Telegram Web Link
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#TTJ_oqshomi
#Tashrif
#Yoshlar_ittifoqi

🇺🇿Kecha, 24-oktabr kuni O'zbekiston Yoshlar ittifoqi Xorazm viloyati Kengashi raisi Dilshod Atamuratov Urganch davlat universitetiga tashrif buyurib, Talabalar turar joylarida yashovchi talabalarning yashash sharoiti, "QALQON" jamoasi faoliyati hamda talabalarning bo'sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish uchun o'tkazilayotgan to'garak va tabirlar bilan yaqindan tanishdi.

Ushbu kungi tadbirlar doirasida "Zakovat" intellektual o'yini, shaxmat-shashka musobaqasi hamda tikuvchilik to'garagi a'zolari bilan bevosita suhbat o'tkazildi.

Uchrashuv yakunida Yoshlar ittifoqi Xorazm viloyati Kengashi raisi hamda talabalar birgalikda yosglar uchun tarbiyaviy ahamiyatga ega film tomosha qilindi.

©️UrDU Matbuot xizmati
🌐
Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | Ln | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
4👍3🕊2
🇺🇿25-oktabr - Ichki ishlar organlari xodimlari kuni!

Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti jamoasi mamlakatimizda jamoat xavfsizligi, xalqimiz osoyishtaligini ta’minlash, tinchlik va barqarorlikni mustahkamlash yo‘lida xizmat olib borayotgan barcha soha xodimlarini kasb bayrami bilan qizg‘in muborakbod etadi!

Fuqarolarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini, jismoniy va yuridik shaxslarning mulkini, konstitutsiyaviy tuzumni himoya qilish, qonun ustuvorligini, shaxs, jamiyat va davlatning xavfsizligini ta’minlashda kuch-quvvat va ulkan zafarlar tilaymiz!

🎊Hurmatli ichki ishlar organlari xodimlari, sharafli va masʼuliyatli kasbingizda hamisha muvaffaqiyat yor bo‘lsin. Bayramingiz muborak bo‘lsin.

©️UrDU Matbuot xizmati
🌐
Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | Ln | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥31🥰1👏1🎉1
🌎Milliy qadriyatlar — ma’naviyatimizning ko‘zgusi!

Bugun Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti Fizika-matematika fakultetida “Milliy qadriyatlar — millat ma’naviyatining ko‘zgusi” mavzusida davra suhbati tashkil etildi.

Tadbirda Sport faoliyati, pedagogika va psixologiya fakultetining Pedagogika va psixologiya kafedrasi katta o‘qituvchisi E.Iskandarov mehmon sifatida ishtirok etib, milliy qadriyatlarimizning jamiyat ma’naviyatini yuksaltirishdagi o‘rni, yoshlar tarbiyasidagi ahamiyati va ularni asrab-avaylash zarurati haqida o‘z fikrlarini bildirdi.

Suhbat davomida talabalar milliy urf-odatlar, qadriyatlar hamda ularning bugungi hayotimizdagi ahamiyati haqida qiziqarli mulohazalar bilan o‘rtoqlashdilar.

©️UrDU Matbuot xizmati
🌐
Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | Ln | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
4
#Ochiq_eshiklar_kuni

🧠Mahalla yoshlari uchun "Ochiq eshiklar kuni" tashkil etildi

Bugun Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti Tabiiy va qishloq xo‘jaligi fanlari fakulteti tashabbusi bilan mahalla yoshlari uchun “Ochiq eshiklar kuni” tadbiri tashkil etildi.

Tadbir doirasida Urganch shahar 6-son umumiy o‘rta ta’lim maktabi 11-sinf o‘quvchilari sinf rahbari M.Niyazmetova boshchiligida universitetga tashrif buyurdilar. Shuningdek, 3-MFY “Nuroniy” mahallasi raisi X.Tojiyev ham tadbirda ishtirok etdi.

Mehmonlarga fakultet tyutori R.Matchonov tomonidan universitetda talaba-yoshlar uchun yaratilgan barcha sharoitlar bilan yaqindan tanishtirdi.

Tadbir yoshlar uchun universitet hayoti bilan yaqindan tanishish, o‘z kelajak kasbini tanlashda to‘g‘ri yo‘nalish olishda muhim ahamiyat kasb etdi.

©️UrDU Matbuot xizmati
🌐
Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | Ln | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
3🔥1
#Ilmiy_amaliy_anjuman

Bugun Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universitetida “Zamonaviy va qiyosiy tilshunoslik, chog‘ishtirma adabiyotshunoslik, tarjimashunoslik masalalari” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjumanning ikkinchi kuni o‘z ishini davom ettirdi.

🟠 Anjumanda respublikaning turli oliy ta’lim muassasalari hamda xorijiy mamlakatlardan professor-o‘qituvchilar, ilmiy izlanuvchilar va yosh tadqiqotchilar ishtirok etdi. Shuningdek, joriy yilning 25-oktabr 4-noyabr kunlari universitetda tashkil etilayotgan “Xitoy tili ta’limi” yo‘nalishida maktabida ishtirok etish uchun Xitoydan tashrif buyurgan Gansu qishloq xo‘jaligi universiteti dotsenti Wang Xiaomei, ilmiy tadqiqotchi Liu Xinyu hamda bir guruh talabalari ham konferensiyada ishtirok etdi.

Anjumanning sho‘baviy yig‘ilishlarida quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha dolzarb masalalar muhokama qilindi:
🔶 “Qiyosiy adabiyotshunoslikning muammolari”;
🔶 “Badiiy-ilmiy adabiyot va madaniyatlararo muloqotda tarjimaning roli”;
🔶 “Til ta’limida lingvodidaktik yondashuvlar”.


Mazkur anjuman tilshunoslik, adabiyotshunoslik va tarjimashunoslik sohalarida ilmiy hamkorlikni kengaytirish, tajriba almashish va yangi ilmiy g‘oyalarni ilgari surish uchun muhim ilmiy-amaliy ahamiyatga ega bo‘ldi.

©️UrDU Matbuot xizmati
🌐
Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | Ln | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
9👍3🔥1😍1
2025/10/31 12:41:53
Back to Top
HTML Embed Code: