Forwarded from Ingliz filologiyasi fakulteti
2025-yil 15-oktabr kuni Ingliz filologiyasi fakulteti, Ingliz tili nazariy fanlar kafedra o‘qituvchisi S. Mannonova hamda 4-bosqich talabalari N. Rustamova va S. Boynazarova tomonidan Uchtepa tumanidagi 283-maktabda “Xorijiy tillarni rivojlantirish va o‘qitish” markazi doirasida ingliz tili to‘garagining navbatdagi mashg‘uloti o‘tkazildi.
Mashg‘ulot davomida o‘quvchilar internetda xavfsiz muloqot qilish, shaxsiy ma’lumotlarni himoya qilish va onlayn madaniyat qoidalari haqida ingliz tilida fikr almashdilar. Interaktiv mashqlar va rolli o‘yinlar orqali ularning nutq, muloqot hamda tanqidiy fikrlash ko‘nikmalari rivojlantirildi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥4👍1
Forwarded from Ingliz filologiyasi fakulteti
Ingliz filologiyasi fakulteti rahbariyati talabalarning turar joyida bo‘ldi
🇺🇿 Joriy yilning 15-oktyabr kuni Ingliz filologiyasi fakulteti dekani Y. Azzakov, dekan muovini T. Omonov hamda Yoshlar ittifoqi fakultet yetakchisi Sh. Meliqo‘ziyeva 3-Talabalar turar joyiga tashrif buyurdilar.
Tashrif davomida rahbariyat a’zolari talabalarning yashash sharoitlari, tozalik va tartib-intizom holatini o‘rganib, talabalar bilan samimiy suhbat o‘tkazdilar. Shuningdek, turar joyda yaratilgan qulayliklar, bo‘sh vaqtni mazmunli o‘tkazish uchun tashkil etilgan sharoitlar bilan tanishdilar.
Uchrashuv davomida talabalarning taklif va fikrlari tinglanib, muhim masalalar yuzasidan tavsiyalar berildi.
✅ Rasmiy sahifalarimiz:
📱 Telegram | 📱 Instagram
📱 Youtube | 📱 Facebook
Tashrif davomida rahbariyat a’zolari talabalarning yashash sharoitlari, tozalik va tartib-intizom holatini o‘rganib, talabalar bilan samimiy suhbat o‘tkazdilar. Shuningdek, turar joyda yaratilgan qulayliklar, bo‘sh vaqtni mazmunli o‘tkazish uchun tashkil etilgan sharoitlar bilan tanishdilar.
Uchrashuv davomida talabalarning taklif va fikrlari tinglanib, muhim masalalar yuzasidan tavsiyalar berildi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤3👍3
Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya: “Alp Er To‘nga avlodlari – Qoraxoniylar: Turkiy dunyo va Islom olami Qoraxoniylar davrida”
16-oktabr kuni Toshkent davlat sharqshunoslik universitetida Turkiy davlatlar tashkiloti, Toshkent xalqaro universiteti va O‘zbekiston Milliy Media birlashmasi hamkorligida “Alp Er To‘nga avlodlari – Qoraxoniylar: Turkiy dunyo va Islom olami Qoraxoniylar davrida” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya bo‘lib o‘tdi.
Mazkur nufuzli anjumanda mamlakatimiz hamda xorijdan taniqli olimlar, ekspertlar, tarixchilar va yosh tadqiqotchilar ishtirok etishdi.
Ushbu konferensiyada O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti Ingliz tili 3-fakulteti “Ikkinchi chet tili” kafedrasi mudiri Moydinova Elmira Kamariddinovna ham faol ishtirok etdi. Tadbir davomida turkiy xalqlarning boy madaniy merosi, Qoraxoniylar davrining ilmiy-ma’naviy ahamiyati hamda bu davrning jahon sivilizatsiyasidagi o‘rni haqida fikrlar bildirildi.
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤4👍3
Ingliz tili 2-fakultetida ingliz tili fanidan iqtidorli talabalar o‘rtasida olimpiada o‘tkazildi
2025-yil 15-oktabr kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti Ingliz tili 2-fakultetida iqtidorli talabalar o‘rtasida ingliz tili fanidan fakultet bosqichi olimpiadasi bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda fakultet dekani Bazarov Zokir Mehrikulovich ishtirok etib, talabalarga muvaffaqiyat tiladi va ularni izlanishga, bilimlarini yanada chuqurlashtirishga undadi.
Olimpiada davomida talabalar ingliz tili, Ingliz va Amerika adabiyoti, hamda mamlakatshunoslik fanlari bo‘yicha o‘z bilim va ko‘nikmalarini namoyish etdilar.
Fakultet bosqichida g‘oliblikni qo‘lga kiritgan talabalar keyingi — universitet bosqichiga yo‘llanma olishadi.
Telegram | Instagram | Facebook |
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍5❤3
Forwarded from Ingliz filologiyasi fakulteti
«ВЫСШЕЕ ОБРАЗОВАНИЕ УЗБЕКИСТАНА ПЕРЕД ВЫЗОВАМИ ЦИФРОВОЙ ЭПОХИ» nomli maqola e’lon qilindi. Maqola O‘zbekistonda kadrlar tayyorlash tizimining modernizatsiyaga qaratilgan o‘zgarishlarini tasvirlaydi.
Asosiy e’tibor o‘qitish metodikalarini yangilash, innovatsion yondashuvlar (loyiha ta’limi, keys-metod, muammoga yo‘naltirilgan ta’lim) va ta’lim jarayonini raqamlashtirishga qaratilgan.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤3👍3🔥1
OʻzDJTU Arab tili tarjima nazariyasi va amaliyoti kafedrasi professori Ahmad Jasim Az-Zubaydiyning “Ташкент – Эр-Рияд: новые мосты Востока” nomli maqolasi e’lon qilindi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Uza.uz
Ташкент – Эр-Рияд: новые мосты Востока
В ясное осеннее утро Ташкента – города, где минареты древности соседствуют с башнями современности, президентский дворец
👍4🔥2
Forwarded from Ingliz filologiyasi fakulteti (Sherzodbek Zokirov)
🏆 O'zDJTU Ingliz filologiyasi fakulteti tashkil qilayotgan FILOLOG KITOBXON tanlovining 1-bosqichi ertaga, 17-oktabr kuni 07.00 dan 22.00 gacha mutolaa ilovasida bo'lib o'tadi
1-bosqichda 25 ta test savollarini yechish uchun 15 daqiqa vaqt beriladi
📕 Eslatib o'tamiz: testlar "Daftar hoshiyasidagi bitiklar" asari asosida
❗️Ballar teng kelib qolganda, testni yechish uchun sarflangan vaqt inobatga olinadi
1-bosqichda 25 ta test savollarini yechish uchun 15 daqiqa vaqt beriladi
📕 Eslatib o'tamiz: testlar "Daftar hoshiyasidagi bitiklar" asari asosida
Eng yuqori natijani qayd etgan 20 ta kitobxon 2-bosqichga yo'llanma oladi
❗️Ballar teng kelib qolganda, testni yechish uchun sarflangan vaqt inobatga olinadi
Hammaga OMAD tilaymiz!!!
❤5👍2
Forwarded from Ingliz filologiyasi fakulteti
Ingliz filologiyasi fakultetida fan olimpiadasining birinchi bosqichi bo‘lib o‘tdi
Fakultet professor-o‘qituvchilari tomonidan adolatli baholangan natijalarga ko‘ra, har bir yo‘nalish bo‘yicha eng yuqori natijalarni qo‘lga kiritgan talabalar keyingi bosqichga yo‘llanma olishdi. Ular yaqin kunlarda bo‘lib o‘tadigan navbatdagi bosqichda ishtirok etish huquqini qo‘lga kiritdilar.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍4❤2