O‘zDJTUda “Jurnalistikada yangi trendlar: sun’iy intellekt va postgumanizm” mavzusida xalqaro anjuman bo‘lib o‘tdi
22-oktabr kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida “Jurnalistikada yangi trendlar: sun’iy intellekt va posthumanizm” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy anjuman bo‘lib o‘tdi. Tadbir Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Xalqaro jurnalistika fakulteti hamda Axborot xizmati va jamoatchilik bilan aloqalar kafedrasi tashabbusi bilan tashkil etildi.
Anjumanni universitet rektori, professor Ilxomjon Tuxtasinov kirish so‘zi bilan ochib berdi. Shuningdek, ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektor Otabek Yusupov o‘z nutqida Prezident Shavkat Mirziyoyevning sun’iy intellekt haqida bildirgan fikrlarini eslab, uning insoniyat taraqqiyotidagi o‘rni va imkoniyatlariga to‘xtaldi.
Mazkur anjumanda O‘zbekiston, Qozog‘iston va Rossiyadan taniqli olim va mutaxassislar ishtirok etishdi. Jumladan, f.f.d., DSc dotsent Beruniy Alimov, M.Auezov nomidagi Janubiy Qozog‘iston tadqiqot universiteti dotsenti Yarmuhammad Madaliyev, RUDN universiteti vakili Nataliya Poplavskaya, dotsent Malika Axmedova, katta o‘qituvchi Aʼzamjon Dadaxonov hamda Xalqaro jurnalistika fakulteti talabasi Xumoyun Xoshimjonov tomonidan ilmiy ma’ruzalar taqdim etildi.
Anjumanda sun’iy intellektning jurnalistikaga ta’siri, axborot etikasi, raqamli kompetensiyalarni rivojlantirish va posthumanizm nazariyasining media jarayonlardagi o‘rni yuzasidan fikr almashildi.
Tadbir yakunida xalqaro hamkorlikni mustahkamlash hamda jurnalistikani raqamli transformatsiya jarayonlariga moslashtirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ilgari surildi.
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤7👍1
Koreyaning Kvangju shahri ta’lim boshqarmasi vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi
22-oktabr kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida Koreya Respublikasining Kvangju shahri ta’lim boshqarmasi vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuvda Kvangjuning Sobu tumani ta’lim bo‘limi direktori Yon Ok Choy, ijrochi direktor Xyonjin Li, hamda Museung Park Travel Co. Ltd kompaniyasi direktori, 2014–2017-yillarda O‘zDJTUda koreys tili o‘qituvchisi bo‘lgan Yun Xyonchul ishtirok etdi.
O‘zDJTU tomonidan rektor I. Tuxtasinov, xalqaro hamkorlik bo‘yicha prorektor A. Nasirov, xalqaro hamkorlik bo‘limi boshlig‘i X. Yuldashev, Sharq filologiyasi fakulteti dekani D. Juraev va koreys tili o‘qituvchisi I. Abdiyevalar qatnashdilar.
Uchrashuv davomida Kvangju o‘rta, o‘rta maxsus va oliy ta’lim muassasalari bilan o‘zaro hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, O‘zDJTU talabalari, o‘qituvchilari va tadqiqotchilari uchun grantlar ajratish, o‘qituvchilar malakasini oshirish kurslarini tashkil etish, koreyalik talabalarni O‘zDJTUda o‘qishga jalb etish hamda yozgi maktablar tashkil etish masalalari muhokama qilindi.
Tashrif yakunida tomonlar o‘zaro hamkorlikni kengaytirish va yangi qo‘shma tashabbuslarni amalga oshirish borasida kelishib oldilar.
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍3❤1
Bugun O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetining Ingliz filologiyasi fakulteti talabalari uchun profilaktik tibbiy ko‘rik o‘tkazildi. Tadbir talabalarning sog‘lig‘ini nazorat qilish hamda virusli infeksiyalar tarqalishining oldini olish maqsadida tashkil etildi.
Jarayon davomida talabalar tana harorati o‘lchandi, umumiy sog‘lig‘i baholandi va gigiyena hamda sog‘lom turmush tarziga oid tavsiyalar berildi.
Tibbiy ko‘rik universitet tibbiyot xodimlari tomonidan amalga oshirilib, ushbu tashabbus talabalarning salomatligini mustahkamlash va o‘quv jarayonidagi faolligini ta’minlashga xizmat qilmoqda.
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
Jarayon davomida talabalar tana harorati o‘lchandi, umumiy sog‘lig‘i baholandi va gigiyena hamda sog‘lom turmush tarziga oid tavsiyalar berildi.
Tibbiy ko‘rik universitet tibbiyot xodimlari tomonidan amalga oshirilib, ushbu tashabbus talabalarning salomatligini mustahkamlash va o‘quv jarayonidagi faolligini ta’minlashga xizmat qilmoqda.
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍5❤2🔥2
