Telegram Web Link
🟦🟦🟦🟦🟦🟦🟦

🇺🇿 Talabalarning darslardan bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish maqsadida O’zDJTU 🇺🇿 Roman-german filologiyasi fakulteti Fransuz tili ta’lim yo‘nalishining birinchi bosqich talabalari uchun qiziqarli madaniy tashrif tashkil etildi.

🔥 Ular O‘zbekiston davlat amaliy san’at muzeyiga tashrif buyurib, o‘zbek xalqining boy madaniy merosi va amaliy san’at namunalaridan bahra oldilar.

Tashrifdan maqsad — talabalar nafaqat milliy qadriyatlarimizni chuqurroq anglash, balki muzey eksponatlari haqida fransuz tilida so‘zlab berish, o‘z fikrlarini erkin ifodalash ko‘nikmalarini rivojlantirishdan iborat edi. 🇺🇿🤝🇫🇷

Talabalar muzey eksponatlari haqida kafedra mudiri P. Nishonov va kafedra professori Lyuk Dallarmellina ishtirokida fransuz tilida ma’lumot berib, faol muloqot olib bordilar. 💬

🧶 Tashrif davomida yurtimizning turli viloyatlariga xos do‘ppichilik, kashtachilik, ipakchilik va kulolchilik san’atiga oid an’analar yuzasidan bahs va munozaralar o‘tkazildi.

❤️ Eng e’tiborlisi, xorijlik mutaxassis bilan jonli muloqot tashkil etilib, uning muzey haqidagi taassurotlari va fikrlari tinglandi.

❤️ Bunday tashriflar yoshlarning dunyoqarashini kengaytiradi, chet tilda muloqot qilish mahoratini yanada mustahkamlaydi.
🔺 Kelgusida shahrimizdagi boshqa madaniyat maskanlariga ham shunday tashriflar uyushtirish rejalashtirilgan.


Bizni kuzatib boring ;

📱 Telegram 📱Instagram 📱Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
5👍3
0️⃣0️⃣0️⃣

🔴2025-yil 15-oktabr kuni universitetimizda Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti sohibalari bilan eng iqtidorli, fidoyi va ilm, san’at hamda ijtimoiy hayotda faol ishtirok etayotgan yoshlar uchrashuvi bo'lib o'tdi. Tadbirni ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo'yicha prorektor O. Yusupov ochib berdi. Uchrashuvda Ilmiy tadqiqotlar, innovatsiyalar va ilmiy pedagogik kadrlar tayyorlash bo'limi boshlig'i K.Muradkasimova, Iqtidorli talabalarning ilmiy-tadqiqot faoliyatini tashkil etish bo‘limi boshlig‘i Sh. Ismatova, Ilmiy va innovatsion ishlanmalarni tijoratlashtirish bo‘limi boshlig‘i F. Abdullayeva hamda iqtidorli talabalar qatnashdilar.

Tadbir davomida ushbu mukofot sovrindorlari - M.Sotvoldieva va Z.Abdusalamova o'z hayot tajribalari, ijodiy faoliyatidagi qiyinchiliklari va erishgan yutuqlari haqida so'zlab berdilar. Talabalar esa o'zlarini qiziqtirgan savollarni berib, atroflicha javoblar olishdi.

Ushbu uchrashuv minglab yosh qizlarning qalbida orzu, intilish va mehnatsevarlik ramziga aylandi. Shuningdek, bu uchrashuv qizlarni ilm-fan, madaniyat, adabiyot, san’at va jamoatchilik sohasidagi faoliyatga keng jalb etishning muhim omili bo‘lib xizmat qildi.

📣Universitet rahbariyati iste’dodli, ijtimoiy faol, vatanparvar va izlanuvchan qizlarni ushbu yuksak davlat mukofotini qo'lga kiritishlariga hamda yosh avlod vakillarining ijodiy salohiyatiga, bilimga chanqoqligiga, ezgu orzu-intilishlariga yuksak ishonch bildirdi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
6👍4🎉1
0️⃣0️⃣0️⃣

16-oktabr kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti rektori Ilxomjon Tuxtasinov rahbarligida mas’ullar bilan birgalikda Uchtepa tumani, G‘uzar MFY, Lutfiy ko‘chasi G-9A manzilida joylashgan 1- va 2-sonli talabalar turar joylarida kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati o‘rganildi.

Ko‘rik davomida talabalar turar joylarining qozonxonalari, ularning gaz va dizel yoqilg‘isi (solyarka) bilan ta’minlanishi, shuningdek, qo‘shimcha generatorlarning ishlash holati ko‘zdan kechirildi.

Mas’ullar tomonidan isitish tizimlarining barqaror ishlashini ta’minlash, sovuq mavsumda talabalar uchun qulay sharoit yaratish, energiya tejamkor uskunalardan samarali foydalanish bo‘yicha tegishli topshiriqlar berildi.

Rektor kuz-qish mavsumiga puxta tayyorgarlik ko‘rish zarurligini ta’kidlab, har bir obyektning xavfsizlik va texnik talablarga to‘liq mos bo‘lishini nazoratga olishni topshirdi.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
3👍3
📌Xalqaro hamkorlik


Ingliz tili 1-fakulteti dekani, professor Guli Ergasheva va Buyuk Britaniyaning Warwick universiteti professori, “Current Issues in Language Planning” xalqaro ilmiy jurnali bosh muharriri Anthony Liddicoat hamkorligida muhim ilmiy natija qo'lga kiritildi.

🤝 Mazkur hamkorlik natijasiga koʻra, G.Ergasheva tashabbusi bilan Til Siyosati sohasida ilmiy-tadqiqot olib borayotgan OʻzDJTU professor-oʻqituvchilari hamda Respublikamiz tilshunos olimlari uchun Scopus bazasida Q1 darajali - “Current Issues in Language Planning” jurnalining maxsus sonida ilmiy maqolalar chop etish imkoniyati yaratildi.

🔹Eng e’tiborlisi, G. Ergasheva va Anthony Liddicoat ushbu nufuzli xalqaro jurnalning maxsus soniga bosh muharrir sifatida tayinlandi.

Maxsus son Oʻzbekistonda globallashuv jarayonidagi til siyosati masalalariga bagʻishlanadi. Bu esa milliy ilmiy tajribani xalqaro maydonga olib chiqish, O'zbekiston olimlari uchun yangi xalqaro hamkorlik doirasini yanada kengaytirish yoʻlida muhim yutuqdir.
10👍5🔥3
2025/10/23 09:29:33
Back to Top
HTML Embed Code: