Telegram Web Link
Forwarded from Odilxon
Bu o‘zlashtirish jarayoniga ko‘ra, Islom kabi tushunchalar yangi dunyoda, o‘zining tarixiy maʼnosidan mahrum va qisqartirilgan holda, yangi joylaridagi hukmron hokimiyat tuzilmalarining maqsadlariga xizmat qilish uchun paydo bo‘ladi. Mustamlakachilik diskursi buni muvaffaqiyatli amalga oshira oldi, asosan, bunga sabab bu tushunchalar endi tarixiy jihatdan asosli deb hisoblanmayotgan edi.
Aynan shu sababli Asad (1996) islom anʼanasini Gʻarb tarixiy tajribalari bilan oʻlchanadigan ijtimoiy taraqqiyot bosqichi sifatida emas, balki oʻzigagina xos shart-sharoitlari asosida koʻrib chiqishni talab qiladi. Biroq bu yondashuv qiyinchiliklarsiz kechmaydi, chunki Gʻarb liberal modernizmi oʻzini neytral, universal va tarixdan tashqari hakam sifatida namoyon qiladi. Gʻarb liberal modernizmi oʻz falsafasida axloq va ratsionallikni ajralmas deb hisoblovchi absolyutist pozitsiyaga tayanadi (MakIntayr, 1988).



Hazefa SHERIN, "Ayol islomi" kitobidan.

SukutSaqlama Kitob klubi doirasida yangi maqola tarjimasi tayyor. Liberalizm ostida qolgan ma'nosidan uzoqlashib borayotgan islom va ikkisi orasida e'tiqodini qanday saqlayotgan ayollar haqida
Jonon kitob chiqdi - Absurd dramasi I. Tez orada ikkinchi kitobi chiqadi. "Jahon adabiyoti" jurnali kutubxonasidan. To'plovchi va g'oya muallifi Maftuna Muhammadaminova, muharrir Alisher Fayzullayev, nashriyot - Yangi asr avlodi.

Keyingisida Dyurrenmatt, Mrojek, Kafka va Arraballar bor.

Tandirdan yangi uzilgan. Hididan bosh aylanadiyeee😇😇😇
Shivirladim: - Men oxiri yo'q bir ko'cha,
Shivirlading: - Mayli, yuraman adashib.


A. Qutbiddin.
https://telegra.ph/GUL-VA-TOSH-BILAN-KUTIB-OLINGAN-IZHODKOR-02-07

Ko'pchilik AKS seriyasidagi kitoblar old sahifasida kelgan Qr kodga e'tibor bermagan bo'lsa kerak, bilmadim, balki e'tibor bergan chiqar.

Xullas, o'sha QR kodlar ortida asar haqida o'quvchi, tahlilchi, shuningdek, ustoz ijodkorlar fikri bor. Xuddi so'zboshi kabi. Ammo zamonaviy variantda. Shunaq qilib zamonaviylashamizda😋 "Shakl" dagi Qr kod orqasida ustoz Ulug'bek Hamdamning juda katta tahliliy so'zboshi-maqolasi bor. O'qiganlarga tahlil haqida fikrini yozish, o'qimaganlarga o'qishi uchun o'sha maqolani shu yerda qoldirdim
Forwarded from Nodirabegim
Аксдаги Аждар сайёраси ва Кунгабоқар Book.uz да тугабди. Қойил. Ҳикоялар тўплами демак, анча ҳаридоргир. 🔥 Шу ойдаги тақдимотгача қайта нашр этиларкан. Бу муаллифларнинг илк китоби эди. Шунча йиллик меҳнат мевасини берганидан, бир ойга бормай дўконда қолмаганидан уларни табриклайман 👏 ўқувчиларингиз кўпаяверсин. Иккинчи китобга олға!
Bugun bitta muhim narsani tushindim o'zim uchun: dardni qabul qilishni. Odamlarning dardini qabul qilishni. Biz masalan, kimnidir eshita turib, unga yengil bo'lsin deb ortiq darajada ta'sirchanligini , bunaqa bo'lmasligini, yengil qarashni, "e'tibor bermaslik" ni ko'p ta'kidlaymiz. O'zimga ham ko'p shunaqa qilishgan. O'zim ham boshqalarga ko'p (ming vahki, asosan onamga). Aslida bu bilan biz u chekayotgan iztirobni yerga urishga intilamiz, iztirobdan ko'ra o'sha odamni qadrini pasaytirayotgan bo'lamiz. "Seni gaping muhim emas", "his qilayotganing muhim emas" deb. Keyin shu bilan o'sha odam tinchlanadimi? Yo'q, battar bo'ladi, dardi qabul qilinmagan odam battar og'irlashadi, alamzada, jizzaki bo'ladi. Sovib boradi atrofdan. Masalan, ming yillardan beri ayollar dardini maishiy deb keldik. Lekin ayollar tinchlanib qoldimi, yo'q, muammoni bekitsa isitmasi oshkor qilaverdi. Ko"p hollarda o"zini yoqishga, o"zini o'zi jazolashga o'tdi. Eng qizig'i, bokiralik masalasida gap ketsa, ayollar dardi maishiydan chiqib, o'ta siyosiy ahamiyat kasb etib ketdi. Sababi oddiy: tanasi boshqa dard bilmas. Muammoning bir uchi bizga tegmaguncha uning o'ta jiddiy ekanini bilolmaymiz. Kamsitib, go'yoki yaxshilik qilib, qochaveramiz. Agar tinglovchi bir quloq topilib, dard o'sha paytda qabul qilinsa (chunki o'sha odam ham dardini qabul qilolmayotgan bo'ladi kimgadir aytishni istasa agar), o'ziga keladi. Tinchlanib, boshqa tomondan qarab ko'rishga urinadi. Shuning uchun ayollar haqidagi hatto ilmiy maqolalarda ham yechim deb absolyut empatiya ko'rsatiladi. Iloji bo'lsa, kimdir yig"lasa qo'shilib yig"lang deyiladi. Dardi qabul qilinayotganini bilish odamga muhim. Bu faqat ayollarga emas, butun jamiyatimizga tegishli. Negadir biz bir-birimizdan eshitmasdan itarishga odatlandik. Biz uchun mukammal odam - hech qanday emotsiyasiz odam, buni jilovlay oladigan odam. Aslida boshqacha, mukammal odam hissiyotlaridan zaifligu ojizligi, jahlu nafrati, sevgisiyu quvonchidan qochmaydigan, bostirmaydigan odam. Endi mukammallik va jamiyat qanday xulq-atvorni mezon qilib olgani haqida ham tushinchalarni o'zgartirish kerak. Bunda ijtimoiy munosabatlarda empatiya - hamdardlik va bugun qozoqlar shior qilib ko"targani, tumanim Qorako'l odamlari har kun ta'kidlaganidek og"zibirlik muhim bo"lishi kerak.

Birovning dardini inkor etishga shoshilmang. Bir uchi shu dardning sizga tegishi bilan yonib ketmasligingizga, muvozanatdan chiqmasligingizga, hamdard izlab qolmasligigingizga kafolat yo'q.
https://telegra.ph/GASTERBAYTER-CHEMPIONKA-02-09

Agar shu hikoya ostida 30 ta fikr jamlansa asar haqida, har shanba davomini yozib e'lon qilaman. Menga stimul bo'ladi. Ko'raman, o'qilishi ommabop bo'lsa, shu qissa sari yo"lga chiqqan hikoyaning o'zini pullik qilarmiz) (pullik qilish dadamning tavsiyasi. Bitta tg kanalda har kun 10 ming tashab roman o'qirganlar. Har kun yangi qismi chiqarkan). Hikoyani bitta sayt uchun maxsus loyiha doirasida yozishni boshlagandim. Ammo hozircha loyiha tasdiqlanmadi. Shunga kanalimda davom etadi. O'qilishi ommabop, 1500-2000 belgidan iborat, har dam olish kuni chiqadigan internet asarga aylanadi.
Forwarded from BOOK.UZ
🌟 Tanlovda qatnashish yodingizdan chiqmadimi?

«AKS» turkumida nashr etilgan kitoblarini mutolaa qiling va tanlovida ishtirok eting! 😊

📝 Eng mazmunli taqriz;
🌌 Eng kreativ foto;
🎬 Eng qiziqarli videorolik.

🎁 3-oʻrin: 300 000 soʻmlik vaucher
🎁 2-oʻrin 500 000 soʻmlik vaucher

👉 Tanlov haqida batafsil 👈

📚@bookuzbekistan
Bunaqa zo'r havo, bir joylarga ketging keladi...
Odam bir irratsional dunyoga muhtoj bo'ladi. Hamma mushohada, fikr, oniy his borib-borib qulaydi. Faqat shu irratsionallik oxir-oqibat qutqarib qoladi. E'tiqod deb atashsa kerak nomini. Balkim Tangrim deb.
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Navoiy inglizchaga o'girilibdi
Kuyunchak yozuvchi, hassos shoir va o'ta kuchli adabiyotshunos olim, jurnalist Rahimjon Rahmat juda og'ir dardni boshdan o'tkazmoqda:

- miya tomirlarining qurishi yoki "chirishi" degan kasallik ( tez orada tashxislar alohida post e'lon qilinadi).

Davosi bizda yo'q ekan, afsus, faqat Turkiya, Germaniya, Isroilda davolash va kasallikni yengillatish ehtimoli bor.

Ustoz anchadan beri bu dard bilan kurashadi. Shifokorlar aytishicha, miya saratonining asorati ekan. Ko'pchilik bilsa kerak, 2000 -yillar ustoz bosh qismidan og'ir jarrohlik amaliyoti o'tkazgan. Mana endi o'shaning yillar davomidagi asorati miyadagi tomirlar qurishiga olib kelgan. Buning nima ekanini ma'lum, fojiali oqibatdan xudoning o'zi asrasin, biroq hozir ustozga yordam bermasak, keyin kech bo'ladi, hammamiz tomoshabin bo'lib attang chekib qolaveramiz.

O'tgan bir yil davomida ustozning qanchalik dard chekayotganini tarmoq orqali ham ko'rganlar ko'p. Kimdir shifo tiladi, kimdir sabr. Lekin ishoning, bu dardga sabr qilish biz o'ylagandan nihoyatda og'ir. Kuniga 5-6 talab og'riq qoldiruvchi ukollar, va uzluksiz bir yil davomida, bir yoqda esa tuzalishga hech qanday chora yo'qligi haqida og'ir umidsizlik... Umrida bir kunda bir necha og"riq qoldiruvchi ichganlar biladi, tanangizni bu dorilar qanchalik lanj, o'tmaslashtirib borishini. Harakatsiz sabazavotga aylantirib qo'yadi. Zehn to'mtoqlashadi, aql qochadi, afsuski, hozir ustoz faqat shu dorilar bilan jon saqlaydigan bo'lsa ham, yaqin orada bundan-da og'ir asoratlarga, xotira yo'qolishi, aql zaiflashuviga uchrash xavfi bor. Shularni inobatga endi umid sizdan, mendan, barchamizdan do'stlar! Boshqacha yo'li yo'q. Xudo ham sababini qilganlarga shifo beradi. Keling, ustoz shunday og'ir damida biz el-u yurt yaxshi shuniga sababchi bo'laylik. Postni maksimal tarqating, imkoningiz borini atang.
Zero, el-u yurt qaysidir ma'noda ustozdan qarzdordir. O'sha miya saratoni bekorga kelib chiqmagan ("Ozodlik" radiosining bosh muharriri bo'lgandagi faoliyati bilan bog'liq), buning uchun atayin ishlar qilingani ko'pchilikka ma'lum emas. Chunki ustoz vajohati, haqso'zligi ko'pchillikni paytidayoq qo'rqitgan va afsuski millatning jon tomirlarini ildiz otmasdan kesishni istashgan. Ustozning boshidan kechirgan bu tarix va to'qnashuv bir roman mavzusi. Nasib etsa, buni sog'aysalar o'zlari yozadi. Biz o'sha kunlarni intiqib kuzatamiz va qo'limizdan kelganni ayamaymiz. Do'stlar, bizga qo'shiling.

6262 5700 9153 6625

Karta raqami

Maksimal repost so'raymiz, do'stlar🙏🙏🙏
Forwarded from “Yoshlik” jurnali
#tavallud

Bugun – shoira Tillanisoning tavallud topgan kuni!


* * *

Kelmang, menda hech narsa yo‘q,
Topa olmaysiz…
Ruhimda faqat xazonlarning shitirlashlari…
Men shunday mavhumman, xayolday mavhum
Ko‘nglingizga uraman birdan.
Azobman, o‘ziga sig‘magan lahza
Sochilib ketaman og‘riqqa, she’rga.
Tuningizni baribir qilmayman xushbaxt,
Kuningizda quyoshdek jaranglamasman.
Azobga sochilib sokin tortgan dunyoman,
Yodingizni kezib yurgan xayolparastman.
Kelmang, menda hech narsa yo‘q,
Topa olmaysiz,
Ruhimda faqat xazonlarning shitirlashlari.
To‘kilib-to‘kilib sokin tortgan dunyoman.


📱Telegram 📱Instagram
📱Veb-sayt 📱Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2025/07/06 02:19:08
Back to Top
HTML Embed Code: