Forwarded from Ingliz tili 2-fakulteti | O’zDJTU (Azimjonov Azizbek)
2-ingliz talabalari uchun to‘garak mashg‘ulotlari tashkil etildi.
2025-yil 15-oktyabr kuni “Ingliz tili nazariy fanlar 2” kafedrasi o‘qituvchisi Zafar Qurbonboyev “Strategies for Introducing New Ideas in Academic Discussions” (Akademik muhokamalarda yangi g‘oyalarni ilgari surish strategiyalari) mavzusida to‘garak mashg‘ulotini olib bordi.
To‘garak avvalida akademik muhokama tushunchasiga qisqacha nazariy kirish b‘oldi. Ilmiy muhokamalarning asosiy tamoyillari — aniqlik, dalillilik, mantiqiylik va fikrni izchil asoslash kabi mezonlar haqida batafsil to‘xtaldi.
Mashg‘ulotning asosiy maqsadi — talabalarda akademik muloqot madaniyatini shakllantirish, ilmiy muhokamalarda o‘z fikrini asosli tarzda ifoda etish, yangi g‘oyalarni mantiqiy va ishonarli yo‘l bilan taqdim etish ko‘nikmalarini rivojlantirishdan iborat bo‘ldi.
Z. Qurbonboyev mashg‘ulot yakunida talabalar ishtirokini ijobiy baholab, ularga fikrlarini mantiqiy asoslash, dalillardan foydalanish zarurligini ta'kidladi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤5👍4🔥1👏1
O‘zDJTUda fuqarolik jamiyati rivojiga bag‘ishlangan respublika ilmiy-amaliy anjumani bo‘lib o‘tdi
16-oktabr kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetining “Siyosiy fanlar” kafedrasi tomonidan “O‘zbekistonda fuqarolik jamiyati rivojining zamonaviy tendensiyalari” mavzusida respublika ilmiy-amaliy anjumani tashkil etildi.
Anjumanni universitet rektori Ilxomjon Tuxtasinov ochib berdi. U o‘z nutqida mamlakatimizda erkin va kuchli fuqarolik jamiyatini shakllantirish yo‘lida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar haqida so‘z yuritdi hamda bu yo‘nalishdagi ilmiy izlanishlar va tashabbuslarning dolzarbligini ta’kidladi.
Tadbirda turli nodavlat notijorat tashkilotlari vakillari, olimlar, ekspertlar va deputatlar ishtirok etishdi. Ular fuqarolik jamiyatining bugungi holati, mavjud muammolar hamda rivojlanish istiqbollari yuzasidan o‘z fikr va takliflarini bildirdilar.
Respublika anjumani quyidagi to‘rt yo‘nalish (sho‘ba) bo‘yicha faoliyat olib bordi:
Mazkur anjuman fuqarolik jamiyati institutlari faoliyatini takomillashtirish, xalqaro tajribani o‘rganish va sohada ilg‘or yondashuvlarni joriy etish orqali mamlakatda fuqarolik jamiyatining barqaror rivojlanishiga hissa qo‘shish maqsadida o‘tkazildi.
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍6❤1
Forwarded from Roman-german filologiyasi fakulteti
👩🏫 Mazkur fan bo‘yicha mashg‘ulotlar Fransuz tili amaliy fanlar kafedrasi
dotsenti Z. Davronova va o‘qituvchi S. Gafurova tomonidan olib borilmoqda.
🏛️ Dars jarayonida talabalar qadimiy shaharlar tarixi, milliy hunarmandchilik va milliy kiyimlar haqida nafaqat nazariy, balki amaliy bilimlarni ham o‘zlashtirmoqdalar.
Bizni kuzatib boring ;
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤8👍5