat ota-onalari shu qadar zo'riqishdagi bolasini moli evaziga emas, qoni evaziga boqyapti. O'zining qoni yetmay qolsa, avlodida kimdir omon qolishi uchun eng yaroqlisi va eng quloqsizini devor ortiga omonlikka jo'natib, ayovchan va bo'yinsungan bolalarini qurbonlikka tortivoryapti. Buyam jamiyatni shokka solayotgan qattiq paradoksal zo'riqish Fayzullayev qahramonli vijdonli bo'lgan har kasni zamon mashinasi burdalab tashlashiga, toptab ketishi, og'ir-oqibat bu odamlar quyosh ko'rmay o'z zindonida qolishiga negadir qattiq ishonadi. Ishoningki, bu o'sha eng so'nggi vijdonli odamlarning yo'q bo'lib ketish yo portlash oldidagi eng oxirgi larzasi, zo'riqishi. Buyog'i nima bo'ladi, tangriga ayon.
Gulnoz Mo'minova ko'z oldingizda "eh bor ekanku yorug' kunlardan qolgan hislaq" qabilada avvalida tabiatning go'zal shoiri bo'lib gavdalanadi-yu, oxir-oqibat qulog'ini batang qilgan zulmkor shovqindan to'yib ketib - voqelik oldida ko'zini chirt yumadi. Ayol bo'lib tug'ilma, Sharqda deb dod soladi. Bu gap nozik ko'nglingizga tegsa, inson bo"lib tug'ilmas, sharq-u g'arbu, yer yuzida deb o"qing. Chunki mohiyat umuman o"zgarmaydi. Bu ayol jinsidahi insonning jamiyatning eng so'nggi ruhiy larzasi asnosidagi qichqiriq va hayqirig"i xolos. Ayoldir, erkakdir - barcha uchun teng qichqiriq bu.

Shahzod Shomansur qahramonlari nima qiladi - mana shu ruhiy zo'riqish portlamagan taqdirdagi qismatlarni ko'z oldingizga bashang qilib olib keladi. Uning hamma qahramonlari shu qadar sevib tasvirlangan manyaklardir - bu manyaklarga maftun bo'lasiz. Hikoyalarining har biridan chiqib kelaveradi. Bunaqa seriyali manyaklarni avval kinoda ko'rib ko'z qotgandiyu, adabiyotda ruh sezib, ilg'ab, taftish qilishga o'tmagandi. Mana shu eng so'nggi zo'riqishning eng so'nggi qahramonlari manyaklar bo'ladi. Dahshatli, ammo muqarrar bashorat!
Rahshona Ahmedova qahramoni nima qiladi - u haliyam umid, bir yorug'lik kutadi bu shovqinzorda. Manimcha, u biz ko'nikkan ma'noda yorug'lik kutmaydi. Chunki qahramon bir yapon yozuvchisining essesida chiroqlar va yorug'lik ichimizdagu ezgulikni quvib chiqardi degani kabi, butun olam qorong'ulikka cho'ksayu, ichda yorug'lik boshlansa, deb kutadi. Lekin asr chiroqlar asri, chinakam qorong'ulikka qayta olarmikanmiz, xudo biladi? Uning qahramon faqat duo qiladi. Va shu pichirlangan duolar ilinj bilan to'plam kitoblariga mantiqiy xulosa yasaydi. Zero, ishonganimizdek, har narsaning yakunida duo bor. Ojiz taskin va katta umid! Oqlansin iloyo!

Xo'p, "Shakl" , u nima qiladi - u yosh yurak bo'lib zo"riqadi zamon zaylida, ehtimol yosh yurak eng ko"p otilmoqchi bo'lib, otilishga shay bo'lib zo'riqadi demoqchi bo'lar, ehtimol, hazir turing yoshlar, demoqchidir u. Xullas, olib o'qing!
#BookClub

Joriy yilning 1-fevral kuni Sukut Saqlama Ayollar klubida Nikola Gavining “Jinsiy qurbon emasman, lekin…” maqolasi muhokamasi bo‘lib o‘tdi. Muhokama qizg‘in bahs-u munozaraga boy bo‘ldi. Bahsdagi ayrim shaxsiy hikoyalarni e’lon qilishga qaror qildikki, bu mavzuning yig‘ilgan qizlar uchun ham qanchalik dolzarb va og‘riqli ekanini ko‘rsatadi. Fikrlarni kartochkalarda o‘qishingiz mumkin.

Maqoladagi jinsiy zo‘rlash muammosi sifatida tashlangan yana bir nozik tomon – yaqinlar orasidagi istalmagan jinsiy aloqa haqidagi Kitob klubi a'zolarining fikrlari bilan keyingi postimizda bo‘lishamiz.

#SukutSaqlama #AyollarKitobKlubi
Hozir orzumdagi hayotda yashayapman: tetik va sog'lom tana, har burchagi o'zimniki bo'lgan shaxsiy xona, yoqimli va ham ijodiy, ham kasbiy va ruhiy o'stiradigan ish, samarali va sifatli to'layotgan vaqt, atrofimdagi mehrli va xayrixoh eng yaqin odamlar... bu yoqda kitoblar ham chiqib turibdi. Dunyoga aytadigan gapimni shunchaki sokin tarzda aytyapman. Muhimi, qalb to'q, yurak xotirjam. Ichki uyg'unlik bor.

Ulg'aydim shekilli, o'z xonamga va qalbimga tartib berishdan lazzatlanadigan bo'lib qoldim. O'zim o'zimga yetarli. Ko'z tegmasin.
Forwarded from BOOK.UZ
📣Diqqat, tanlov!

“AKS” - JAMIYATGA KO‘ZGU

🎉«Yangi asr avlodi» nashriyoti “AKS” turkumida chop etilgan kitoblar bo‘yicha tanlov eʼlon qiladi. 

Tanlov uch yo‘nalishda bo‘lib o‘tadi:

📝- Eng mazmunli taqriz;

🌌- Eng kreativ foto;

🎬- Eng qiziqarli videorolik.


Demak, “AKS” turkumidagi oltita kitob (yoki bittasi) bo‘yicha taqriz yozishingiz yoki kitoblarni original tarzda suratga tushirishingiz yo bo‘lmasa ushbu kitoblar ishtirokida qisqa va maʼnoli rolik ishlashingiz kerak. So‘ng taqriz, foto yoki videoni ijtimoiy tarmoqlarda (Telegram kanal yoki Facebook, Instagram sahifasi) ulashasiz. Uning havolasini va telefon raqamingizni @bookuz_marketing manziliga jo‘natasiz. G‘oliblarni hakamlar hayʼati aniqlaydi. 

🎁 Uch yo‘nalish bo‘yicha 1, 2, 3 o‘rin g‘oliblari diplom, qimmatbaho sovg‘alar, kitoblar to‘plami bilan taqdirlanadi.
🥇 Jumladan, 1 o‘rin egalari bookreader, 2,3 o‘rin egalari kitob vaucherlari, mualliflardan maxsus sovg‘alar taqdim etiladi.

Tanlov materiallari 5 fevraldan 20 fevralgacha  qabul qilinadi. G‘oliblar taqdimot kuni taqdirlanadi. Barchaga omad!

📚@bookuzbekistan
Bugun Bukuz kitob do'koniga kirib-chiqish asnosida 7-8 ta "Shakl" xaridorlariga dasxat berdim. Kitob dastxat bilan kerak bo'lsa, kelaveringlar, shu yerda bo'laman. Erta-indin ham.
Tahrirga yangi kitob oldim. Remarkning yangi asari. Boburning seriyasi yana boyiydigan bo'ldi.
#BookClub

Joriy yilning 1-fevral kuni Sukut Saqlama Ayollar klubida Nikola Gavining “Jinsiy qurbon emasman, lekin…” maqolasi muhokamasi bo‘lib o‘tdi. Avvalgi postda muhokama doirasidagi ayrim shaxsiy hikoyalarni e’lon qilgan edik.

Bugun esa klub koordinatorining quyidagi savoliga javoblarni o‘qishingiz mumkin: Maqola jinsiy zo‘rlash muammosi sifatida tashlangan yana bir nozik firk bor. Bu yaqinlar orasidagi istalmagan jinsiy aloqa. Masalan, er-xotin orasida. Er xohlaydi va ayol bunda ko‘nglini olishga majbur bo‘ladi. Yoki istamasayam rozi bo‘lishga. Sizlar bunga qanday qaraysizlar? Bu ham zo‘ravonlikning bir ko‘rinishi desa bo‘ladimi?

Fikrlarni kartochkalarda o‘qishingiz mumkin ▶️▶️▶️

#SukutSaqlama #AyollarKitobKlubi
2025/07/06 11:31:37
Back to Top
HTML Embed Code: