Telegram Web Link
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#til_bayrami🇺🇿

⭐️Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti Xorijiy filologiya fakulteti talaba-yoshlarining bayram tuhfasi

©️
UrDU Matbuot xizmati
🌐
Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | Ln | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2🔥1
#til_bayrami

⚜️Til – millat koʻzgusi


Bugun Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti Ijtimoiy-iqtisodiy fanlar fakultetida talaba-yoshlar ishtirokida “Til – millat koʻzgusi” nomli ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.

Tadbirni fakultet dekani, i.f.d., professor I.Abdullayev ochib berib, ona tilimiz – o‘zbek tilining nufuzi, ijtimoiy hayotdagi o‘rni hamda milliy o‘zligimizni belgilovchi asosiy qadriyat ekanini ta’kidladi. Shuningdek, u yoshlar qalbida tilga mehr va ehtirom tuyg‘usini shakllantirish, uni asrab-avaylash va rivojlantirish yo‘lida amalga oshirilayotgan islohotlar haqida so‘z yuritib, barcha ishtirokchilarni 21-oktabr – O‘zbek tili bayrami kuni bilan samimiy tabrikladi.

Tadbir davomida talabalar ona tilimizni madh etuvchi she’rlar, sahna ko‘rinishlari va chiqishlar bilan bayram ruhini yanada yuksaltirishdi.

©️UrDU Matbuot xizmati
🌐
Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | Ln | YouTube
🔥31🥰1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Bayram_tabrigi

🌷Texnika fakulteti talabalari – turli tillarda, bir qalbdan!

O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilganining 36 yilligi munosabati bilan Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti Texnika fakulteti talabalari o‘ziga xos tarzda bayram tabrigini yo‘llashdi.


Talabalar ona tilimizga bo‘lgan hurmat va ehtiromlarini turli xorijiy tillarda ifoda etib, o‘zbek tilining jozibasi, xalqaro nufuzi va birlashtiruvchi kuchini tarannum etishdi.

©️UrDU Matbuot xizmati
🌐
Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | Ln | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍3🔥2👏21🕊1
🇺🇿Ona til – millat faxri, ma’naviyat ko‘zgusi!

Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universitetida O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilganining 36 yilligi munosabati bilan bir qator ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar tashkil etildi.


🟠Shu jumladan, Fizika-matematika fakultetining 3-kurs Amaliy matematika yo‘nalishi talabalari ishtirokida “Ona tilim — g‘ururim, faxrim” mavzusida uchrashuv o‘tkazildi. Tadbirda Urganch davlat pedagogika instituti litseyi o‘qituvchisi N.Abdullayeva, Urganch transport texnikumi o‘qituvchisi, UrDU magistranti M.Otajonova hamda Xonqa tumanidagi 18-son umumiy o‘rta ta’lim maktabi o‘qituvchisi, UrDU magistranti R.Suvonovalar ishtirok etib, ona tilining tarixiy ildizlari, boy ifoda imkoniyatlari va ma’naviy qudrati haqida suhbat olib bordilar.

🟠Shuningdek, Urganch davlat universiteti Axborot-resurs markazi xodimlari tomonidan ham bayramga bag‘ishlangan tadbir o‘tkazildi. Unda o‘zbek tilining nufuzi, uni asrab-avaylash va yosh avlod qalbida tilga hurmat tuyg‘usini mustahkamlash masalalari muhokama qilindi. Tadbir doirasida “Ona til – millat faxri” nomli kitob ko‘rgazmasi ham tashkil etilib, unda o‘zbek tili, adabiyoti va milliy qadriyatlarga oid asarlar namoyish etildi.

©️UrDU Matbuot xizmati
🌐
Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | Ln | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥1
2025/10/23 04:02:49
Back to Top
HTML Embed Code: