Telegram Web Link
🟦🟦🟦

2025-yil 15-oktabr kuni Ingliz filologiyasi fakulteti, Ingliz tili nazariy fanlar kafedra o‘qituvchisi S. Mannonova hamda 4-bosqich talabalari N. Rustamova va S. Boynazarova tomonidan Uchtepa tumanidagi 283-maktabda “Xorijiy tillarni rivojlantirish va o‘qitish” markazi doirasida ingliz tili to‘garagining navbatdagi mashg‘uloti o‘tkazildi.

🎯 Mavzu: “Online Safety & Communication” (Onlayn xavfsizlik va muloqot)

Mashg‘ulot davomida o‘quvchilar internetda xavfsiz muloqot qilish, shaxsiy ma’lumotlarni himoya qilish va onlayn madaniyat qoidalari haqida ingliz tilida fikr almashdilar. Interaktiv mashqlar va rolli o‘yinlar orqali ularning nutq, muloqot hamda tanqidiy fikrlash ko‘nikmalari rivojlantirildi.

💬 Dars zamonaviy usullar asosida tashkil etilib, o‘quvchilarda ingliz tilida erkin so‘zlash va onlayn xavfsizlik madaniyatiga qiziqishni oshirdi.

Rasmiy sahifalarimiz:
📱 Telegram | 📱 Instagram
📱 Youtube | 📱 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
5👍3
0️⃣0️⃣0️⃣

Uchtepa tumanidagi O‘zDJTU talabalar yotoqxonasi va isitish tizimlarining kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati deputatlar nazoratida

15-oktabr kuni Xalq deputatlari Uchtepa tuman Kengashi deputati Anvar Usmanov O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetining “Ko‘kcha Oqtepa” MFY hududida joylashgan talabalar yotoqxonasi hamda 3-sonli lokal qozonxonaning kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik darajasini o‘rgandi.

O‘rganish davomida qozonxona faoliyati yaxshi tizimga yo‘lga qo‘yilgani, zarur zahira yoqilg‘isi va qo‘shimcha generatorlar mavjudligi aniqlandi.

Shuningdek, deputat talabalar uchun yaratilgan yashash sharoitlari bilan yaqindan tanishdi.

O‘tkazilgan o‘rganishlar natijasida O‘zDJTUda kuz-qish mavsumiga puxta tayyorgarlik ko‘rilgani, talabalar uchun qulay yashash va ta’lim olish sharoitlari yaratilgani ta’kidlandi.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍42
0️⃣0️⃣0️⃣

“Rahbariyat va guruh sardorlari” uchrashuvi hamda “Ma’rifat darsi” O‘zDJTUda

Bugun O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida rahbariyat vakillari va fakultetlarning guruh sardorlari ishtirokida “Rahbariyat va guruh sardorlari” uchrashuvi hamda “Ma’rifat darsi” bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti o‘quv ishlari bo‘yicha prorektori M. Chutpulatov hamda yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektori V. Sadiyev, fakultet dekanlari va mas’ul xodimlar ishtirok etdilar.

Uchrashuv davomida talabalar bilan ochiq muloqot o‘tkazilib, ularning tashabbuslari, taklif va muammolari tinglandi. Shuningdek, “Ma’rifat darsi” doirasida talabalarning ijtimoiy faolligini oshirish, ma’naviy-axloqiy tarbiyani kuchaytirish va ta’lim jarayonida mas’uliyatni yuksaltirish masalalari muhokama qilindi.

Tadbir yakunida rahbariyat tomonidan faol guruh sardorlari rag‘batlantirilib, kelgusida amalga oshiriladigan rejalar yuzasidan aniq vazifalar belgilab olindi.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
4👍2
0️⃣0️⃣0️⃣

Joriy yilning 15-oktyabr kuni Turkiy universitetlar ittifoqining “Ilmdan o‘zga najot yo‘q” shiori ostidagi 8-Bosh Assambleyasi boʻlib oʻtdi.

Assambleyaning sho‘ba yig‘ilishlari yakunida 20 dan ortiq hamkorlik shartnomalari imzolandi.

Sho‘balarda Turkiy davlatlar tashkiloti Bosh kotibi Kubanichbek Omuraliyev, Turkiy akademiya prezidenti Shahin Mustafoyev hamda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining birinchi o‘rinbosari Sardor Rajabov ishtirok etib, Turkiy davlatlar xalqaro universiteti ikki tomonlama ta’lim, ilmiy-tadqiqot va innovatsion hamkorlikni yanada kengaytirishda markaziy o‘rin tutishini, yoshlarni yangi marralarga yetaklovchi ilmiy maydonga aylanishiga ishonch bildirdilar.


Tadbirda, shuningdek, Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti Xalqaro aloqalar boʻyicha prorektori Abdurahim Nasirov va universitet jamoasi ishtirok etdi.

Dastur turkiy mamlakatlar o‘rtasidagi ilmiy hamkorlik, akademik birdamlik va madaniy integratsiyaning yangi bosqichini boshlab berdi.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
5👍2
2025/10/23 15:11:27
Back to Top
HTML Embed Code: