Telegram Web Link
🪶Milliy liboslar — milliy qadriyatlarimiz ramzi!

🟠Bugun, 22-oktabr kuni Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti Filologiya va san’at fakultetida “Milliy liboslar — milliy qadriyatlarimiz ramzi” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi.

🟠Tadbirda UrDU Xotin-qizlar maslahat kengashi raisi N.Otajonova hamda Filologiya va san’at fakulteti Xotin-qizlar masalalari bo‘yicha dekan maslahatchisi Sh.Aqmanova mehmon sifatida ishtirok etib, milliy qadriyatlar, ularning zamonaviy hayotimizdagi o‘rni hamda yoshlarni milliy an’analar ruhida tarbiyalash masalalari yuzasidan o‘z fikrlarini bildirdilar.

🟠Tadbir davomida yoshlarga milliy liboslarning ma’nosi, ularning ajdodlarimiz hayot tarzidagi o‘rni hamda bugungi kunda milliylik va zamonaviylik uyg‘unligini saqlashning ahamiyati haqida tushunchalar berildi.

🟠Talaba-yoshlarning badiiy chiqishlari hamda milliy liboslar namoyishi ham tadbirdan oʻrin oldi.

©️UrDU Matbuot xizmati
🌐
Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | Ln | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
4🔥2👍1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Intervyu 24 | Milliy o'zligimiz timsoli bo'lgan o'zbek tili yanada ravnaq topmoqda

📺Urganch davlat universiteti O‘zbek tilshunosligi kafedrasi dotsenti Shahnoza Aqmonova o‘z fikr-mulohazalari "O‘zbekiston24" telekanalida efirga uzatildi.

©️UrDU Matbuot xizmati
🌐
Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | Ln | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2👍2👏1
#TTJ_oqshimi

Xorijiy filologiya fakultetida ma'naviy ma'rifiy tadbirlar oʻtkazilmoqda

Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti 2-sonli talabalar turar joyida Xorijiy filologiya fakulteti tomonidan “Erta turmushni oldini olish” mavzusida uchrashuv o‘tkazildi. Tadbirda universitet psixologlari Sh.Madraximova va Sh.Ibodullayeva ishtirok etishdi.

Uchrashuv davomida erta turmushning salbiy oqibatlari, yoshlarning hayotiy rejalari va psixologik tayyorgarlik masalalari atroflicha muhokama qilindi. Shuningdek, talabalar o‘rtasida “Zakovat” intellektual o‘yini ham tashkil etilib, talabalarning bo'sh vaqtlarini mazmunli oʻtkazildi. 

©️UrDU Matbuot xizmati
🌐
Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | Ln | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
5👍1
#TTJ_oqshomi

“Kitob – bilim manbai” shiori ostida davra suhbati o‘tkazildi

👍Joriy yilning 22-oktabr sanasida Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti Tabiiy va qishloq xo‘jaligi fanlari fakultetida Yoshlar ishlari bo‘yicha dekan o‘rinbosari J.Xayitov hamda tyutor F.Kuranboyeva tomonidan Axborot-resurs markazida talabalar bilan “Kitob – bilim manbai” shiori ostida davra suhbati tashkil etildi.

Tadbir davomida kitob o‘qishning inson tafakkuri va ma’naviy kamolotidagi o‘rni haqida so‘z yuritildi. Ta’kidlanganidek, kitob o‘qish – bu nafaqat vaqt o‘tkazish, balki o‘zini himoya qilishning eng samarali yo‘lidir. Shuningdek, o‘qigan insonni na vaqt, na muammo to‘xtata olmasligi qayd etildi.

Uchrashuv yakunida talabalar har kuni, hech bo‘lmaganda bir sahifa bo‘lsa ham kitob o‘qish odatini shakllantirish zarurligi borasida foydali tavsiyalar oldilar.

©️UrDU Matbuot xizmati
🌐
Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | Ln | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
7💯1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#TTJ_oqshomi

Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti talabalar turar joyida kechki payt yoshlarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish, ularning ijodiy va jismoniy faolligini oshirish maqsadida qator ma’naviy-ma’rifiy hamda sport tadbirlari tashkil etildi.

©️UrDU Matbuot xizmati
🌐
Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | Ln | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
7👏21
2025/10/23 02:11:58
Back to Top
HTML Embed Code: