Telegram Web Link
#Bandlik

Texnika fakulteti bitiruvchilari va ish beruvchilar o'rtasida uchrashuv bo'lib o'tdi


Bugun, 24-oktabr kuni Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universitetida Texnika fakulteti bitiruvchi bosqich talabalari hamda bir qator tashkilot va korxona vakillari ishtirokida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Unda “AJ-UZ-SAEMyung Ko.” O‘zbekiston–Janubiy Koreya qo‘shma korxonasi, “Elyor Engineer of the Future” MCHJ, Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Kadastr agentligi Xorazm viloyati boshqarmasi hamda “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ Xorazm magistral elektr tarmoqlari filiali vakillari ishtirok etdi.


🟠 Uchrashuv davomida talabalarga sohadagi mavjud ish o‘rinlari, ishlab chiqarish amaliyoti imkoniyatlari hamda korxonalarning kadrlar siyosati haqida batafsil ma’lumot berildi. Shuningdek, bitiruvchilarni mehnat bozoriga tayyorlash va oliy ta’lim bilan ishlab chiqarish o‘rtasidagi hamkorlikni yanada mustahkamlash masalalari muhokama qilindi.

🟠 Mazkur uchrashuv talabalarning amaliy bilim va ko‘nikmalarini boyitish, shuningdek, ularning kelgusidagi kasbiy faoliyatiga yo‘naltirishda muhim ahamiyat kasb etdi.

©️UrDU Matbuot xizmati
🌐
Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | Ln | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🕊3🔥1
🟦🟦🟦

🌸 Milliyligim – faxrim

Bugun Xorijiy filologiya fakulteti talaba-yoshlari ishtirokida milliy qadriyatlarimiz va urf-odatlarimizni keng targ‘ib etishga bag‘ishlangan "Milliyligim – faxrim" shiori ostida ma'naviy-ma'rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi. Tadbir universitet Axborot-resurs markazi xodimlari hamda fakultet tyutorlari hamkorligida tashkil etildi.

Tadbir davomida talaba-yoshlar tomonidan sahna ko‘rinishlari, she’r va qo‘shiqlar, milliy qadriyatlarimizni aks ettiruvchi chiqishlar ijro etildi. Tadbir ishtirokchilari milliy g‘urur, Vatan va xalqimizning boy madaniy merosi haqida iliq fikrlar bildirib, o‘z ijodiy salohiyatlarini namoyish etishdi.


🟠 Tadbir yakunida faol ishtirok etgan talabalarga esdalik sovg‘alari hamda faxriy yorliqlar topshirildi.

©️UrDU Matbuot xizmati
🌐
Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | Ln | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
17🕊10😍9🔥8👍7
2025/10/27 03:06:27
Back to Top
HTML Embed Code: