Telegram Web Link
“Xavfsiz ijara” shiori ostida ijara xonadonlarga tashrif

21-oktyabr kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti psixologi Z.T. Xayrullayeva, profilaktika inspektori S. Sherboyev, shuningdek Ingliz tili birinchi fakulteti tyutorlari M. Kenjayeva va D. Xurramova tashabbusi bilan “Xavfsiz ijara” shiori ostida ijara xonadonlarga tashrif amalga oshirildi.

Tashrifning asosiy maqsadi — talabalarga ijara shartlari, huquqiy jihatlar hamda shaxsiy xavfsizlikka oid muhim ma’lumotlarni yetkazish, shuningdek, ijara xonadonlaridagi yashash sharoitlari, ehtiyot choralari va mavjud muammolarni o‘rganishdan iborat bo‘ldi.

Psixolog Z.T. Xayrullayeva talabalarga ruhiy salomatlikni saqlash, stress va tashvishlarni kamaytirish bo‘yicha foydali tavsiyalar berdi. Shuningdek, profilaktika inspektori S. Sherboyev ijtimoiy xavfsizlik va huquqiy masalalar yuzasidan tushuntirish ishlarini olib bordi.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍21
Forwarded from Ingliz filologiyasi fakulteti (Sherzodbek Zokirov)
🇺🇿 O'zDJTU 🇺🇿 Ingliz filologiyasi fakultetida “Milliy tarix va qadriyatlar” mavzusida davra suhbati

Ingliz filologiyasi fakultetida axborot-resurs markazi bo‘lim boshlig‘i M.Muhemmadjanova hamda tyutor B.Mirsagatov ishtirok “Milliy tarix va qadriyatlar” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi.

Tadbirda yoshlar bilan milliy tariximiz, boy madaniy merosimiz va qadriyatlarimizning bugungi kundagi o‘rni haqida suhbatlashdilar.

🗓 Talabalar o‘z fikr va mulohazalarini bildirdilar, milliy o‘zlikni anglash va qadriyatlarni asrab-avaylash borasida foydali ma’lumotlarga ega bo‘ldilar.

Rasmiy sahifalarimiz:

📱 Telegram | 📱 Instagram
📱 Youtube | 📱 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍31
🇺🇿O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kunga bag‘ishlab ma’naviy-ma’rifiy tadbir!

21-oktabr — O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kun munosabati bilan O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti Xalqaro jurnalistika fakulteti talabalari tomonidan Adiblar xiyobonida ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.

📚Tadbirning asosiy maqsadi yoshlar ongida ona tilimizga bo‘lgan faxr, hurmat va mehr tuyg‘ularini yanada mustahkamlash, o‘zbek tilining jahon miqyosidagi nufuzini yoritishdan iborat bo‘ldi.

🎙 Tadbir davomida talabalar davlat tili, milliy qadriyatlar, o‘zbek adabiyoti va madaniy merosi haqida o‘z fikr-mulohazalarini bildirishdi. Shuningdek, she’rlar, badiiy chiqishlar, sahna ko‘rinishlari va interaktiv savol-javoblar orqali o‘zbek tiliga bo‘lgan ehtirom va g‘urur yuksak ruhda namoyon etildi.

Tadbir ishtirokchilari “Til — millatning ruhi” shiori ostida o‘zbek tilining jozibasi, boyligi va ifoda imkoniyatlarini keng targ‘ib qilishdi.

Bu kabi tashabbuslar yoshlarning ma’naviy dunyosini boyitish, ularni ona tilini qadrlash va ardoqlashga undashda muhim ahamiyat kasb etadi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring:
🕊Telegram |📸Instagram |📺YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2👍2
Forwarded from ZAMON | RASMIY
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
12:00  21.10.2025

Oʻzbek tili – dunyodagi qadimiy, goʻzal va boy tillardan biri

#Toshkent

muxbir: Mo‘tabar Nurmuhammedova

https://www.tg-me.com/zamon_lavhalar
4
📢🟦🟦🟦🟦🟦

💼 Sizni “Mehnat yarmarkalari va tanishuv uchrashuvlari” tadbiriga taklif etamiz!

📅 Sana: 23-oktyabr 2025-yil

Vaqt: 10:00

📍Joy: O‘zDJTU bosh binosi

📌Manzil: Toshkent shahri, Kichik Halqa yo‘li ko‘chasi, G9-A, 21-uy

🌍 Lokatsiya (Google xarita): https://maps.app.goo.gl/G4U7EbyLwZfkEbiD6

Tadbir maqsadi:

Bitiruvchi talabalarni ish bilan ta’minlash
Ish beruvchilar bilan bevosita tanishuv imkonini yaratish
Amaliyot va ish imkoniyatlarini kengaytirish

Tadbirda turli ta’lim markazlari, tashkilotlar, korxonalar va ish beruvchilar ishtirok etadi.
Talabalar o‘z sohalariga mos ish yoki amaliyot joyini topish imkoniyatiga ega bo‘ladilar!

Imkonni qo‘ldan boy bermang — o‘z karyerangizni bugundan boshlang!

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍2🎉1
📚 2025-yil 20-oktabr kuni Ingliz filologiyasi fakulteti, Ingliz tili nazariy fanlar kafedrasi o‘qituvchisi S. Mannonova hamda 4-bosqich talabalari N. Rustamova va S. Boynazarova tomonidan Uchtepa tumanidagi 283-maktabda “Xorijiy tillarni rivojlantirish va o‘qitish” markazi doirasida navbatdagi ingliz tili to‘garagi mashg‘uloti o‘tkazildi.

🎯 Dars “Creative Project: Travel Blogging – Sharing Adventures Online” mavzusida bo‘lib, unda o‘quvchilar ingliz tilida sayohatlar, yangi joylar va turli madaniyatlar haqida blog yozish bo‘yicha o‘z g‘oyalari va tajribalari bilan o‘rtoqlashdilar.

💻 Ushbu ijodiy loyiha orqali ishtirokchilar ijodkorlik, raqamli savodxonlik va nutq madaniyatini rivojlantirish ko‘nikmalarini yanada mustahkamlashdi.

🌎 Dars davomida o‘quvchilar nafaqat til ko‘nikmalarini oshirishdi, balki o‘z hayotiy tajribalarini ingliz tilida ifoda etish orqali global dunyoqarashni ham kengaytirdilar.

Rasmiy sahifalarimiz:
📱 Telegram | 📱 Instagram
📱 Youtube | 📱 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍32
2025/10/22 13:27:41
Back to Top
HTML Embed Code: