Forwarded from 3rd English faculty (MUSOXON Pulotovich Jakbarov)
Talabalar holatidan xabardor bo‘lish maqsadida amalga oshirilgan tashrif to‘g‘risida
2025 yil 22 oktyabr kuni talabalar holatidan xabardor bo‘lish hamda ularning muammolarini o‘rganish maqsadida Ijarada yashovchi talabalarning yashash joylariga tashrif amalga oshirildi.
Ushbu tashrif O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti Uchinchi ingliz tili fakulteti tashabbusi bilan tashkil etildi. Tashrif jarayonida universitetning psixologi Z.T.Xayrullayeva, fakultetning Yoshlar masalalari bo‘yicha dekan o‘rinbosari M.Jakbarov, shuningdek, mas’ul tyutor Sh.Kadirova ishtirok etishdi.
2025 yil 22 oktyabr kuni talabalar holatidan xabardor bo‘lish hamda ularning muammolarini o‘rganish maqsadida Ijarada yashovchi talabalarning yashash joylariga tashrif amalga oshirildi.
Ushbu tashrif O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti Uchinchi ingliz tili fakulteti tashabbusi bilan tashkil etildi. Tashrif jarayonida universitetning psixologi Z.T.Xayrullayeva, fakultetning Yoshlar masalalari bo‘yicha dekan o‘rinbosari M.Jakbarov, shuningdek, mas’ul tyutor Sh.Kadirova ishtirok etishdi.
Psixolog tomonidan talabalarga ruhiy qo‘llab-quvvatlash va maslahatlar berildi. Shuningdek, talabalarning taklif va mulohazalari eshitildi hamda ularni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha tegishli chora-tadbirlar belgilandi.
Ushbu tashrif talabalarning ijtimoiy-ruhiy barqarorligini ta’minlash, ularning hayot tarzi bilan yaqindan tanishish va ta’lim jarayonida yanada samarali ishtirok etishlariga ko‘maklashish maqsadida tashkil etildi.
❤5👍3👏1
Forwarded from Ingliz tili 2-fakulteti | O’zDJTU (Azimjonov Azizbek)
Faxrli 1-o‘rin
Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti ingliz tili ikkinchi fakulteti 2524-guruh talabasi Ochilova Gulsevar Odil qizi 19- oktyabr kuni " Millatlar mozaikasi - 8 Davlat, Bir Sahna , Bir Qalb " xalqaro festivali doirasida oʻtkazilgan "Iqtidorli yoshlar" tanlovida faol ishtirok etib , faxrli 1- oʻrinni qoʻlga kiritib ,
"Doʻstlik elchisi" koʻkrak nishoni bilan taqdirlandi.
Ilmiy rahbar: Ahadova Hulkar.
Ushbu sertifikat xalqaro darajadagi ilmiy- madaniy tadbirda ishtirokni tasdiqlovchi rasmiy hujjat boʻlib , u davlat va nodavlat mukofotlari , nomdor stipendiyalar, ilmiy tanlovlar hamda ijtimoiy faoliyat uchun tavsiyanoma oʻrnida taqdim etilishi mumkin .
Iqtidorli talabamiz Ochilova Gulsevar Odil qizining keyingi ijodiy faoliyatida ulkan zafarlar tilaymiz.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍7🔥4❤1
22-oktabr kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining topshirig‘iga muvofiq “Ma’rifat darsi” hamda “Kelajak soati” darslari tashkil etildi.
Ushbu darslarning asosiy maqsadi — talaba-yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar, davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlari, shuningdek, zamonaviy bilim va yangiliklar bilan muntazam tanishtirib borishdan iboratdir.
Tadbirni O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti rektori I.Tuxtasinov olib bordi. U o‘z chiqishida yoshlar hayotida ma’naviyat va ma’rifatning o‘rni, mustaqil fikrlaydigan, ijtimoiy faolligi yuqori, vatanparvar yoshlarni tarbiyalash bugungi kunning eng muhim vazifalaridan biri ekanligini ta’kidladi.
“Ma’rifat darsi”da talabalar o‘rtasida mamlakatimizda olib borilayotgan islohotlar, Prezidentimiz tashabbusi bilan amalga oshirilayotgan yangi loyihalar haqida batafsil ma’lumot berildi.
“Kelajak soati”da esa yoshlarning innovatsion fikrlashini rivojlantirish, shaxsiy maqsad va rejalarga to‘g‘ri yo‘naltirish, kelajak kasblariga tayyorlash masalalari yoritildi.
Mazkur darslar talabalarning dunyoqarashini kengaytirish, ijtimoiy faolligini oshirish, hamda ularni zamonaviy, vatanparvar va ma’rifatli shaxslar etib tarbiyalashga xizmat qiladi.
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍6
22-oktabr kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti Ilmiy tadqiqotlar, innovatsiyalar va ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlash bo‘limi tomonidan doktorantlar uchun navbatdagi ilmiy seminar mashg‘uloti tashkil etildi.
Seminar “Plagiatga qarshi kurash, huquqbuzarlik uchun javobgarlik masalalari” mavzusida bo‘lib, unda O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Intellektual mulk departamenti bo‘lim boshlig‘i Sharof Abdumalikov ma’ruza qildi.
Ma’ruzada mualliflik huquqi va turdosh huquqlarni himoya qilishdagi asosiy vazifalar, ularni tartibga soluvchi O‘zbekiston Respublikasining 2025-yil 8-avgustdagi O‘RQ-1080-son Qonuni mazmuni, shuningdek, mualliflik huquqini himoya qiluvchi asosiy davlat organlari faoliyati haqida batafsil ma’lumot berildi.
Taqdimot davomida plagiatning huquqiy oqibatlari, mualliflik huquqi muddatlari, hosila asar tushunchasi, shuningdek, hammualliflikda ilmiy ishlar chop etish tartibi bo‘yicha amaliy tushunchalar berildi.
Seminar so‘ngida tinglovchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qilib, mualliflik huquqini buzish holatlari va ularga nisbatan javobgarlik masalalarida batafsil javob oldilar.
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍7🎉1
