Telegram Web Link
Forwarded from UzSWLU sports club
🏐Oʻzbekiston korporativ sport jamiyati tashabbusi bilan yurtimizdagi korxona va tashkilotlar oʻrtasida anʼanaviy oʻtkazilib kelinayotgan "Oltin kubok" Respublika turnirining ushbu yilgi mavsumi ham oʻz nihoyasiga yetdi. Mazkur musobaqada 🏆 "Xalq banki" jamoasi bosh sovrinni qoʻlga kiritdi.

🥇Quvonarlisi, "Xalq banki" jamoasi sharafini himoya qilgan Roman-german filologiyasi fakulteti talabasi Avrarzoda Odinaboy musobaqadagi yorqin oʻyinlari bilan muxlislar koʻnglidan joy oldi.

Maʼlumot uchun, Odinaboy koʻplab respublika hamda hududiy bosqich musobaqalarida yuqori oʻrinlarni qoʻlga kiritgan hamda sport ustaligiga nomzod sportchimiz hisoblanadi.
5👍3🔥1👏1🎉1🤩1
📝📝📝📝

“Ezgulik yarmarkasi – keksalarga hurmat”


2025-yil 24-oktabr kuni OʻzDJTU Siyosiy fanlar kafedrasi professor-o‘qituvchilari S.Sh. Saidov, Sh.K. Agabayev, Sh.A. Axmedova va A.K. Temirbayeva tashabbusi bilan “Xalqaro keksalar kuni”ga bag‘ishlangan “Ezgulik yarmarkasi” tashkil etildi.

Tadbir keksalarni qo‘llab-quvvatlash va yoshlarda bag‘rikenglik tuyg‘ularini rivojlantirish maqsadida o‘tkazildi.

Ushbu yarmarkada Siyosatshunoslik (ST-2203, ST-2206, ST-2402), Sotsiologiya (SOT-2402, SOT-2502) va Xalqaro munosabatlar (XM-2403, XM-2502) yo‘nalishlarida tahsil olayotgan talabalar faol ishtirok etdi.

Yarmarkadan tushgan mablag‘lar qariyalar uyiga sovg‘alar taqdim etish uchun ishlatildi. Bu hayrli tashabbus keksalarga e’tibor va mehr ko‘rsatishning muhim namunasi bo‘ldi.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
5
0️⃣0️⃣0️⃣

Ingliz tili mashg‘uloti 104-maktabda davom etmoqda

Toshkent shahar Sergeli tumanidagi 104-umumta’lim maktabida navbatdagi ingliz tili mashg‘uloti bo‘lib o‘tdi.

Ushbu mashg‘ulotni O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti Ingliz tili birinchi fakulteti, Ingliz tilini o‘qitish metodikasi №1 kafedrasi o‘qituvchisi Gulmira Juraboyeva tashkil etdi.

Dars davomida quyidagi mavzular yoritildi:

✔️There is / There are
✔️Occupations (Kasblar)
✔️New words (Yangi so‘zlar)
✔️Revision (Takrorlash)

Shuningdek, o‘quvchilarning o‘zlashtirish darajasini aniqlash maqsadida kichik test ishlari ham o‘tkazildi. Natijalar o‘quvchilarning bilim va ko‘nikmalari izchil rivojlanayotganini ko‘rsatdi.

Uyga vazifa sifatida har bir o‘quvchiga mavzuga doir 5 tadan gap tuzish topshirig‘i berildi.

Mashg‘ulot qiziqarli, interaktiv va o‘quvchilarning faol ishtirokida o‘tdi.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
3
📣📣📣📣📣

😮“MA’RIFAT MAYDONI” KO‘RIK-TANLOVI BOSHLANDI!

📣O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasining qo‘shma qaroriga asosan 2024/2025 o‘quv yilidan boshlab oliy ta’lim muassasalari talaba-yoshlari o‘rtasida “Ma’rifat maydoni” ko‘rik-tanlovi doimiy ravishda o‘tkazilib boriladi.

❗️Tanlovlarning maqsadi:
• yoshlarning badiiy tafakkuri, ma’naviy dunyosini boyitish;
• milliy va umuminsoniy qadriyatlarimizni targ‘ib etish;
• iqtidorli yoshlarni aniqlash va rag‘batlantirishdir.

O‘zDJTUda “Ma’rifat maydoni” tanlovining fakultetlararo bosqichi 2025-yil 15-noyabrga qadar o‘tkaziladi.
Ishtirok etish istagidagi talabalar fakultet dekanatiga murojaat etishlari lozim.

🥳Tanlovning terma jamoasi 20-noyabrga qadar shakllantirilib, vazirlikka taqdim etiladi.

Tanlov nizomi bilan tanishing
Eslatma: Tanlovda faol ishtirok etgan va g‘olib bo‘lgan jamoalar diplom, kitob to‘plamlari hamda pul mukofotlari bilan taqdirlanadilar.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
4😢1
0️⃣0️⃣0️⃣

Xalqaro anjuman mehmonlari uchun Samarqand shahriga madaniy va ilmiy sayohat tashkil etildi

2025-yil 25-oktabr kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti tomonidan “Ispan tilining O‘zbekistonda rivojlanishi: tarixiy kontekst, yangi imkoniyatlar va zamonaviy tendensiyalar” nomli xalqaro ilmiy-amaliy anjuman ishtirokchilari uchun Samarqand shahriga madaniy va ilmiy sayohat uyushtirildi.

Sayohatda Ispaniya elchixonasining Ta’lim attashesi Albert Vitriá Marca (Ispaniya), Campinas universiteti professori, filologiya fanlari doktori Simone Hashiguti (Braziliya) hamda Zaragoza universitetidan tashrif buyurgan tajribali tilshunos Anna Pola (Ispaniya) kabi xorijlik mehmonlar ishtirok etdilar.

Sayohatning maqsadi — anjuman mehmonlarini O‘zbekistonning boy tarixi, madaniy merosi va milliy qadriyatlari bilan yaqindan tanishtirish, shuningdek, ilmiy hamkorlik va madaniy aloqalarni mustahkamlashdan iborat bo‘ldi.

Mehmonlar Registon majmuasi, Go‘ri Amir maqbarasi, Shohi Zinda majmuasi, Bibixonim masjidi kabi Samarqandning mashhur tarixiy obidalarini ziyorat qildilar.

Sayohat davomida professor Dilrabo Baxronova hamda ispan tili o‘qituvchisi Guljaxon Joniqulova O‘zbekiston tarixi, xalqimizning qadimiy madaniyati va ming yilliklarga guvoh bo‘lgan betakror obidalar haqida qiziqarli ma’lumotlar taqdim etdilar.
Shuningdek, O‘tkir Burxonov sayohat davomida tarjimonlik vazifasini bajarib, mehmonlarni Samarqandning go‘zalligi va o‘ziga xosligi bilan tanishtirishda muhim rol o‘ynadi.

Tashrif buyurgan mehmonlar Samarqandning g‘oyatda go‘zal manzaralari, o‘zbek xalqining samimiy mehmondo‘stligi va boy madaniyatidan chuqur taassurot olib, O‘zDJTU jamoasiga o‘z minnatdorchiliklarini bildirdilar.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2
2025/10/27 08:50:39
Back to Top
HTML Embed Code: