Telegram Web Link
0️⃣0️⃣0️⃣

Angren xorijiy tillar fakultetida xalqaro hamkorlik va milliy qadriyatlarga bag‘ishlangan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

2025-yil 16-oktabr kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti Xalqaro hamkorlik masalalari bo‘yicha prorektori Abduraxim Nasirov hamda Xalqaro aloqalar bo‘limi mutaxassisi V. Amanov Angren xorijiy tillar fakulteti talabalari bilan uchrashuv o‘tkazdilar.

Tadbir “Milliy qadriyatlar va ularning millat ma’naviyatidagi o‘rni” shiori ostida tashkil etilib, unda mamlakatimizda amalga oshirilayotgan xalqaro hamkorlik siyosati, ta’limdagi integratsion jarayonlar, shuningdek, yoshlarning ma’naviy-ma’rifiy rivoji masalalari muhokama qilindi.

Uchrashuv davomida Abduraxim Nasirov O‘zbekistonning xalqaro maydondagi faolligi, xorijiy oliy ta’lim muassasalari bilan yo‘lga qo‘yilayotgan qo‘shma dasturlar va talabalar uchun yaratilayotgan xalqaro imkoniyatlar haqida atroflicha ma’lumot berdi.

Shuningdek, u vatanparvarlik, milliy qadriyatlarni asrab-avaylash hamda ularni zamonaviy hayot bilan uyg‘unlashtirish zarurligini ta’kidladi.

Davra suhbati ochiq muloqot tarzida, savol-javoblarga boy muhitda o‘tdi. Talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga batafsil javob olishdi.

Tadbir yakunida prorektor yoshlarni ilmiy salohiyatni oshirish, xorijiy tillarni chuqur o‘rganish va xalqaro tajriba almashinuvida faol bo‘lishga chorlab, Vatan ravnaqi yo‘lida fidokorlik bilan xizmat qilish zarurligini alohida ta’kidladi.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
7
🟦🟦🟦🟦🟦🟦🟦

Ijara xonadonlariga tashrif

16-oktabr kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti profilaktika inspektori S. Sherboyev hamda Sharq filologiyasi fakulteti tyutori S. Ochilova ijara xonadonlariga tashrif buyurishdi.

Tashrif davomida talabalarning yashash sharoitlari, tozalik va xavfsizlik holati o‘rganildi hamda ular bilan samimiy suhbat o‘tkazildi.

Bunday uchrashuvlar talabalarning ijtimoiy muammolarini o‘z vaqtida aniqlash va ularni bartaraf etishga ko‘mak beradi.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍2
4️⃣4️⃣4️⃣

O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida 2025-yil 22-oktabr kuniJurnalistikada yangi trendlar: sun’iy intellekt va posthumanizm” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy anjuman o‘tkaziladi.

Mazkur anjuman zamonaviy jurnalistikada sun’iy intellekt texnologiyalarining o‘rni, axborot maydonidagi yangi yondashuvlar, shuningdek, posthumanizm g‘oyalarining ta’siri kabi dolzarb masalalarni muhokama etishga qaratilgan.

🗓Sana: 22-oktabr 2025-yil

📍Manzil: Toshkent shahri, Uchtepa tumani, Kichik halqa yo‘li, 21-A uy

Barcha ilmiy xodimlar, doktorantlar, magistrantlar va jurnalistika sohasi vakillari mazkur anjumanda ishtirok etishga taklif etiladi.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍31
0️⃣0️⃣0️⃣

“Rektor va yoshlar” uchrashuvi bo‘lib o‘tdi

2025-yil 16-oktabr kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetining 4-son talabalar turar joyida istiqomat qilayotgan talabalar bilan “Rektor va yoshlar” uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvda universitet rektori Ilxomjon Tuxtasinov ishtirok etib, talabalarning yashash sharoitlari, o‘qish va dam olish imkoniyatlari bilan yaqindan tanishdi.

Suhbat davomida rektor yoshlarga yaratilgan sharoitlardan samarali foydalanish, o‘z ustida muntazam ishlash hamda bilim va tashabbus orqali jamiyat taraqqiyotiga hissa qo‘shish zarurligini ta’kidladi.

Tadbir ochiq muloqot tarzida o‘tib, talabalar o‘z fikr va takliflarini bildirgan holda, rektor tomonidan berilgan savollarga javob olishdi.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍52
2025/10/21 14:39:07
Back to Top
HTML Embed Code: