Telegram Web Link
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Davlat_tili
#Bagʻishlov


🇺🇿Oʻzbek tiliga Davlat tili maqomi berilganligining 36 yilligiga bagʻishlanadi

✍️O‘zbek tili – millatlar qalbini birlashtiruvchi mehr tili!

Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universitetida tahsil olayotgan turli millat vakillari hamda faoliyat yuritayotgan xorijlik professor-o‘qituvchilar o‘zbek tiliga bo‘lgan samimiy hurmat va ehtiromini o‘zbek tilida aytilgan she’r orqali goʻzal tarzda ifoda etishdi.

Ushbu videolavha tilimizning jozibasi, xalqimizning mehmondo‘stligi va do‘stlik ko‘prigi ramzidir.

©️UrDU Matbuot xizmati
🌐
Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | Ln | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
4🔥31🥰1👏1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Davlat_tili
#OAV

🇺🇿Oʻzbek tiliga Davlat tili maqomi berilganligining 36 yilligi munosabati bilan O‘zbek tilshunosligi kafedrasi professor-o'qituvchilari OAVda chiqishlar qilishmoqda

Ona tilimizga Davlat tili maqomi berilgan kun xalqimiz ma’naviy hayotidagi muhim sana hisoblanadi. Shu munosabat bilan Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti O‘zbek tilshunosligi kafedrasi dotsenti Sh.Aqmanova hamda kafedra magistranti Sh.Quronboyeva Xorazm telekanalining “Assalom, Xorazm!” dasturida chiqish qilishdi.

🗣 Chiqish davomida oʻzbek tilining Davlat tili sifatidagi mavqeyi, uning jamiyatdagi oʻrni, taraqqiyoti va bugungi kundagi ahamiyati haqida fikr-mulohazalar bildirildi.

🎊 Tilga hurmat – millatga hurmat!

©️UrDU Matbuot xizmati
🌐
Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | Ln | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👏2
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
📺“TalabaExpo–2025” — yoshlar kelajagiga yo‘naltirilgan loyiha tafsilotlari efirda!

😁Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universitetida o‘tkazilgan «TalabaExpo–2025» kasb ko‘rgazmasi haqida tayyorlangan maxsus reportaj O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining “O‘zbekiston 24” telekanali orqali efirga uzatildi.

Mazkur ko‘rsatuvda bitiruvchi talabalarning bandligini ta’minlash, ularni mehnat bozoriga tayyorlash, ish beruvchi korxonalar bilan bevosita uchrashuvlari hamda amaliy hamkorlik tashabbuslari keng yoritildi.


🧠 “TalabaExpo–2025” — yoshlar uchun yangi imkoniyatlar eshigini ochuvchi, ularning kasbiy rivojini qo‘llab-quvvatlovchi muhim loyiha sifatida e’tirof etildi.

📺Efir: “O‘zbekiston 24” telekanali – Maxsus reportaj

©️UrDU Matbuot xizmati
🌐
Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | Ln | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
😍32🔥2👏1
🟦🟦🟦🟦🟦

"Korrupsiyasiz ta'lim" mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi


Bugun, 20-oktabr kuni Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti Filologiya va san’at fakultetida 2-bosqich talabalari ishtirokida “Korrupsiyasiz ta’lim” mavzusida davra suhbati tashkil etildi.

🟢 Unda Korrupsiyaga qarshi kurashish "Komplayens-nazorat" tizimini boshqarish bo‘limi rahbari X.Shixova ishtirok etib, talabalar bilan ochiq muloqot olib bordi. Davra suhbatida korrupsiyaning salbiy oqibatlari, ta’lim sohasida korrupsiyaviy holatlarning oldini olish, shaffoflikni ta’minlash va Komplayens tizimining mazmun-mohiyati haqida batafsil ma’lumot berildi.

🟢 Shuningdek, talabalarga korrupsiyaga qarshi kurashishning huquqiy asoslari, fuqarolik pozitsiyasining ahamiyati va har bir shaxsning ushbu illatga qarshi kurashda tutgan o‘rni haqida tushunchalar berildi.

©️UrDU Matbuot xizmati
🌐
Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | Ln | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1👍1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Milliylik

🇺🇿 Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti Telekommunikatsiya texnologiyalari fakulteti talaba-qizlari o‘rtasida milliy chellenj tashkil etildi.

Chellenjning asosiy maqsadi — milliy qadriyatlarimizni asrab-avaylash, milliy libos madaniyatini yoshlar orasida targ‘ib etish hamda an’anaviy go‘zallikni zamonaviy uslubda aks ettirishdan iboratdir.


©️UrDU Matbuot xizmati
🌐
Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | Ln | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
8👍4🕊1
#Talabaga_qulaylik

🏗Urganch davlat universitetida zamonaviy Intellektual texnologiyalar fakulteti binosining qurilishi boshlandi!


😁Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universitetida zamonaviy o‘quv muhitini yaratishga qaratilgan yana bir yirik loyiha – Intellektual texnologiyalar fakultetining yangi binosi qurilishi boshlandi.

Loyiha “Qishloqqurilishloyiha” MCHJ tomonidan ishlab chiqilgan bo‘lib, bino 8 qavatli, 55,2x18,6 metr o‘lchamdagi to‘g‘ri to‘rtburchak shaklida barpo etiladi. Tashqi devorlari gazoblokdan, fasad qismi esa dekorativ travertinli suvoq bilan bezatiladi. Binoning kirish qismida keng vestibyul zonasi, qulay rekreatsiya yo‘laklari va mavjud binoga o‘tish yo‘lagi loyihalangan. Har bir qavatda 2 ta lift, evakuatsiya zinapoyalari, texnik va yordamchi xonalar, shuningdek, imkoniyati cheklangan shaxslar uchun maxsus sharoitlar yaratiladi.


🏢Binoda joylashadigan asosiy xonalar:

2 ta 100 o‘rinli va 2 ta 80 o‘rinli ma’ruza zali
60 o‘rinli ma’ruza xonasi
24 ta 30 o‘rinli o‘quv xonasi
20 ta 20 o‘rinli kompyuter xonasi
Multimedia xonasi, magistrlar, professor-o‘qituvchilar va tyutorlar uchun alohida xonalar
Axborot-resurs markazi, ta’lim sifatini nazorat qilish xonasi, kafedralar, garderoblar va boshqa zarur bo‘limlar

💡 Ushbu bino zamonaviy texnologiyalar, ilg‘or ta’lim infratuzilmasi va qulay o‘quv muhitini o‘zida mujassam etgan holda, talabalarga bilim olish, ilmiy izlanish va innovatsion g‘oyalarni amaliyotga tatbiq etish uchun keng imkoniyatlar yaratadi.

©️UrDU Matbuot xizmati
🌐
Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | Ln | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
9👏52🔥2🥰1
🟦🟦🟦🟦

UrDU voleybolchilari — xalqaro musobaqada faxrli 3-o‘rin sohibalari!

🏆Buxoro davlat universitetining “UNIVERSAL” sport majmuasida o‘tkazilgan yirik xalqaro sport musobaqasi — “CAVA College University Volleyball Championship 2025” bahslarida mintaqaning eng kuchli jamoalari o‘zaro bellashdilar.

🌍Musobaqada O‘zbekiston, Turkmaniston, Qozog‘iston va Tojikiston davlatlarining universitet jamoalari ishtirok etishdi.

😁🎊Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universitetining voleybolchi talaba-qizlari murabbiylari bilan birgalikda mazkur nufuzli chempionatda faol qatnashib, universitet sharafini munosib himoya etdilar va faxrli 3-o‘rinni qo‘lga kiritdilar!

⚡️Bu natija — UrDU sportchilarining jismoniy tayyorgarligi, jamoaviy ruh va fidoyilik timsoli bo‘ldi.

🎉G‘olib jamoamizni samimiy tabriklaymiz!

©️UrDU Matbuot xizmati
🌐
Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | Ln | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
9👏9👍4🔥4
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Ўткир Раҳматнинг диллар ва тиллардан жой олаётган "Тилим борки, халқим яшар безавол..." сарлавҳали шеърини Абу Райҳон Беруний номидаги Урганч давлат университети Филология ва санъат факултети талабалари жуда чиройли ҳамда шеър руҳига мос қилиб ижро этишибди!

Байрам арафасидаги ушбу видеотуҳфа учун уларга миннатдорлик билдирамиз.


Зеро, тил борки миллат яшайди, тил борки Ўзбек деган ном дунёни қучаверади. Шоир айнан шу шеърида ёзганидек:

Тилни эъзозламоқ – истиқбол, иқбол,
Тилим борки, халқим яшар безавол.
Эй, менинг қутлуғим, ёруғ пешонам,
Шодумон эртамдан якка нишонам.
Талотўп, тўзонлар, ёлғон-чин аро,
Юраклар, нигоҳлар, бу очун аро –
Қалбан англаб турсин Ўзбекистонни,
Дунё тинглаб турсин Ўзбекистонни!


#Она_тилим | @Otkir_Rahmat
4


😁Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti talabalarni rag’batlantirish Kengashi NIZOMIGA muvofiq, universitetdagi bir o‘quv semestri yakuni bo‘yicha barcha fanlarni o‘zlashtirish ko‘rsatkichi “a’lo” va "yaxshi" ( fanlarning 30% gacha yaxshi baho tashkil etishi), iqtidorli va jamoat ishlarida faol bo‘lgan talabalar uchun Moddiy rag’batlantirishga hujjat qabul qilish boshlanganini e’lon qiladi.

Komissiya tomonidan moddiy qo'llab-quvvatlashga hujjat topshirgan talabgorning ma’naviy-ma’rifiy, jamoat ishlarida va turli faoliyatlaridagi faol ishtiroki hamda ilmiy-tadqiqot ishlari va ijodiy faoliyatlari ko’rib chiqilib, munosib baholanadi.


📝Taqdim qilinadigan hujjatlar ro‘yxati ⬅️

📎Hujjatlar joriy yilning 20-oktabr kunidan 1-noyabr kuniga qadar fakultet mas’ullari tomonidan qabul qilinadi (Kechiktirilgan hujjatlar qabul qilinmaydi).

🌍Talabalar bilan ishlaydigan mas‘ullar to‘g‘risida ma’lumot ⬅️

Har bir talabaning respublika va xorijiy jurnallarda chop qilingan maqolalari uchun shaxsan ilmiy rahbar javobgar.


🟢Qo‘shimcha ma’lumot uchun: @UrDU_ITITFTEB

©️UrDU Matbuot xizmati
🌐
Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | Ln | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2🔥2👏2😍1
#Davlat_tili
#36yil

🇺🇿Til – millat maʼnaviyatining koʻzgusi

Bugun, 20-oktabr kuni Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti Filologiya va sanʼat fakultetida “21-oktabr – Oʻzbek tili bayrami” munosabati bilan “Til – millat maʼnaviyatining koʻzgusi” mavzusida bir qator maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlar o‘tkazildi.

🤩Dastlab fakultetning 2-bosqich O‘zbek tili taʼlim yo‘nalishi talabalari ishtirokida davra suhbati tashkil etildi. Tadbirda Oʻzbek tilshunosligi kafedrasi mudiri, f.f.d., professor A. Primov mehmon sifatida ishtirok etib, o‘zbek tilining tarixi, shakllanishi va rivojlanish bosqichlari haqida atroflicha maʼlumot berdi. Shuningdek, til meʼyorlariga rioya etish, nutq madaniyatiga e’tibor qaratish, jamiyatda tilni to‘g‘ri qo‘llashning ahamiyati haqida fikrlar bildirildi.

✍️Shundan so‘ng, fakultet talabalari o‘rtasida “Til – millat maʼnaviyatining koʻzgusi” mavzusida ommaviy diktant tanlovi o‘tkazildi. Talabalar mavzu asosida diktant yozishdi, yozma ishlar esa Oʻzbek tilshunosligi kafedrasi o‘qituvchilari tomonidan tekshirilib, baholanadi.

Mazkur tadbirlar orqali yoshlarimizda ona tiliga hurmat, savodxonlik madaniyati va til meʼyorlariga eʼtiborli bo‘lish tuyg‘usi yanada mustahkamlandi.

©️UrDU Matbuot xizmati
🌐
Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | Ln | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
5
2025/10/22 03:16:56
Back to Top
HTML Embed Code: