Telegram Web Link
#TTJ

Joriy yilning 9-oktabr sanasida Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti Telekommunikatsiya texnologiyalari va Kompyuter injiniringi fakultetiga qarashli 9-sonli talabalar turar joyida tarbiyachi-pedagog M. Bobojonova tomonidan “Besh tashabbus” loyihasi doirasida talabalarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish maqsadida turli to‘garak mashg‘ulotlari tashkil etildi.

🔺Mazkur tadbirda talabalarning qiziqishlari va iste’dodlarini rivojlantirishga qaratilgan tikuvchilik, shaxmat, shashka kabi to‘garaklar faoliyat olib bordi. To‘garaklarda ishtirok etgan talabalar o‘zlari uchun yangi ko‘nikmalarni o‘zlashtirish bilan birga, muloqot madaniyatini, jamoada ishlash va o‘z fikrini erkin ifoda etish qobiliyatlarini ham rivojlantirishdi.

@urdu_fit
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2🐳1
#forum

2025-yil 9-oktyabr kuni Abu Rayhon Beruniy nomidagi  Urganch davlat universitetida “11-oktabr – Xalqaro qizlar kuni” munosabati bilan “Dunyoni tinchlik va ezgulikka ilhomlantiramiz!” shiori ostidagi forumning ilk kuni  bo‘lib o‘tdi.

🔺Ushbu forumda Kompyuter injiniring fakulteti talabala-qizlari faol ishtirok etishdi.

✔️Forum doirasida universitetning iqtidorli talaba-qizlari o‘rtasida turli nominatsiyalar bo‘yicha tanlovlar o‘tkazildi. Jumladan:

🔺"Eng yaxshi sportchi talaba-qiz" nominatsiyasi bo‘yicha sport musobaqalari o‘tkazildi.

🔺 "Zakovat" intellektual o'yini bo'lib o'tdi.

🔺“Eng yaxshi kitobxon talaba-qiz” nominatsiyasi bo‘yicha tanlov o'tkazildi.

🔺“Eng yaxshi innovatsion loyiha egasi” nominatsiyasi bo'yicha tanlov bo'lib o'tdi.

🔺“Eng yaxshi videorolik” tanlovi o‘tkazildi


@urdu_fit
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👏1🐳1
#uchrashuv

Bitiruvchi talabalarning soha korxonalari vakillari bilan uchrashuvi

Bugun ,Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti Telekommunikatsiya texnologiyalari fakultetida bitiruvchi talabalarning amaliyot o‘tash, kasbiy tajriba orttirish hamda kelgusida ishga joylashish masalalariga bag‘ishlangan ochiq muloqot o‘tkazildi.

Mazkur uchrashuvda “Beeline Uzbekistan” mobil aloqa kompaniyasi vakillari  S.Botirov  va A.Aitov  shuningdek, “Unicol” MCHJ Xorazm viloyati hududiy bo‘limi mutaxassisi D.Durdiyev ishtirok etishdi. Tadbirda fakultet dekani E.Avazov  professor-o‘qituvchilar, tyutorlar hamda bitiruvchi talaba-yoshlar qatnashdilar.

🔺Uchrashuv davomida soha vakillari talabalar bilan o‘z tajribalari bilan o‘rtoqlashib, zamonaviy telekommunikatsiya texnologiyalarining amaliy qo‘llanilishi, mutaxassislar uchun qo‘yiladigan talablar va mehnat bozoridagi istiqbollar haqida batafsil ma’lumot berdilar. 

Tadbir yakunida talabalar tomonidan  savollar berilib, ular bilan ochiq va samimiy muloqot olib borildi.

@urdu_fit
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1👍1👏1🐳1
#bandlik

Bitiruvchi talabalarning soha korxonalari vakillari bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi

Bugun, Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti Telekommunikatsiya texnologiyalari fakultetida bitiruvchi talabalarning amaliyot o‘tash, kasbiy tajriba orttirish hamda kelgusida ishga joylashish masalalariga bag‘ishlangan ochiq muloqot o‘tkazildi.

Mazkur uchrashuvda “Beeline Uzbekistan” mobil aloqa kompaniyasi vakillari S.Botirov va A.Aitov, shuningdek, “Unicol” MCHJ Xorazm viloyati hududiy bo‘limi mutaxassisi D.Durdiyev ishtirok etishdi. Tadbirda fakultet dekani E.Avazov professor-o‘qituvchilar, tyutorlar hamda bitiruvchi talaba-yoshlar qatnashdilar.

🔺Uchrashuv davomida soha vakillari talabalar bilan o‘z tajribalarini bilan o‘rtoqlashib, zamonaviy telekommunikatsiya texnologiyalarining amaliy qo‘llanilishi, mutaxassislar uchun qo‘yiladigan talablar va mehnat bozoridagi istiqbollar haqida batafsil ma’lumot berdilar.

Tadbir yakunida talabalar tomonidan savollar berilib, ular bilan ochiq va samimiy muloqot olib borildi.

©️UrDU Matbuot xizmati
🌐
Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | Ln | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2🔥1🐳1
2025/10/27 15:09:35
Back to Top
HTML Embed Code: