Telegram Web Link
#til_bayrami

🇺🇿O‘zbek tili bayrami keng nishonlanmoqda

Bugun Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti Texnika fakultetida O‘zbek tilining davlat tili maqomini olganligi munosabati bilan bayram tadbiri tashkil etildi.

Ushbu muhim sana – milliy tilimizga nisbatan hurmat va ehtiromning ramzi, tariximiz va madaniyatimizning muhim qismi hisoblanadi. Tadbirda talabalar, professor-o‘qituvchilar va fakultet rahbariyati ishtirok etdi.


Bayram dasturida O‘zbek tilining tarixi va bugungi ahamiyati haqida professor-o'qituvchilar tomonidan ma’ruzalar qilindi she’r va qo‘shiqlar ijro etildi.

Bu kun orqali yosh avlodga milliy tilimizning qadriyatlari, uning rivojlanishidagi ahamiyati yanada chuqurroq tushuntirildi.

©️
UrDU Matbuot xizmati
🌐
Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | Ln | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2👏2👍1🔥1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#til_bayrami🇺🇿

⭐️Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti Xorijiy filologiya fakulteti talaba-yoshlarining bayram tuhfasi

©️
UrDU Matbuot xizmati
🌐
Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | Ln | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2🔥1
#til_bayrami

⚜️Til – millat koʻzgusi


Bugun Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti Ijtimoiy-iqtisodiy fanlar fakultetida talaba-yoshlar ishtirokida “Til – millat koʻzgusi” nomli ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.

Tadbirni fakultet dekani, i.f.d., professor I.Abdullayev ochib berib, ona tilimiz – o‘zbek tilining nufuzi, ijtimoiy hayotdagi o‘rni hamda milliy o‘zligimizni belgilovchi asosiy qadriyat ekanini ta’kidladi. Shuningdek, u yoshlar qalbida tilga mehr va ehtirom tuyg‘usini shakllantirish, uni asrab-avaylash va rivojlantirish yo‘lida amalga oshirilayotgan islohotlar haqida so‘z yuritib, barcha ishtirokchilarni 21-oktabr – O‘zbek tili bayrami kuni bilan samimiy tabrikladi.

Tadbir davomida talabalar ona tilimizni madh etuvchi she’rlar, sahna ko‘rinishlari va chiqishlar bilan bayram ruhini yanada yuksaltirishdi.

©️UrDU Matbuot xizmati
🌐
Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | Ln | YouTube
🔥31🥰1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Bayram_tabrigi

🌷Texnika fakulteti talabalari – turli tillarda, bir qalbdan!

O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilganining 36 yilligi munosabati bilan Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti Texnika fakulteti talabalari o‘ziga xos tarzda bayram tabrigini yo‘llashdi.


Talabalar ona tilimizga bo‘lgan hurmat va ehtiromlarini turli xorijiy tillarda ifoda etib, o‘zbek tilining jozibasi, xalqaro nufuzi va birlashtiruvchi kuchini tarannum etishdi.

©️UrDU Matbuot xizmati
🌐
Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | Ln | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍3🔥2👏21🕊1
2025/10/23 17:55:06
Back to Top
HTML Embed Code: