Telegram Web Link
🟦🟦🟦🟦🟦🟦🟦

🇺🇿 Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti rektori I. Tuxtasinov va Sharq filologiyasi fakulteti dekani D. Djurayev bilan birgalikda "KOICA" ning 30 yilligi munosabati bilan oʻtkazilayotgan tadbirga tashrif buyurishdi.

Bugungi kunda Sharq filologiyasi fakultetida KOICA tomonidan berilgan loyiha ishlari amalga oshirilmoqda. Shuningdek, fakultetda jami 14 nafar Koreyadan kelgan volontiyorlar oʻz faoliyatini olib borishmoqda.

Shu kabi loyihalar orqali talabalar koreys tili va Koreya madaniyatini yanada chuqurroq oʻrganish imkoniyatiga ega boʻlishadi.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda 👇🏻
Telegram|Instagram|Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
5👍2🔥1👏1🎉1🤩1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
O’zbek tilim omon bo’l mangu

09:00 21.10.2025

😎 Telegram 😎 Instagram ▶️ Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
10👍1🔥1👏1🎉1🤩1
Forwarded from ZAMON | RASMIY
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
12:00  21.10.2025

Oʻzbek tili – dunyodagi qadimiy, goʻzal va boy tillardan biri

#Toshkent

muxbir: Mo‘tabar Nurmuhammedova

https://www.tg-me.com/zamon_lavhalar
👍5🔥3👏32🤩1
0️⃣0️⃣0️⃣

Ingliz tili – 1 fakultetida psixodiagnostika ishlari o‘tkazildi

21-oktyabr kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti psixologi Z.T. Xayrullayeva hamda Ingliz tili – 1 fakulteti tyutorlari N. Masadikova va Sh. Tursunovalar hamkorligida psixodiagnostika ishlari amalga oshirildi.

Tadbir doirasida 3-bosqich talabalarning kasbiy yaroqliligi diagnostika qilindi. Psixodiagnostika jarayonida talabalarning shaxsiy xususiyatlari, irodaviy sifatlari, hissiy holati, o‘zini-o‘zi boshqarish darajasi hamda intellektual salohiyati o‘rganildi. Shuningdek, Shult metodikasi qo‘llanilib, talabalarning diqqat va diqqatni jamlash qobiliyati baholandi.

Mazkur ishlar talabalarning kasbiy faoliyatga tayyorgarlik darajasini aniqlash, ularning kuchli va zaif tomonlarini belgilash hamda zarur psixologik tavsiyalar ishlab chiqishga qaratildi. Psixolog va tyutorlar talabalar bilan yaqin muloqot o‘rnatib, natijalarni tahlil qildilar va o‘qish jarayonini yanada samarali tashkil etish bo‘yicha tavsiyalar berishdi.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍62
👨‍🏫👩‍🏫

Dissertatsiya ishi ilmiy seminar muhokamasi bo‘lib o‘tdi

22-oktyabr kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti rektorat binosining 7-qavatida, shuningdek, ZOOM onlayn platformasi orqali Ibrohimova Iroda Bobir qizining dissertatsiya ishi bo‘yicha ilmiy seminar muhokamasi bo‘lib o‘tdi.

Mazkur muhokama 10.00.11 – Til nazariyasi. Amaliy va kompyuter lingvistikasi ixtisosligi bo‘yicha tayyorlangan “Ko‘p tilli o‘zbek talabalarida lisoniy identiklikning sotsiolingvistik aspekti” mavzusidagi filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun taqdim etilgan dissertatsiya ishiga bag‘ishlandi.

Tadbirda universitet professor-o‘qituvchilari, ilmiy izlanuvchilar hamda soha mutaxassislari ishtirok etdilar. Muhokama davomida ishning dolzarbligi, ilmiy yangiligi va amaliy ahamiyati bo‘yicha fikr-mulohazalar bildirildi.

Ishtirokchilar dissertatsiya ishini har tomonlama muhokama qilib, unga ijobiy baho berdilar va keyingi bosqichga tavsiya etdilar.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍64
⚡️⚡️⚡️⚡️

“Til – millatning ruhi”

O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti Ingliz filologiyasi fakultetida o‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kun munosabati bilan tadbir o‘tkazildi

🇺🇿 21-oktyabr – O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kun munosabati bilan O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti Ingliz filologiyasi fakultetida “Til – millatning ruhi” shiori ostida ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.

🔺 Tadbirni fakultet dekani Y. Azzamov ochib berib, o‘zbek tilining milliy o‘zlikni anglashdagi o‘rni, uning boy tarixiy ildizlari va bugungi kunda davlat tili sifatida jamiyatimiz hayotida tutgan muhim o‘rni haqida so‘z yuritdi.

🔸 Shuningdek, tadbir davomida talabalar o‘zbek tilining go‘zalligi, so‘z boyligi va badiiy imkoniyatlarini yorituvchi she’rlar, sahna ko‘rinishlari hamda taqdimotlar bilan chiqish qildilar.

🔺 Tadbir yakunida o‘zbek tilini yanada rivojlantirish, uni yoshlar qalbida e’zozlash va har bir sohada qo‘llash madaniyatini yuksaltirish zarurligi alohida ta’kidlandi.

Rasmiy sahifalarimiz:
📱 Telegram | 📱 Instagram
📱 Youtube | 📱 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
3👍2
2025/10/26 05:32:44
Back to Top
HTML Embed Code: