Forwarded from Ingliz tili 1-fakulteti | OʻzDJTU
OʻzDJTU Umumiy tilshunoslik kafedrasi oʻqituvchisi Xoʻjayev Dilshod tomonidan 1-Ingliz fakulteti FING yoʻnalishi 2501–2502-guruh talabalari uchun 21-oktabr kuni “Til va madaniyat mushtarakligi” mavzusida ilmiy toʻgarak doirasida amaliy suhbat oʻtkazildi. Tadbir Amir Temur muzeyida boʻlib oʻtdi.
✨ Suhbatda til va madaniyatning uzviy bogʻliqligi, milliy oʻzlikni anglashdagi tildan foydalanish, madaniy merosni asrashda nutq madaniyatining oʻrni haqida soʻz yuritildi. Muzeydagi eksponatlar va Amir Temur siymosi haqidagi maʼlumotlar talabalarda milliy gʻurur uygʻotdi.
Xoʻjayev Dilshod tilning inson tafakkurini shakllantiruvchi va madaniyatni avlodlarga yetkazuvchi kuch ekanini badiiy misollar hamda zamonaviy tilshunoslik yondashuvlari orqali yoritdi. Talabalar oʻz fikrlarini bildirib, turli tillardagi madaniy unsurlarni solishtirish orqali lingvokulturologiyaga qiziqish bildirishdi.
📚 Mazkur suhbat yoshlar ongida “Til va madaniyat mushtarakligi — millat ruhining ifodasi” degan tushunchani yanada mustahkamladi.

❤6👍1🤩1
Forwarded from Ingliz filologiyasi fakulteti (Sherzodbek Zokirov)
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍3❤2
Forwarded from Ingliz tili 1-fakulteti | OʻzDJTU
📌 OʻzDJTU va Indoneziya Taʼlim Universiteti o‘rtasida hamkorlik
2025-yil 20-oktabr kuni Oʻzbekiston davlat jahon tillari universitetiga Indoneziya Taʼlim Universiteti (Universitas Pendidikan Indonesia, UPI) vakillari tashrif buyurdi. Uchrashuvda Xalqaro boʻlim boshligʻi X. Yuldashev, Ingliz tili 1-fakulteti dekani G.Ergasheva, shuningdek, UPI xalqaro boʻlim boshligʻi prof. Eri Kurniawan va Scopus bazasida indekslangan "Indonesian Journal of Applied Linguistics" jurnalining bosh muharriri, Nita Noriko ishtirok etdilar.
Tomonlar ikki universitet o‘rtasida quyidagi yo‘nalishlarda hamkorlik qilishga kelishib oldilar:
✅ Talabalar va professor-o‘qituvchilar almashinuvi;
✅ Qo‘shma ilmiy-tadqiqot loyihalari;
✅ Malaka oshirish dasturlari va seminarlar;
✅ Taʼlim sifatini oshirish.
Ushbu uchrashuv OʻzDJTU va UPI o‘rtasidagi aloqalarni yanada mustahkamlash, hamda ilmiy, taʼlimiy va madaniy sohalarda barqaror hamkorlikni rivojlantirishga xizmat qiluvchi muhim qadam sifatida baholandi.
❤6🔥3👍2👏2
Forwarded from Xalqaro jurnalistika fakulteti
21-oktabr — O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kun munosabati bilan O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti Xalqaro jurnalistika fakultetida bayramona muhitda
Tadbir fakultet dekani A. Matyakubov, dekan muovini D. Xoshimova hamda xotin-qizlar masalalari bo‘yicha dekan maslahatchisi D. Fayziyeva hamda tyutorlar boshchiligida o‘tkazildi.
Mazkur musobaqa nafaqat ma’naviy-ma’rifiy ahamiyatga ega bo‘ldi, balki talabalar o‘rtasida do‘stlik, jamoaviylik va ijodiy muhitni mustahkamladi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring:
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤4👍3