Telegram Web Link
Talabalar turar joyiga tashrif: samimiy suhbat va foydali maslahatlar

Tarjimonlik fakulteti Italyan tili tarjima nazariyasi va amaliyoti kafedrasi mudiri B. Ergashova hamda kafedra o‘qituvchilari 1- va 2-son Talabalar turar joyiga tashrif buyurib, bu yerda istiqomat qilayotgan talabalar hayoti bilan yaqindan tanishdilar.

Uchrashuv davomida talabalar bilan samimiy suhbat o‘tkazilib, ularning yotoqxona sharoiti, o‘qish jarayoni, tarjima sohasiga bo‘lgan qiziqishlari, chet tillarini o‘rganishdagi tajribalari hamda uchrayotgan muammolari haqida fikr almashildi.

Shuningdek, o‘qituvchilar talabalarni o‘z ustida tinimsiz ishlash, vaqtni unumli sarflash hamda italyan tilini amaliyotda faol qo‘llash borasida foydali tavsiyalar bilan o‘rtoqlashdilar.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
12👍1😢1
0️⃣0️⃣0️⃣

Umumtaʼlim maktablari ingliz tili o‘qituvchilari uchun sertifikatga tayyorlov kurslari yo‘lga qo‘yildi

Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti hamda Toshkent shahar Maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi hamkorligida umumtaʼlim maktablarida faoliyat yuritayotgan ingliz tili o‘qituvchilari uchun til bilish sertifikatiga tayyorlov kurslari yo‘lga qo‘yildi.

Kurs mashg‘ulotlari universitetning tajribali professor-o‘qituvchilari tomonidan haftasiga 3 marotaba — 2 kun onlayn, 1 kun oflayn shaklda olib borilmoqda.

Darslarning samaradorligini oshirish maqsadida tinglovchilar 4 ta guruhga bo‘lingan holda intensiv o‘quv dasturi asosida taʼlim olmoqda.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍53
4️⃣4️⃣4️⃣

🇺🇿 O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti Magistratura bo‘limining rasmiy kanali ochildi!

Hurmatli magistrantlar, ustozlar va abituriyentlar!

📱 Endilikda siz magistratura ta’lim yo‘nalishlari, qabul va o‘quv jarayoni yangiliklari, ilmiy tadqiqotlar, hamda xalqaro hamkorlik loyihalari haqidagi eng so‘nggi ma’lumotlarni ushbu kanal orqali kuzatishingiz mumkin

Bu kanal — magistratura faoliyatiga oid ruxsat etilgan rasmiy e’lonlar, ko‘rsatmalar va yangiliklarning yagona manbasi hisoblanadi.

🔈 Biz bilan birga bo‘ling va magistratura hayotining barcha yangiliklarini kuzatib boring!

➡️ Magistratura bo‘limi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
10🎉3👍1
0️⃣0️⃣0️⃣

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2025-yil 8-oktabrdagi 01-61-401-sonli reja-jadvaliga asosan Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti tomonidan bir qator dasturlar amalga oshirib kelinmoqda.


Xususan, joriy yilning 20-oktabr kuni Adiblar xiyobonidagi Aleksandr Faynberg haykali oldida Xalqaro jurnalistika, Tarjimonlik va Sharq filologiyasi fakultetlari talabalari ishtirokida ommaviy sport hamda maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlar tashkil etildi.

Tadbirning asosiy maqsadi — talabalar orasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, milliy sport turlarini ommalashtirish va yoshlar o‘rtasida jismoniy faollikni oshirishga xizmat qiladigan ommaviy sport va madaniy-tarbiyaviy tadbirlarni yo‘lga qo‘yishdan iborat.

Mazkur tadbirlar doirasida Aleksandr Faynberg stipendiyasi sohibalari, talabalar va professor-o‘qituvchilar ishtirokida sheʼriyat kechalari, kitob mutolaasi musobaqalari, adiblarning hayoti va ijodiga bag‘ishlangan maʼruzalar, sahnalashtirilgan teatr chiqishlari, shuningdek, sport musobaqalari — yugurish, shaxmat, shashka voleybol hamda arqon tortish kabi turli bellashuvlar o‘tkazildi.

Ma’lumot uchun: Dasturlarda Yoshlar bilan ishlash boʻyicha dekan muovinlari, tyutorlar hamda 130 nafardan ziyod faol talabalar ishtirok etishdi.

Tadbirlar davomida yurtimiz adabiy merosiga hurmat, milliy qadriyatlar va sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib qilishga doir davra suhbatlari tashkil etildi. Ushbu uchrashuv va tadbirlar yoshlarda adabiyot, sport va sog‘lom hayotga bo‘lgan qiziqishni oshirdi, ular orasida ijtimoiy faollik va jamoaviylik ruhini mustahkamladi.

Bu kabi tashabbuslar talabalarni atoqli adiblarimiz hayoti va ijodi bilan yanada yaqinroq tanishtirishga xizmat qiladi.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
6👍1
🇺🇿 O'zDJTU 🇺🇿 Ingliz filologiyasi fakultetida "Milliy kiyimlar" kuni

Ingliz filologiyasi fakultetida “Milliy kiyimlar kuni” doirasida talaba va o‘quvchilar ishtirokida milliy kiyimlar tadbiri tashkil etildi.

Tadbir davomida yoshlarga milliy liboslarimizning tarixi, ularning ma’naviy va estetik ahamiyati haqida qiziqarli ma’lumotlar berildi. Talabalar milliy kiyimlarda ishtirok etib, o‘zbekona urf-odat va qadriyatlarni namoyish etdilar.

🗓 Ushbu tadbir milliy merosimizni asrab-avaylash va yoshlar qalbida milliy g‘ururni mustahkamlashga xizmat qildi.

Rasmiy sahifalarimiz:

📱 Telegram | 📱 Instagram
📱 Youtube | 📱 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
4👍1
0️⃣0️⃣0️⃣

O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti Talabalar amaliyoti bo‘limi xodimlari Chilonzor va Uchtepa tumanlaridagi maktablarda boʻldi

Joriy yilning 18-oktabr kuni OʻzDJTU Talabalar amaliyoti boʻlimi mas’ullari Toshkent shahri Chilonzor tumani 202-sonli hamda Uchtepa tumani 287-sonli umumta’lim maktablariga 4+2 tartibida malakaviy pedagogik amaliyotni o‘tayotgan talabalar faoliyatini o‘rganish va amaliyot jarayonining samaradorligini tahlil qilish maqsadida tashrif buyurdi.

Amaliyot jarayoni davomida talabalar universitetda o‘zlashtirgan nazariy bilimlarini amaliy faoliyatda qo‘llash, o‘quvchi-yoshlar bilan ishlash bo‘yicha pedagogik mahoratini rivojlantirish, dars jarayonlarini tashkil etish va zamonaviy ta’lim metodlarini qo‘llash ko‘nikmalarini mustahkamlab borishadi.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
7👍4🎉2
2025/10/24 18:11:14
Back to Top
HTML Embed Code: