Telegram Web Link
Forwarded from Ingliz filologiyasi fakulteti (Sherzodbek Zokirov)
Ingliz filologiyasi fakulteti tomonidan navbatdagi ingliz tili to'garak mashg‘uloti

🌐 Ingliz filologiyasi fakulteti Ingliz tili amaliy aspektlari kafedrasi o‘qituvchilari D.Isakova va Y.Rayimaliyeva tomonidan Toshkent shahar Chilonzor tumanidagi 280-maktabda kafedra tomonidan tashkil etilgan ingliz tili to‘garagining navbatdagi mashg‘uloti o‘tkazildi.

🎯 Mavzu: “Technology and Humanity – Is technology making us smarter or lazier?” (Texnologiya va insoniyat – texnologiya bizni aqlliroq qilayaptimi yoki dangasa qilayaptimi?)


Mashg‘ulot davomida o‘quvchilar zamonaviy texnologiyalar va ularning insoniyat o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlik jihatlari haqida bilimga ega bo‘ldilar. Ular texnologiyaning kundalik hayotimizdagi roli, uning ijobiy va salbiy ta’sirlari, shuningdek, ular yordamida inson aqliy faoliyati va hayot tarzi qanday o‘zgarayotgani haqida fikr yuritdilar. Mashg‘ulot davomida o‘quvchilar mavzu bo‘yicha yangi so‘z va iboralarni o‘rgandilar.

🗓 Shuningdek, ular berilgan savollar asosida o‘z fikrlarini dalillar yordamida asoslashni, muloqotga kirishishni, guruhlarda ishlashni va munozara yuritishni mashq qildilar. Interaktiv mashqlar va rolli o‘yinlar orqali ularning nutq, muloqot hamda tanqidiy fikrlash ko‘nikmalari rivojlantirildi.

↗️ Dars zamonaviy usullar asosida tashkil etilib, o‘quvchilarda ingliz tilida erkin so‘zlash qobilyatini oshirdi.

Rasmiy sahifalarimiz:
📱 Telegram | 📱 Instagram
📱 Youtube | 📱 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍31
🟦🟦🟦

🇺🇿 17-oktyabr kuni “Xalqaro Eramus+ kuni” nomi ostida tadbir O‘zbekiston Respublikasi ilm-fan va ta'lim-tarbiyani rivojlantirish “Ziyo Forum” fondi hamda O‘zDJTU Ingliz filologiyasi fakulteti Ingliz tili funksional leksika kafedrasi tomonidan tashkil qilindi.

💬 Tadbirda National Erasmus+ project manageri Rahmatullaeva V, O'zbek tili va adabiyoti universiteti o'qituvchisi Xalqaro Ranking mutahasisi, Erasmus + alumini va xalqaro loyihalar mentori Zuhra Xakimova, Erasmus+ loyihasi g'olibi mentor Ismailov Hayotullo talabalar bilan xalqaro Erasmus + loyihalari haqida o'z tajribalarini ulashdilar.

🗣 Ingliz filologiyasi fakulteti, Ingliz tili funksional leksika kafedrasi mudiri Kushiyeva N.X., kafedra o‘qituvchilari Jumakulova N.R., Raximova G.B. hamda fakultet tyutori Ashirova G.X. tomonidan tashkil etilgan ushbu uchrashuv talabalar uchun xalqaro ta’lim imkoniyatlari, almashinuv dasturlari va grant loyihalari haqida muhim ma’lumotlar berdi.

#UzSWLU #ErasmusPlus #StudentDevelopment #EnglishPhilology

Rasmiy sahifalarimiz:
📱 Telegram | 📱 Instagram
📱 Youtube | 📱 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
4👍4
Forwarded from UzSWLU sports club
Bugun O'zbekiston davlat jahon tillari universitetida "Besh tashabbus olimpiadasi" doirasida sportning futbol turi boʻyicha musobaqaning final bosqichi bo'lib o'tdi.
Ushbu musobaqada 200 nafar talaba-yigitlar bosh sovrin uchun bahs yuritishdi. Yakunda natijalar quyidagicha boʻldi:

🥇1-o'rin g'olibi Kechki ta'lim bo'limi jamoasi
🥈2-o'rin g'olibi Xalqaro jurnalistika jamoasi
🥉3-o'rin g'olibi Sharq filologiyasi fakulteti jamoasi

Ishtirok etgan o'yinchilarga o'z minnatdorchiligimizni bildiramiz.
👍105
2025/10/22 20:05:57
Back to Top
HTML Embed Code: