Telegram Web Link
#ilmiy_amaliy_anjuman

✏️O‘zbek tili – millat tafakkuri va taraqqiyot mezoni

🟢Bugun, 21-oktabr kuni, Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti yangi Axborot-resurs markazining konferensiyalar zalida Filologiya va sanʼat fakulteti tashabbusi bilan O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilganining 36 yilligiga bag‘ishlangan “O‘zbek tilining millat tafakkuri va davlat taraqqiyotidagi o‘rni hamda rivojlanish istiqbollari” mavzusida ilmiy-amaliy anjuman bo‘lib o‘tdi.

🟢Anjuman avvalida Urganch davlat universiteti Ilmiy ishlar va innovatsiyalar boʻyicha prorektori Z.Ibragimov hamda Filologiya va sanʼat fakulteti dekani D.G‘ayipovlar so‘zga chiqib, ona tilimizning xalq birligi va milliy tafakkurdagi beqiyos ahamiyatini alohida ta’kidlashdi.

🟢Anjumanda filologiya fanlari doktorlari, professorlar D.G‘ayipov, A.Primov, D.Yuldashev, Sh.Noroboyeva, shuningdek, filologiya fanlari nomzodi, dotsentlar Sh.Aqmanova, Sh.Alimova, X.Boymurotova, shuningdek, o‘qituvchi va ilmiy tadqiqotchilar D.Sultonova va M.Atabayevalar ma’ruzalari bilan ishtirok etishdi.

🟢Ma’ruzachilar o‘zbek tilining milliy tafakkur, madaniyat, ilm-fan va jamiyat taraqqiyotidagi o‘rni, til siyosatining istiqbollari, shevashunoslik, leksikologiya, onomastika, lingvokulturologiya kabi yo‘nalishlarda olib borilayotgan ilmiy izlanishlar haqida atroflicha fikr bildirishdi.

🟢Anjuman davomida o‘zbek tilining rivojlanish bosqichlari, zamonaviy davrda tilni boyitish yo‘nalishlari va milliy o‘zligimizni ifodalovchi omil sifatidagi roli atroflicha yoritildi.

🟢Bu ilmiy uchrashuv — o‘zbek tili nafaqat aloqa vositasi, balki xalq tafakkuri, ma’naviy merosi va davlat taraqqiyotining asosiy omili ekanini yana bir bor tasdiqladi.

©️UrDU Matbuot xizmati
🌐
Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | Ln | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2🔥2👍1
#ilmiy_amaliy_anjuman

“O‘zbek tilining millat tafakkuri va davlat taraqqiyotidagi o‘rni hamda rivojlanish istiqbollari” mavzusidagi ilmiy-amaliy anjuman yakunida bir guruh ishtirokchilar tashakkurnoma bilan taqdirlandi.


©️UrDU Matbuot xizmati
🌐
Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | Ln | YouTube
🔥21
#21_oktabr

🇺🇿O'zbek tili-milliy g'ururimiz!

Bugun, 21-oktabr sanasida Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti Xorijiy filologiya fakulteti Ingliz tili va adabiyoti kafedrasi tomonidan 21-oktabr O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilganligining 36 yilligi munosabati bilan “O‘zbek tili – milliy g‘ururimiz” nomli tantanali bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi.

Tadbirni fakultet dekani Z.Jumaniyozov ochib berib, barcha ishtirokchilarni bayram bilan tabrikladi. U o‘z nutqida o‘zbek tilining xalqimiz hayotidagi beqiyos o‘rni, uning boy tarixiy ildizlari va bugungi kunda davlat siyosatida tutgan yuksak mavqeiga alohida to‘xtalib o‘tdi.

Bayram tadbiri ko‘tarinki ruhda o‘tkazildi. Talabalar tomonidan o‘zbek tilini ulug‘lovchi she’rxonlik, sahna ko‘rinishlari va raqs chiqishlari namoyish etildi. Shuningdek, viktorina savollari orqali talabalar o‘z bilimlarini sinovdan o‘tkazishdi va g‘oliblar esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.

©️UrDU Matbuot xizmati
🌐
Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | Ln | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥54🥰1
Forwarded from Yoshlar.edu.uz
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Davlat_tili #Bag‘ishlov

🇺🇿O‘zbek tiliga Davlat tili maqomi berilganligining 36 yilligiga bag‘ishlanadi

✍️O‘zbek tili – millatlar qalbini birlashtiruvchi mehr tili!

Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universitetida tahsil olayotgan turli millat vakillari hamda faoliyat yuritayotgan xorijlik professor-o‘qituvchilar o‘zbek tiliga bo‘lgan samimiy hurmat va ehtiromini o‘zbek tilida aytilgan she’r orqali goʻzal tarzda ifoda etishdi.

Ushbu videolavha tilimizning jozibasi, xalqimizning mehmondo‘stligi va do‘stlik ko‘prigi ramzidir.

Bizni kuzating:

📱Instagram | 📺YouTube | 🕊Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥2
Forwarded from Edu.uz
Milliy o‘zligimiz timsoli bo‘lgan jonajon o‘zbek tilimiz yanada ravnaq topsin!

Prezident Shavkat Mirziyoyev O‘zbek tili bayrami munosabati bilan O‘zbekiston xalqiga bayram tabrigini yo‘lladi.

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
🔥53👏3😍1
2025/10/22 03:36:48
Back to Top
HTML Embed Code: