Telegram Web Link
📰 Talabamiz maqolasi respublika nashrida!

Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universitetining 90 yilligi munosabati bilan “Ezgulik” respublika gazetasining bosh muqovasida Filologiya va san’at fakulteti 3-bosqich talabasi Mahfuza Madaminovaning “Muvaffaqiyatlar maskani” nomli publisistik maqolasi chop etildi.

🖋 Maqolada muallif o‘zining muvaffaqiyat sari intilishlari, talabalik davridagi izlanishlari hamda bu yo‘lda universitet – bilim va imkoniyatlar maskani sifatida tutgan o‘rni haqida samimiy fikrlarini bayon etgan.

Bu kabi yutuqlar Urganch davlat universiteti yoshlarining intellektual salohiyati, ijodkorlik ruhi va yuksak ma’naviy saviyasidan dalolat beradi.

©️UrDU Matbuot xizmati
🌐
Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | Ln | YouTube
17😍7👏6🕊1
#Plogging

🌿 Toza hudud — sog‘lom hayot!


O‘zbekiston Ekologik partiyasi Xorazm viloyat Kengashi tashabbusi bilan, Viloyat Yoshlar ishlari agentligi hamda O‘zbekiston Mahallalari uyushmasi Xorazm viloyat boshqarmasi hamkorligida Urganch shahrida “Toza hudud — sog‘lom hayot!” shiori ostida plogging aksiyasi tashkil etildi.

➡️Tadbirda Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti Ekologiya va hayot faoliyati xavfsizligi kafedrasi mudirasi S.Babajanova boshchiligida kafedra oʻqituvchilari hamda 221-, 222-, 223-guruh ekologiya yo‘nalishi talabalari faol ishtirok etishdi.

🌱Aksiya davomida ishtirokchilar shaharning turli hududlarini tozalab, aholiga ekologik madaniyatni oshirish borasida targ‘ibot-tashviqot ishlarini olib bordilar.

Bunday tashabbuslar atrof-muhitni asrash, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etish va yoshlarning ekologik mas’uliyatini oshirish yo‘lida muhim ahamiyat kasb etadi.

📰 https://uza.uz/uz/posts/toza-hudud-soglom-hayot_775056

©️UrDU Matbuot xizmati
🌐
Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | Ln | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥4👍3
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Bandlik
#Talabaga_qulaylik

Talabadan mutaxassisgacha: Texnika fakulteti bitiruvchilari bandligini ta’minlashga qaratilgan uchrashuv bo'lib o'tdi

Bugun Texnika fakulteti bitiruvchi bosqich talabalari uchun bir qator tashkilot va korxona vakillari ishtirokida uchrashuv tashkil etildi. Tadbirda “AJ-UZ-SAEMyung Ko.” O‘zbekiston–Janubiy Koreya qo‘shma korxonasi, “Elyor Engineer of the Future” MCHJ, Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Kadastr agentligi Xorazm viloyati boshqarmasi hamda “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ Xorazm magistral elektr tarmoqlari filiali masʼullari ishtirok etishdi.


©️UrDU Matbuot xizmati
🌐
Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | Ln | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍5👏2🎉2
#Work_and_travel

🌍 Xalqaro tajriba — kelajak muvaffaqiyatining garovi!

Bugun Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universitetida "GETWORK" xususiy bandlik agentligining Xorazm viloyati filiali bilan hamkorlikda talaba-yoshlar uchun xorijda amaliyot o‘tash va xalqaro tajriba orttirish imkoniyatlariga bag‘ishlangan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda Filologiya va san’at, Fizika-matematika, Sport faoliyati, Pedagogika va psixologiya hamda Kimyoviy texnologiyalar fakultetlari talabalari ishtirok etishdi.

Uchrashuv davomida “Work and Travel” xalqaro dasturining mazmuni, afzalliklari hamda xorijda ishlash va amaliyot o‘tash jarayonlari haqida batafsil ma’lumotlar berildi.

✈️ Mazkur tashabbus yoshlarning kasbiy salohiyatini oshirish, xorijiy tajriba orttirish va kelajak karyerasi uchun mustahkam zamin yaratishda muhim qadam bo‘ldi.

©️UrDU Matbuot xizmati
🌐
Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | Ln | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
3
#umummilliy_diktant

✍️Bugun mamlakatimiz bo‘ylab O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 20-oktabrdagi “Davlat tilini yanada rivojlantirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 308-sonli qarori ijrosini ta’minlash maqsadida ommaviy diktant marafoni bo‘lib o‘tdi.

Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universitetida ham mazkur marafon yuqori saviyada tashkil etildi. Unda rahbariyat, universitetning barcha fakultet jamoalari hamda talabalarning faol ishtiroki kuzatildi. Diktant jarayonida ishtirokchilar uchun qulay sharoitlar yaratildi, topshiriqlar davlat tili me’yorlariga muvofiq tayyorlandi.

🎊Jarayonlar yakunida Filologiya va san’at fakulteti jamoasining faol ishtiroki uchun fakultet dekani D.G‘ayipov hamda talabalar faxriy yorliq va esdalik sovgʻalari bilan taqdirlandi.

©️UrDU Matbuot xizmati
🌐
Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | Ln | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
5🕊3👏2👍1
2025/10/27 06:58:20
Back to Top
HTML Embed Code: