Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektori Valijon Sadiyev Angren xorijiy tillar fakulteti talabalari bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Uchrashuvda fakultet dekani I. Bazarov ham ishtirok etdi. Suhbat davomida talabalar o‘quv jarayoni, ta’lim sifati, talabalar turmush sharoiti va ma’naviy-ma’rifiy muhitni yanada yaxshilash borasida o‘z fikr va takliflarini bildirdilar.
Valijon Sadiyev talabalarning murojaatlarini tinglab, ularning tashabbuslari va takliflarini qo‘llab-quvvatladi. Shuningdek, yoshlarga universitet hayotida faol ishtirok etish, tashabbuskorlik ko‘rsatish va Vatan ravnaqi yo‘lida intilish zarurligini ta’kidladi.
🔹 Shuningdek, uchrashuvdan so‘ng birinchi prorektor fakultetning professor-o‘qituvchilari bilan ham muloqot o‘tkazdi. Unda ta’lim-tarbiya jarayonini takomillashtirish, talabalarning ma’naviy-ma’rifiy faolligini oshirish, dars sifatini yanada yaxshilash borasida fikr almashildi.
Uchrashuvlar samimiy muloqot ruhida o‘tib, talaba va pedagoglarning taklif hamda tavsiyalari kelgusida amalga oshiriladigan ishlar rejasiga kiritilishi belgilandi.
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍4❤2
17-oktabr kuni Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektori Valijon Sadiyev Angren xorijiy tillar fakultetida amalga oshirilayotgan qurilish va rekonstruksiya ishlari jarayoni bilan tanishdi.
Tashrif davomida birinchi prorektor fakultetning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, talabalarga yanada qulay o‘quv va yashash sharoitlarini yaratish borasida olib borilayotgan ishlarni o‘rganib chiqdi.
Fakultet dekani I. Bazarov hamrohlik qilgan ushbu tashrifda Valijon Sadiyev bunyodkorlik ishlarini jadallashtirish, o‘quv xonalarini zamonaviy jihozlash hamda infratuzilmani takomillashtirish yuzasidan o‘z tavsiyalarini berdi.
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍6❤1
O‘zDJTUda doktorlik dissertatsiyasi himoyasi bo‘lib o‘tdi
17-oktabr kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida Rustamova Adash Eshankulovnaning 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (ingliz tili) ixtisosligi bo‘yicha yozilgan “Oliy ta’lim muassasalarida chet tilini pedagogik diagnostika metodikasi orqali o‘qitishni takomillashtirish konsepsiyasi (ingliz tili misolida)” mavzusidagi pedagogika fanlari doktori (DSc) ilmiy darajasini olish uchun dissertatsiyasi himoyasi bo‘lib o‘tdi.
Himoya O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti huzuridagi DSc.03/30.12.2019.Ped.115.01 raqamli Ilmiy kengash majlisida o‘tkazildi.
Tadbirda O‘zDJTU rektori Ilxomjon Tuxtasinov, universitet rahbariyati a’zolari, professor-o‘qituvchilar hamda rasmiy opponentlar ishtirok etdilar.
Dissertatsiyada oliy ta’lim muassasalarida chet tillarni o‘qitish jarayonini samarali tashkil etishda pedagogik diagnostika metodikasining nazariy asoslari va amaliy qo‘llanilishi keng yoritildi.
Ilmiy kengash a’zolari tadqiqot natijalarining dolzarbligini va amaliy ahamiyatini e’tirof etishdi hamda himoyani yuqori saviyada baholadilar.
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍6❤3