Telegram Web Link
🟦🟦🟦🟦🟦🟦🟦

Turkiyaning Kahramanog’lu Mehmetbey universiteti vakillari O‘zDJTUda

2025-yil 16-oktabr kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetiga Turkiyaning Kahramanog’lu Mehmetbey universiteti vakillari tashrif buyurishdi.
Tadbirda Kahramanoğlu Mehmetbey universiteti rektori Dr. Mehmet Gavgali, xalqaro bo‘lim koordinatori, Iqtisod va siyosiy boshqaruv kafedrasi o‘qituvchisi Dr. Umut Chil, shuningdek, xalqaro bo‘lim koordinatori, Yangi media va kommunikatsiya kafedrasi o‘qituvchisi Gulina Yusupova ishtirok etishdi.

O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti tomonidan uchrashuvda rektor Ilhomjon Tuxtasinov, xalqaro hamkorlik bo‘yicha prorektor A. Nasirov, xalqaro hamkorlik bo‘limi boshlig‘i X. Yuldashev, xalqaro jurnalistika fakulteti dekani A. Matyakubov, dekan muovini D. Xoshimova, Axborot xizmati va jamoatchilik bilan aloqalar kafedrasi o‘qituvchisi D. Fayziyeva qatnashdilar.

Uchrashuvda ikki tomon o‘rtasida:

talaba va o‘qituvchilar almashinuvi dasturlarini yo‘lga qo‘yish,
turk va boshqa xorijiy tillar yo‘nalishida o‘qituvchi hamda talabalar uchun grantlar ajratish,
turk tili o‘qituvchilari uchun malaka oshirish kurslarini tashkil etish,
turkiyalik talabalar uchun O‘zDJTUda yozgi maktablar tashkil etish kabi masalalar muhokama qilindi.

Suhbat yakunida tomonlar o‘zaro ilmiy, madaniy va ta’limiy hamkorlikni yanada rivojlantirishga tayyor ekanliklarini bildirdilar.
Shuningdek, ikki tomon o‘rtasida hamkorlik protokoli imzolandi.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍52🎉1
0️⃣0️⃣0️⃣

Dissertatsiya ishining ilmiy seminar muhokamasi bo‘lib o‘tdi

16-oktabr kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida Xolmatov Aziz Maratovichning 13.00.02 – Til o‘qitish metodikasi ixtisosligi bo‘yicha tayyorlagan “Talabalar pragmatik kompetensiyasini rivojlantirishda yumordan foydalanish metodikasi” mavzusidagi dissertatsiya ishining ilmiy seminar muhokamasi bo‘lib o‘tdi.

Mazkur tadbir offline va ZOOM onlayn platformasi orqali o‘tkazildi. Muhokamada universitet rektori Ilxomjon Tuxtasinov, rasmiy opponentlar, ilmiy rahbar, kafedra professor-o‘qituvchilari hamda tadqiqotchi ishtirok etdi.

Seminar davomida dissertatsiya ishining ilmiy yangiligi, metodik ahamiyati va amaliy qo‘llanilishi yuzasidan fikr-mulohazalar bildirildi. Yakunda ishtirokchilar tomonidan muhokama qilingan dissertatsiya bo‘yicha tegishli tavsiyalar berildi.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍53
🟦🟦🟦🟦🟦

“G‘oyadan nashrgacha” taqdimoti bo‘lib o‘tdi

2025-yil 16-oktabr kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti Axborot–resurs markazida Ingliz tili 2-fakulteti talabasi Nematullayeva Muslimaxonning “Topic-Based Vocabulary Handbook” nomli qo‘llanmasi taqdimoti bo‘lib o‘tdi.

Tadbir “G‘oyadan nashrgacha” shiori ostida tashkil etilib, unda fakultet professor-o‘qituvchilari, talabalari hamda yosh ijodkorlar ishtirok etishdi.

Muallif o‘z asarini yaratish jarayoni, mazkur qo‘llanmaning ingliz tili lug‘at boyligini oshirishdagi ahamiyati va uni amaliyotda qo‘llash imkoniyatlari haqida so‘z yuritdi.

Taqdimot davomida ishtirokchilar tomonidan muallifning ilmiy-ijodiy izlanishlari yuksak baholandi va uning keyingi loyihalariga muvaffaqiyatlar tilandi.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
11🔥1👏1
2025/10/21 23:54:19
Back to Top
HTML Embed Code: