“TalabaExpo–2025” kasb ko‘rgazmasi – yoshlarga keng imkoniyatlar eshigini ochmoqda!
Bugun Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universitetida bitiruvchi talabalarning bandligini ta’minlashga qaratilgan “TalabaExpo–2025” kasb ko‘rgazmasi doirasida muhim uchrashuvlar va tashabbuslar amalga oshirildi.
Tadbir doirasida Xorazm viloyatidagi oliy ta’lim muassasalari rektorlari ishtirokida ochiq muloqot bo‘lib o‘tdi. Ular bitiruvchi yoshlar uchun yaratilayotgan imkoniyatlar, ularni mehnat bozoriga moslab tayyorlash, shuningdek, universitet va ish beruvchilar o‘rtasidagi hamkorlikni mustahkamlash masalalari yuzasidan o‘z fikr-mulohazalarini bildirdilar.
Ko‘rgazmada turli tashkilot va korxonalar, davlat va nodavlat ish beruvchilar, startap loyihalar vakillari ishtirok etib, talabalar bilan yuzma-yuz suhbatlashdilar, amaliy ish va stajirovka imkoniyatlari bilan tanishtirdilar.
Uchrashuv yakunida barcha faol ishtirok etgan talaba-yoshlar munosib taqdirlandi.
©️UrDU Matbuot xizmati
🌐 Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | Ln | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍3❤2
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Bugun Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universitetida bitiruvchi talabalarning bandligini ta’minlashga qaratilgan “TalabaExpo–2025” kasb ko‘rgazmasi tashkil etildi.
Tadbirda viloyatdagi barcha oliy ta’lim muassasasi talabalari va bitiruvchilari – jami 10 ming nafardan ortiq yoshlar ishtirok etmoqda. Ular uchun 130 dan ziyod yirik ish beruvchi tashkilotlar tomonidan 1300 dan ortiq bo‘sh ish o‘rinlari, shu jumladan amaliyot va stajirovka imkoniyatlari taklif qilinmoqda.
©️UrDU Matbuot xizmati
🌐 Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | Ln | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤1⚡1🔥1
Forwarded from O'zbekiston 24 ǀ Rasmiy kanal
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Edu.uz
“Talaba Expo – 2025” doirasida talabalarga startap g‘oyalarini moliyalashtirish uchun 500 milliondan 1 milliard so‘mgacha bo‘lgan vaucherlar topshirildi
Bugun Urganch shahrida tashkil etilgan “Talaba Expo – 2025” kasb ko‘rgazmasi doirasida bitiruvchi yoshlar uchun “Kelajakka qadam” seminar-treningi o‘tkazildi. Tadbirda mehnat bozoridagi talablar, startap g‘oyalarni ilgari surish, biznes-reja tuzish va tadbirkorlikni yo‘lga qo‘yish masalalari muhokama qilindi.
Shuningdek, “O‘zmilliybank” AJ tomonidan bitiruvchi yoshlar bandligini ta’minlashga qaratilgan loyihalar taqdim etildi.
Yakunda “Kelajakka qadam” dasturi doirasida talabalarning 6 ta istiqbolli startap g‘oyalari moliyalashtirishga tavsiya etilib, ularga 500 milliondan 1 milliard so‘mgacha bo‘lgan vaucherlar topshirildi.
Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/93671
#TalabaExpo2025 #KelajakkaQadam #OliyTaʼlim #YoshlarStartapi #Xorazm
Bizni kuzating
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤1