Telegram Web Link
Forwarded from ACADEMIC LYCEUM.edu.uz
“E Voh” respublika o‘zbek tili va adabiyoti fan olimpiadasining final bosqichida bronza medali sovrindori!”

🇺🇿 19–20-oktyabr kunlari Erkin Vohidov nomidagi “E Voh” respublika o‘zbek tili va adabiyoti fan olimpiadasining final bosqichi hamda “O‘zbek tili bayrami”ga bag‘ishlangan festival bo‘lib o‘tdi.

10 mingdan ziyod o‘qituvchi ishtirok etgan bellashuvning finalida 79 nafar eng sara ustoz insho va test sinovlarida bilimini namoyish etdi.

G‘urur bilan ta’kidlaymiz, O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti Akademik litseyi ona tili va adabiyot fani o‘qituvchisi Saodat Ashurova ham olimpiada sovrindorlari qatoridan joy olib, faxrli 3-o‘rinni egallab, bronza medal va 5 million so‘m pul mukofoti bilan taqdirlandilar!

🏆 Ustoz Saodat Ashurovani yutuqlari bilan chin dildan tabriklaymiz! Yangi marralarni zabt etishda omad tilaymiz
👍4🤩21
0️⃣0️⃣0️⃣

O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti rektori guruh sardorlari bilan uchrashdi

22-oktabr kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida rektor I.Tuxtasinov universitetning barcha guruh sardorlari bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Uchrashuvda ta’lim sifati, intizom, talabalar o‘rtasida ma’naviy muhitni yanada yaxshilash, shuningdek, sardorlarning o‘z guruhlaridagi yetakchilik faoliyatini samarali yo‘lga qo‘yish masalalari muhokama qilindi.

Rektor sardorlarga murojaat qilib, ularning universitet hayotidagi mas’uliyati, tashabbuskorligi va namunaviy faolligi muhim ahamiyat kasb etishini ta’kidladi. Shuningdek, sardorlar orqali talabalar bilan ochiq muloqot va fikr almashuv tizimini yanada takomillashtirish zarurligi qayd etildi.

Uchrashuv davomida guruh sardorlari o‘z faoliyatida uchrayotgan masalalar yuzasidan takliflar bildirishdi, savollariga javob olishdi hamda rektor tomonidan amaliy yechimlar belgilab berildi.

Tadbir yakunida rektor guruh sardorlarini universitet hayotida faol, mas’uliyatli va yetakchi yoshlar sifatida namuna bo‘lishga chaqirdi.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍51
Forwarded from Ниҳола Абдуваҳидова
👨‍🏫👩‍🏫

O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida dissertatsiya ishi muhokamasi bo‘lib o‘tdi

22-oktabr kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti rektorat binosi 7-qavatida offline hamda ZOOM onlayn platformasi orqali ilmiy seminar doirasida dissertatsiya ishi muhokamasi bo‘lib o‘tdi.

Mazkur muhokamada Ibrohimova Iroda Bobir qizining 10.00.11 – Til nazariyasi. Amaliy va kompyuter lingvistikasi ixtisosligi bo‘yicha tayyorlangan “Ko‘p tilli o‘zbek talabalarida lisoniy identiklikning sotsiolingvistik aspekti” mavzusidagi dissertatsiya ishi filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun taqdim etildi.

Muhokama davomida ishtirokchilar dissertatsiyaning ilmiy yangiligi, amaliy ahamiyati hamda metodologik asoslari yuzasidan fikr almashishdi. Rasmiy opponentlar o‘z xulosalarini taqdim etib, tadqiqot ishining ilmiy saviyasini yuqori baholashdi.

Yakunda ishtirokchilar tomonidan dissertatsiya ishi muvaffaqiyatli deb topildi va uni himoyaga tavsiya etish bo‘yicha qaror qabul qilindi.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍5
🟦🟦🟦🟦🟦🟦🟦

“Xavfsiz ijara” shiori ostida profilaktik tadbir o‘tkazildi

2025-yil 23-oktabr kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti profilaktika inspektori S. Sherboyev hamda Ingliz tili 1-fakulteti tyutori Azimova A. tashabbusi bilan “Xavfsiz ijara” shiori ostida talabalarning ijara xonadonlariga profilaktik tashrif amalga oshirildi.

Tashrifning asosiy maqsadi — talabalarga ijara shartlari, huquqiy jihatlari hamda shaxsiy xavfsizlik masalalari bo‘yicha tushuntirishlar berishdan iborat bo‘ldi.

Profilaktika inspektori S. Sherboyev ijtimoiy xavfsizlik, huquqbuzarliklarning oldini olish va fuqarolik mas’uliyati bo‘yicha ma’lumotlar berdi. Shuningdek, tyutor Azimova A. tomonidan talabalarning yashash sharoitlari, tozalik va gigiyena qoidalariga rioya etish holati o‘rganildi hamda elektr va gaz jihozlaridan xavfsiz foydalanish qoidalari haqida eslatmalar berildi.

Tadbir davomida ijara munosabatlarida uchraydigan muammolar yuzasidan fikr almashildi va talabalarga “xavfsiz yashash – mas’uliyatli yondashuv” tamoyiliga amal qilish tavsiya etildi.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍4
2025/10/25 09:52:31
Back to Top
HTML Embed Code: