Telegram Web Link
O‘ZBEKISTON DAVLAT JAHON TILLARI UNIVERSITETI HUZURIDAGI PEDAGOG KADRLARNI QAYTA TAYYORLASH VA MALAKASINI OSHIRISH TARMOQ MARKAZI

🇮🇩 🤝 🇺🇿 Gunadarma universiteti (Indoneziya) bilan hamkorlik aloqalari yangi bosqichda

📅 2025-yil 19-oktyabr kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti huzuridagi pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish tarmoq markazi hamda Indoneziya, Gunadarma University (Universitas Gunadarma) vakillari o‘rtasida onlayn uchrashuv (Zoom platformasi orqali) bo‘lib o‘tdi.

🤝 Mazkur uchrashuv davomida tomonlar o‘zaro hamkorlikni yanada mustahkamlash va yangi bosqichga olib chiqish bo‘yicha keyingi amaliy qadamlarni muhokama qildilar.

💡 Muhokama jarayonida bir qator ustuvor yo‘nalishlar belgilab olindi:
talabalarning akademik mobilligi dasturlarini yo‘lga qo‘yish;
qo‘shma ilmiy-tadqiqot loyihalarini amalga oshirish;
xalqaro konferensiya va seminarlarni birgalikda tashkil etish;
professor-o‘qituvchilar uchun qo‘shma malaka oshirish dasturlarini davom ettirish;
Gunadarma (Indoneziya) HUB markazini ochish va istiqbollari;
Gunadarma universiteti vakillarining Toshkentga tashrifi va qo‘shma tadbirlarni o‘tkazish masalalari.

🌏 Uchrashuv yakunida tomonlar hamkorlikning mazmun va ko‘lamini kengaytirish, yaqin haftalarda hamkorlik rejasining amaliy bosqichlarini boshlash hamda Indoneziya vakillarining O‘zbekistonga tashrifini samarali o‘tishini ta’minlashga kelishib oldilar.

📈 Ushbu uchrashuv O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetining xalqaro aloqalarini yanada rivojlantirish, ilmiy va ta’limiy hamkorlikni kengaytirish yo‘lida muhim qadamlardan biri bo‘ldi.

📱Bizni quyidagi ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzating👇🏻

🚀 Telegram

🔵Facebook

📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
5👍2👏2🎉1🤩1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🎉 Talabalar uchun unutilmas dam olish kuni!

🏛Oʻzbekiston Davlat jahon tillari universiteti Angren xorijiy tillar fakulteti talabalari Angrenning goʻzal “Lashkarak” dam olish maskaniga sayohat uyushtirishdi. Ushbu sayohat davomida talabalar tabiat qoʻynida maroqli hordiq chiqarib, bir-birlari bilan samimiy muhitda vaqt oʻtkazishdi. 🌿☀️

Biz bu safar soʻzlamaymiz — hammasini videorolikning oʻzi ifodalaydi. 🎬

🌐https://www.tg-me.com/UzSWLU
12👍4🔥4
🟦🟦🟦

“Ona tilim mangu boʻl omon” shiori ostidagi maʼnaviy-maʼrifiy tadbir

18-oktabr kuni 2-son Talabalar turar joyida 21-oktabr – Oʻzbek tiliga davlat tili maqomi berilganligining 36 yilligi munosabati bilan “Ona tilim mangu boʻl omon” shiori ostida maʼnaviy-maʼrifiy tadbir tashkil etildi.

Tadbir davomida ishtirokchilar tomonidan Vatanimiz va ona tilimizni ulugʻlovchi kuy-qoʻshiqlar, sheʼrlar hamda badiiy chiqishlar ijro etildi.

Tadbirning asosiy maqsadi talaba-yoshlar orasida oʻzbek tiliga boʻlgan hurmat va muhabbatni yanada kuchaytirish, ularning vatanparvarlik tuygʻularini mustahkamlashdan iborat boʻldi.

Tadbir yakunida faol ishtirokchilar tashakkurnomalar bilan taqdirlandi.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
10👍6🔥4🤩1
🟦🟦🟦

“Italofoniya: chegaralar osha til” madaniy tadbiri

2025-yil 18-oktabr kuni Tarjimonlik fakulteti Italyan tili tarjima nazariyasi va amaliyoti kafedrasi hamda Italiyaning Oʻzbekistondagi Elchixonasi hamkorligida “Italofoniya: chegaralar osha til” nomli haftalik doirasida “Human House” muzeyida madaniy tadbir tashkil etildi.

Tadbir davomida talabalar tomonidan o‘zbek va italyan madaniyatiga oid badiiy chiqishlar namoyish etildi. Ular tadbirga tashrif buyurgan mehmonlar tomonidan yuqori e’tirofga sazovor bo‘ldi.

Tashkil etilgan madaniy kecha ko‘tarinki ruhda o‘tdi hamda ikki xalq o‘rtasidagi do‘stlik va madaniy yaqinlikni yanada mustahkamlashga xizmat qildi.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
11🔥3🤩3👍1
2025/10/25 17:36:32
Back to Top
HTML Embed Code: