Telegram Web Link
Forwarded from Yoshlar.edu.uz
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Davlat_tili #Bag‘ishlov

🇺🇿O‘zbek tiliga Davlat tili maqomi berilganligining 36 yilligiga bag‘ishlanadi

✍️O‘zbek tili – millatlar qalbini birlashtiruvchi mehr tili!

Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universitetida tahsil olayotgan turli millat vakillari hamda faoliyat yuritayotgan xorijlik professor-o‘qituvchilar o‘zbek tiliga bo‘lgan samimiy hurmat va ehtiromini o‘zbek tilida aytilgan she’r orqali goʻzal tarzda ifoda etishdi.

Ushbu videolavha tilimizning jozibasi, xalqimizning mehmondo‘stligi va do‘stlik ko‘prigi ramzidir.

Bizni kuzating:

📱Instagram | 📺YouTube | 🕊Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥4
Forwarded from Edu.uz
Milliy o‘zligimiz timsoli bo‘lgan jonajon o‘zbek tilimiz yanada ravnaq topsin!

Prezident Shavkat Mirziyoyev O‘zbek tili bayrami munosabati bilan O‘zbekiston xalqiga bayram tabrigini yo‘lladi.

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
🔥53👏3😍1
#kun_hikmati

Hayotda yashash - ochiq dengizda suzishga o'xshaydi, harakatdan to'xtasang, cho'kishni boshlaysan.

©️UrDU Matbuot xizmati
🌐
Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | Ln | YouTube
👍521
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
📺📺📺📺📺

🆔 Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universitetida O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilganligining 36 yillik shodiyonasi munosabati bilan bo‘lib o‘tgan tantanali bayram tadbiri Xorazm telekanali orqali keng yoritildi.

©️UrDU Matbuot xizmati
🌐
Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | Ln | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Munosabat

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan davlat tilini har tomonlama rivojlantirish, uning ijtimoiy hayotdagi mavqeini mustahkamlash, o‘qitish tizimini takomillashtirish hamda zamonaviy texnologiyalar orqali qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan yangi qaror imzolandi.

🎤 Ushbu qaror yuzasidan Urganch davlat universiteti O‘zbek tilshunosligi kafedrasi dotsenti Shahnoza Aqmonova o‘z fikr-mulohazalarini bildirdi.

Uning chiqishi Xorazm telekanalining “Xorazm 24” yangiliklar dasturida efirga uzatildi.


©️UrDU Matbuot xizmati
🌐
Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | Ln | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2
#tanishing

✔️Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti Yoshlar yetakchilari

©️UrDU Matbuot xizmati
🌐
Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | Ln | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥2🕊1
💙💙💙

URDU TALABALARI DIQQATIGA!

📈 “KRIPTOLOGIYA” FAN OLIMPIADASIga taklif etamiz!

😁Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti Axborot xavfsizligi kafedrasi tomonidan tashkil etilayotgan mazkur olimpiada — bilim va tafakkur sinovdan o‘tkazish uchun ajoyib imkoniyat!

✔️Olimpiada barcha bakalavr va magistratura talabalari ishtirok etish imkoniga ega.

🎯 Eng bilimdon 3 nafar talaba olimpiadaning keyingi bosqichiga yo‘l oladi!

📅Sana: 27-oktabr, 2025-yil
📍 Joy: Kompyuter injiniring fakulteti, 2-zal
☎️ Qoʼshimcha maʼlumot uchun: +998 91 999 96 60
💡Agar sizni kriptografiya, axborot xavfsizligi va raqamli texnologiyalar qiziqtirsa — bu imkoniyat aynan siz uchun!

Ishtirok eting, bilimda raqobat qiling va g‘oliblar safidan joy oling!

©️UrDU Matbuot xizmati
🌐
Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | Ln | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
3👍2
🟦🟦🟦🟦🟦🟦🟦

UrDU professor-o'qituvchilari xorijda malaka oshirishmoqda


🇪🇸 2025-yil sentabr-oktabr oylarida UrDU Kimyoviy texnologiyalar fakulteti dekani Sherzod Kurambayev va Oziq-ovqat mahsulotlari texnologiyasi kafedrasi mudiri Mansur Rajabov Ispaniyaning Extremadura universitetida malaka oshirishdi.

🔬 Ushbu malaka oshirish safari Yevropa Ittifoqining ECAMPUZ loyihasi doirasida tashkil etilgan bo‘lib, ular Oziq-ovqat fani va texnologiyasi yo‘nalishida zamonaviy yondashuvlar, ilg‘or tajribalar va ta’lim metodikalari bilan yaqindan tanishdilar.

💦Malaka oshirish doirasida o‘zaro tajriba almashinuvi, laboratoriya mashg‘ulotlarida ishtirok hamda kelgusidagi hamkorlik aloqalarini mustahkamlash yuzasidan muhim kelishuvlarga erishildi.

©️UrDU Matbuot xizmati
🌐
Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | Ln | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥5👍31
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Suvni_birga_asraymiz
#Ijtimoiy_rolik

💧Har bir tomchi suv — hayot!

🇺🇿Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti Yoshlar ittifoqi boshlang'ich tashkiloti kordinatorlari va "Qalqon" guruhi a'zolari ishtirokida #SuvniBirgaAsraymiz heshtegi bilan chellenj tayyorlandi.

©️UrDU Matbuot xizmati
🌐
Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | Ln | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
3🔥1
🛡 Korrupsiyaga qarshi kurashni — o‘zimdan boshlayman!

Urganch davlat universiteti Ijtimoiy-iqtisodiy fanlar fakultetida "Korrupsiyaga qarshi kurashni -o'zimdan boshlayman" mavzusida uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Unda Korrupsiyaga qarshi kurashish "Komplayens-nazorat" tizimini boshqarish bo‘limi rahbari X.Shixova ishtirok etib, talabalar bilan ochiq muloqot olib bordi.

🤖 Uchrashuv davomida talabalar o‘rtasida akademik halollik tamoyillarini mustahkamlash, akademik va maishiy korrupsiya tushunchalari, ularning kelib chiqish sabablari hamda oldini olish yo‘llari haqida atroflicha ma’lumotlar berildi.

Shuningdek, universitetda joriy etilgan Komplayens-nazorat tizimi va uning faoliyati yuzasidan tushuntirishlar taqdim etildi.


©️UrDU Matbuot xizmati
🌐
Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | Ln | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥2👍1
#Dual_ta’lim

Urganch davlat universitetida — ta’lim va ishlab chiqarish integratsiyasi


😁Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universitetida zamonaviy dual ta’lim tizimi asosida dars jarayonlari tashkil etilmoqda. Endilikda talabalarga nafaqat nazariy bilim, balki real ishlab chiqarish muhiti orqali amaliy tajriba ham berilmoqda.

2025/2026-o‘quv yilidan boshlab “Yengil sanoat texnologiyalari va jihozlari” kafedrasi filiali O‘zbekiston to‘qimachilik va yengil sanoatining yetakchi korxonalaridan biri — “Urganch Bahmal” MChJ bazasida faoliyatini boshladi.

Bu yangi bosqichda talabalarga universitetda nazariy darslar, korxonada esa amaliy mashg‘ulotlar tashkil etilib, o‘qish va mehnat jarayoni uzviy bog‘langan shaklda olib borilmoqda.

Dual ta’lim dasturi doirasida:
— ikki va uch tomonlama shartnomalar imzolandi;
— zamonaviy o‘quv rejalari ishlab chiqildi;
— ishlab chiqarish muhitida o‘qitish tizimi amaliyotga joriy qilindi.


Bu tashabbus natijasida yoshlar o‘z mutaxassisligining haqiqiy muhitida tajriba orttirib, mehnat bozoriga tayyor kadrlar sifatida yetishib chiqadilar.

💡 Dual ta’lim — kelajak kasbiy muvaffaqiyatining kaliti!

Batafsil: https://urdu.uz/uz/news/5253

©️UrDU Matbuot xizmati
🌐
Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | Ln | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
5👍2🔥1
2025/10/23 07:54:01
Back to Top
HTML Embed Code: