Telegram Web Link
#tadbir
#21_oktabr

Bugun,Urganch davlat universiteti Kompyuter injiniringi fakulteti tyutori T.Dusmetova Universitet Yoshlar akademiyasi lideri N. G'anijonova bilan hamkorlikda 1-kurs talabalarini Yoshlar akademiyasi faoliyati bilan taniahtirish maqsadida uchrashuv tashkil etishdi.

Uchrashuvda talabalarga Yoshlar akademiyasi faoliyati, uning yo'nalishlaringiz, akademiyaga a'zo bo'lish tartibibi haqida tushuntirishlar berildi.

@urdu_fit
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🐳31
#AI_study

Bugun, 21-oktabr kuni, Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti Kompyuter injiniring va telekommunikatsiya texnologiyalari fakultetlarida “AI Study” yo‘nalishi bo‘yicha 1-kurs talabalari bilan tushuntirish ishlari olib borildi.

Tadbir davomida talabalarga ushbu kursning maqsadi, o‘quv jarayonining mazmuni, sun’iy intellekt yo‘nalishidagi asosiy bilim va ko‘nikmalarni shakllantirishga qaratilgan darslarning tashkil etilishi haqida batafsil ma’lumotlar berildi.

🟠Tadbirda Urganch davlat universiteti lideri N. G‘anijanova hamda   N. Boltayev ishtirok etishdi.

Ular tomonidan talabalar uchun sun’iy intellekt sohasida o‘z bilim va tajribalarini kengaytirish, xalqaro standartlarga mos raqamli ko‘nikmalarni egallash, hamda amaliy loyihalarda faol qatnashish imkoniyatlari haqida tushuntirishlar berildi.

@urdu_fit
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2🐳1
#uchrashuv

Bugun, Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti Telekommunikatsiya texnologiyalari fakulteti tyutorlari N.Yo‘qubova, M.Jumaniyazova va D.Masharipovlar tomonidan “O‘zbekistonning diniy ekstremizm va xalqaro terrorizmga qarshi global kurashdagi o‘rni” mavzusida targ‘ibot-tushuntirish tadbiri o‘tkazildi.

Tadbirda fakultet tyutorlari bilan birgalikda inspektor Sh. Otajanova ishtirok etib, talaba-yoshlarga diniy ekstremizm va terrorizmning salbiy oqibatlari, ularning oldini olishda yoshlarning faolligi hamda ma’naviy immunitetni mustahkamlash masalalari yuzasidan tushuntirishlar berdi.

@urdu_fit
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👏1🐳1
#AI_study

“Bir million sun’iy intellekt yetakchilari” dasturi doirasida “AI Study” platformasi targ‘iboti o‘tkazildi

✔️Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universitetining Telekommunikatsiya texnologiyalari va Kompyuter injiniringi fakultetida “Bir million sun’iy intellekt yetakchilari” dasturi doirasida “AI Study” platformasini keng targ‘ib qilish maqsadida targ‘ibot tadbiri tashkil etildi.

Tadbirda Yoshlar akademiyasi platformasi lideri N. Boltayev hamda universitet lideri N. G‘anijanova talaba-yoshlar bilan uchrashib, “AI Study” platformasi imkoniyatlari va afzalliklari haqida batafsil ma’lumot berishdi.

Tadbir davomida talabalarga sun’iy intellekt tizimlari bilan ishlash bo‘yicha amaliy ko‘nikmalarni shakllantirish, etik me’yorlarga rioya etish, hamda generativ sun’iy intellekt texnologiyalarining zamonaviy vositalarini o‘zlashtirish imkoniyatlari haqida tushuntirishlar berildi. Shuningdek, dasturda talabalar, tadbirkorlar va texnologiyalarga qiziquvchi mutaxassislar ishtirok etishlari mumkinligi ta’kidlab o‘tildi.


🟠Bundan tashqari, aistudy.uz va omg.aistudy.uz platformalarida ro‘yxatdan o‘tish tartibi bo‘yicha amaliy ko‘rsatmalar ham berildi.

©️UrDU Matbuot xizmati
🌐
Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | Ln | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1❤‍🔥1👍1🐳1
2025/10/22 20:41:16
Back to Top
HTML Embed Code: