Telegram Web Link
🟦🟦🟦🟦🟦🟦🟦

“Ona tilim — iftixorim” shiori ostida bayram tadbiri o‘tkazildi

O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti Angren xorijiy tillar fakultetida o‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilganining 36 yilligi munosabati bilan “Ona tilim — iftixorim” shiori ostida tantanali bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi.

Tadbirni fakultet dekani I. Bazarov kirish so‘zi bilan ochib, o‘zbek tilining milliy davlatchiligimiz, ma’naviyatimiz va xalq birligini mustahkamlovchi bebaho qadriyat sifatidagi o‘rnini alohida ta’kidladi.

Bayram davomida dekan muovini B. Razzoqov va tyutor S. Manazarov rahbarligida talabalar tomonidan tayyorlangan sahna ko‘rinishlari, badiiy chiqishlar, she’r va musiqiy kompozitsiyalar namoyish etildi. Ijrolar orqali ona tilining go‘zalligi va tarixiy ildizlari yuksak mahorat bilan yoritilib, tomoshabinlarda faxr va g‘urur tuyg‘ularini uyg‘otdi.

Shuningdek, o‘qituvchilar tomonidan davlat tilining jamiyat hayotidagi o‘rni, uni asrab-avaylash va boyitish zarurati haqida ma’naviy-ma’rifiy fikrlar bildirildi. Tadbir yakunida faol ishtirok etgan talabalar taqdirlandilar.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
4👍1👏1🎉1
🟦🟦🟦🟦🟦🟦🟦

“Zakovat” intellektual oʻyini – bilim va tafakkur bellashuvi

22-oktabr kuni Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti Angren xorijiy tillar fakultetida maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha dekan oʻrinbosari B. Razzoqov hamda tyutor S. Manazarov tashabbusi bilan talabalar oʻrtasida “Zakovat” intellektual oʻyini tashkil etildi.

Tadbir 21-oktabr — Oʻzbek tili bayrami kuni munosabati bilan oʻtkazilib, o‘zbek tilining boyligi, sofligi va xalqimiz maʼnaviyatidagi o‘rnini targ‘ib etish, shuningdek, talabalar tafakkuri, bilim darajasi va jamoaviy ishlash madaniyatini rivojlantirishga qaratildi.

Oʻyin davomida talabalar bir nechta jamoalarga boʻlinib, tarix, tilshunoslik, adabiyot, mantiq va umumiy dunyoqarashga oid savollarga jamoaviy tarzda javob berishdi. Ishtirokchilardan tezkor fikrlash, keng dunyoqarash va puxta bilim talab etildi.

Bahs-munozaralarga boy intellektual o‘yin yakunida eng faol va bilimdon jamoalar fakultet rahbariyati tomonidan faxriy yorliqlar va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar. Tadbir davomida talabalar mantiqiy fikrlash, nutq madaniyati va jamoaviy ishlash ko‘nikmalarini yanada rivojlantirdilar.

Tadbir soʻngida B. Razzoqov “Zakovat” o‘yinini har haftaning chorshanba kuni muntazam o‘tkazish rejalashtirilayotganini, shuningdek, kelgusida fakultetlararo bellashuvlarni yo‘lga qo‘yish rejalari haqida ma’lum qildi.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥52👍1
🟦🟦🟦🟦🟦🟦🟦

OʻzDJTU Ingliz tili ikkinchi fakultetida shaxmat va shashka musobaqasi o‘tkazildi

22-oktabr kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti Ingliz tili ikkinchi fakulteti tyutori Murodova Nodira tashabbusi bilan fakultetga biriktirilgan 129-maktab o‘quvchilari o‘rtasida shaxmat va shashka musobaqasi tashkil etildi.

Tadbirning asosiy maqsadi – o‘quvchilarning bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazish, ularni mantiqiy fikrlash, sabr-toqat va diqqatni jamlashga o‘rgatish, hamda sportga bo‘lgan qiziqishlarini oshirishdan iborat bo‘ldi.

Musobaqa davomida o‘quvchilar o‘z bilim va strategik tafakkurini sinovdan o‘tkazishdi, shuningdek, shaxmat va shashka o‘yinlari bo‘yicha yangi ma’lumotlarga ega bo‘lishdi.

Yakunda g‘olib o‘quvchilar esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍51🔥1🎉1
OʻzDJTU rektori talabalar bilan samimiy uchrashuv oʻtkazdi

22-oktabr kuni Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti rektori Ilxomjon Tuxtasinov 3-son talabalar turar joyida istiqomat qilayotgan talabalar bilan navbatdagi “Rektor va yoshlar” uchrashuvini oʻtkazdi.

Uchrashuv Zakovat koʻchasi, 4-uyda joylashgan Ma’naviyat va ma’rifat markazida boʻlib oʻtdi.

Tadbirda fakultet dekanlari, prorektorlar hamda tyutorlar ham ishtirok etishdi. Uchrashuv davomida rektor talabalar bilan ochiq muloqot qildi, ularning turar joylardagi yashash sharoitlari, ta’lim jarayonidagi ishtiroki, dars sifatini oshirish, bo‘sh vaqtni unumli tashkil etish va yoshlar bandligini taʼminlash masalalariga e’tibor qaratdi.

Talabalar oʻzlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qilib, taklif va fikrlarini bildirishdi. Rektor tomonidan barcha savollarga batafsil javoblar berildi hamda ularning tashabbuslarini qoʻllab-quvvatlashini taʼkidladi.

Uchrashuv samimiy va ochiq muloqot ruhida oʻtib, yoshlarni ijtimoiy faollikka, masʼuliyat va tashabbuskorlikka chorlovchi muhim muloqot maydoniga aylandi.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍3
2025/10/26 02:37:58
Back to Top
HTML Embed Code: