Telegram Web Link
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
📎Ona tili — millatning yuragi, xalqning ruhi!

🇺🇿21-oktabr – O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kun. Bu sana har bir yurtdoshimiz uchun faxr va iftixor manbai, o‘zligimizni, milliy g‘ururimizni tarannum etuvchi bayramdir.

🤎Ona tilimiz — tariximiz, madaniyatimiz va ma’naviyatimizni asrlar davomida asrab, avlodlar orasida bog‘lovchi muqaddas rishtadir.

Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti Filologiya va san’at fakulteti professor-o‘qituvchilari tomonidan o‘zbek tilining jozibasi, so‘z qudrati va ma’naviy boyligini madh etuvchi she’riy chiqish taqdim etildi.


🎊Bayramingiz muborak bo‘lsin, aziz yurtdoshlar!

©️UrDU Matbuot xizmati
🌐
Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | Ln | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👏6🎉3🥰1🕊1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
⚽️⚽️ Superliga | 26-TUR
🟡 Xorazm 🆚 Paxtakor 🟡
📌 Xorazm sport majmuasi
📅 23.10.2025
🕐 18:00

Ps: Chiptalarni stadion kassasidan harid qilishingiz mumkin.

Telegram Instagram Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍2
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Bayram_tabrigi

🇺🇿🎊21-oktabr — O‘zbek tili bayrami kuni

21-oktabr — O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kun
munosabati bilan Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti Xorijiy filologiya fakulteti 2301-guruh Gid hamrohligi va tarjimonlik faoliyati yo‘nalishi talabalari tomonidan ona tilimizga bag‘ishlab she’rlar ijro etildi.

Ona tilimiz — milliy g‘ururimiz, qalbimizga yaqin bebaho boyligimizdir. Tilga e’tibor — elga e’tibor!

©️UrDU Matbuot xizmati
🌐
Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | Ln | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥6😍2👏1🕊1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Bayram_tabrigi

🇺🇿🎊O‘zbek tili — davlat tili, millat faxri, xalq g‘ururi!

21-oktyabr — O‘zbek tili bayrami munosabati bilan Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti Yoshlar ittifoqi boshlang‘ich tashkiloti tashabbusi bilan “Ona tilim – millat faxrim!” shiori ostida maxsus videorolik tayyorlandi.

Davlat tili — bu millatning o‘zligini belgilovchi asosiy mezon, xalqning madaniyati va tafakkuri ifodasidir.

©️UrDU Matbuot xizmati
🌐
Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | Ln | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
4🔥1👏1😍1
#Bayram_tadbiri

🇺🇿 21-oktyabr — O‘zbek tili bayrami kuni!

Bugun, 21-oktabr kuni ona tilimiz – o‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilgangan sana munosabati bilan Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti huzuridagi Fizika-matematika va informatika fanlariga ixtisoslashtirilgan maktab o'quvchilari tomonidan bayram tadbiri tashkil etildi.

➡️ Tadbir davomida o‘quvchilar tilimizga bo‘lgan yuksak hurmatlarini she’rlar, sahna ko‘rinishlari, kuy-qo‘shiqlar va o‘z ijodiy chiqishlari orqali ifoda etdilar. Ular o‘zbek tilining boy tarixini, betakror go‘zalligini va xalqimiz hayotidagi muhim o‘rnini madh etishdi.

🎊 Til – millatning ruhi, qadriyatlar xazinasi.

©️UrDU Matbuot xizmati
🌐
Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | Ln | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2
Forwarded from Edu.uz
#qonunchilik_yangiliklari

Davlat organlarida rahbarning maʼnaviyat va davlat tili masalalari bo‘yicha maslahatchisi lavozimi joriy etiladi

Bu bo‘yicha Prezident qarori qabul qilindi.

Bu lavozim 2026-yil 1-yanvardan boshlab joriy etiladi.

Shuningdek:

ta’lim qardosh tillarda olib boriladigan umumiy o‘rta ta’lim tashkilotlari uchun o‘zbek tilini o‘rgatish bo‘yicha darsliklarning davriyligi asosida yangi avlodi yaratiladi;

2026-yildan boshlab maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalar uchun “Mening ilk izohli lug‘atcham” rasmli lug‘at kitobi yaratiladi;

bolalarga o‘zbek tilini o‘rgatish bo‘yicha zamonaviy animatsion video va audio mahsulotlar ishlab chiqiladi;

Alisher Navoiy nomidagi xalqaro o‘zbek tili olimpiadasi o‘tkazib boriladi. Bunda olimpiada g‘oliblari respublika OTMlarining “filologiya va tillarni o‘qitish: o‘zbek tili va adabiyoti” ta’lim yo‘nalishiga umumiy qabul kvotasidan tashqari davlat granti asosida o‘qishga qabul qilinadi;

“O‘zbekiston milliy qomusi” elektron shaklda tayyorlanadi va e’lon qilinadi;

✔️ o‘zbek tilini sun’iy intellekt yordamida qo‘llab-quvvatlashga xizmat qiladigan platforma ishlab chiqiladi.

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
3👍1
Forwarded from GETWORK KHOREZM (XBA)
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🎓Hurmatli Xorazm viloyatidagi oliy ta’lim muassasalari talabalari!

Yozgi ta’tilni foydali va unutilmas tarzda o‘tkazishni, Yevropaning go‘zal mamlakatlaridan biri — Bolgariyada ishlash va sayohat qilishni orzu qilasizmi? Unday bo‘lsa, aynan siz uchun ajoyib imkoniyat yaratildi!

2026-yilgi “Work and Travel Bulgaria” dasturiga qabul boshlandi!

Ushbu dastur orqali O‘zbekiston talabalari Bolgariya dengiz bo‘yidagi mashhur shaharlar — Varna, Burgas, Sozopol va boshqa turistik maskanlardagi yirik mehmonxona va dam olish maskanlarida amaliyot o‘tash va ishlab tajriba orttirish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.


✔️Dastur ishtirokchilari:
• Turar joy va ovqatlanish bilan ta’minlanadi
• Aviachiptalar dastur doirasida tashkil etiladi
• 3 oy davomida 1800 yevrodan 3500 yevrogacha daromad topish imkoniyatiga ega bo‘ladi

Bundan tashqari, siz Yevropa davlatida mustaqil hayot kechirish, xorijiy tajriba orttirish, yangi do‘stlar topish, ingliz tilini amalda qo‘llash va professional ko‘nikmalaringizni rivojlantirish imkoniga ega bo‘lasiz.

👉Shoshiling, qabul jarayoni boshlandi!
Qo‘shimcha ma’lumot uchun biz bilan bog‘laning.

📍 Manzil: Xorazm viloyati Urganch shahri Baynalminalchi ko'chasi 6-uy Monomarkaz binosi

📞 +998(78)555-11-66
📞 +998(88)626-11-66
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#til_bayrami

⚜️Urganch davlat universitetida O‘zbek tili bayrami tantanali nishonlandi


Bugun Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universitetida O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilganligining 36 yillik shodiyonasi munosabati bilan tantanali bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi.

Bayram tadbirini Xorazm viloyati hokimining o‘rinbosari, Oila va xotin-qizlar boshqarmasi boshlig‘i Nigora Kutlimuratova ochib berar ekan, o‘zbek tilining nufuzi va ijtimoiy hayotdagi o‘rni tobora yuksalib borayotganini ta’kidladi. U til siyosatini rivojlantirish, ona tilimizni asrab-avaylash hamda yoshlar ongida tilga hurmat tuyg‘usini mustahkamlash borasida viloyatda amalga oshirilayotgan islohotlarga to‘xtalib, barcha ishtirokchilarni bayram bilan samimiy muborakbod etdi.

Shuningdek, ona tilimizning jamiyat hayotidagi mavqeini yuksaltirish, davlat tilining to‘laqonli joriy etilishini ta’minlash yo‘lidagi fidokorona mehnati va tilshunoslik sohasiga qo‘shgan munosib hissasi uchun bir guruh professor-o‘qituvchilar Xorazm viloyati hokimining Faxriy yorlig‘i va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

Tadbirning badiiy qismida esa viloyatimizning taniqli san’atkorlari tomonidan milliy kuy va qo‘shiqlar ijro etildi.

©️
UrDU Matbuot xizmati
🌐
Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | Ln | YouTube
6🔥2👏2
#AI_study

“Bir million sun’iy intellekt yetakchilari” dasturi doirasida “AI Study” platformasi targ‘iboti o‘tkazildi

✔️Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universitetining Telekommunikatsiya texnologiyalari va Kompyuter injiniringi fakultetida “Bir million sun’iy intellekt yetakchilari” dasturi doirasida “AI Study” platformasini keng targ‘ib qilish maqsadida targ‘ibot tadbiri tashkil etildi.

Tadbirda Yoshlar akademiyasi platformasi lideri N. Boltayev hamda universitet lideri N. G‘anijanova talaba-yoshlar bilan uchrashib, “AI Study” platformasi imkoniyatlari va afzalliklari haqida batafsil ma’lumot berishdi.

Tadbir davomida talabalarga sun’iy intellekt tizimlari bilan ishlash bo‘yicha amaliy ko‘nikmalarni shakllantirish, etik me’yorlarga rioya etish, hamda generativ sun’iy intellekt texnologiyalarining zamonaviy vositalarini o‘zlashtirish imkoniyatlari haqida tushuntirishlar berildi. Shuningdek, dasturda talabalar, tadbirkorlar va texnologiyalarga qiziquvchi mutaxassislar ishtirok etishlari mumkinligi ta’kidlab o‘tildi.


🟠Bundan tashqari, aistudy.uz va omg.aistudy.uz platformalarida ro‘yxatdan o‘tish tartibi bo‘yicha amaliy ko‘rsatmalar ham berildi.

©️UrDU Matbuot xizmati
🌐
Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | Ln | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
3👍1
2025/10/23 16:32:00
Back to Top
HTML Embed Code: