Telegram Web Link
🟦🟦🟦

🇺🇿 17-oktyabr kuni “Xalqaro Eramus+ kuni” nomi ostida tadbir O‘zbekiston Respublikasi ilm-fan va ta'lim-tarbiyani rivojlantirish “Ziyo Forum” fondi hamda O‘zDJTU Ingliz filologiyasi fakulteti Ingliz tili funksional leksika kafedrasi tomonidan tashkil qilindi.

💬 Tadbirda National Erasmus+ project manageri Rahmatullaeva V, O'zbek tili va adabiyoti universiteti o'qituvchisi Xalqaro Ranking mutahasisi, Erasmus + alumini va xalqaro loyihalar mentori Zuhra Xakimova, Erasmus+ loyihasi g'olibi mentor Ismailov Hayotullo talabalar bilan xalqaro Erasmus + loyihalari haqida o'z tajribalarini ulashdilar.

🗣 Ingliz filologiyasi fakulteti, Ingliz tili funksional leksika kafedrasi mudiri Kushiyeva N.X., kafedra o‘qituvchilari Jumakulova N.R., Raximova G.B. hamda fakultet tyutori Ashirova G.X. tomonidan tashkil etilgan ushbu uchrashuv talabalar uchun xalqaro ta’lim imkoniyatlari, almashinuv dasturlari va grant loyihalari haqida muhim ma’lumotlar berdi.

#UzSWLU #ErasmusPlus #StudentDevelopment #EnglishPhilology

Rasmiy sahifalarimiz:
📱 Telegram | 📱 Instagram
📱 Youtube | 📱 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
4👍4🤩1
O‘zDJTU Ingliz filologiyasi fakultetida malakaviy amaliyot jarayoni davom etmoqda

🇺🇿 Ingliz filologiyasi fakultetining 5-bosqich talabalari hozirda malakaviy amaliyotni o‘tamoqdalar. Amaliyot doirasida talabalar tanlangan tashkilot va muassasalarda nazariy bilimlarini amaliyotda sinovdan o‘tkazishmoqda.

Jarayonni samarali tashkil etish maqsadida Ingliz tili nazariy fanlar kafedrasi professor-o‘qituvchilari — R. Timanova, G. Nazarova, A. Murtazayeva, B. Reymov va J.Yo‘ldoshxonovlar talabalar amaliyot o‘tayotgan joylarga tashrif buyurib, talabalarning faoliyatini bevosita kuzatishmoqda. Ular amaliyotning borishi, talabalar tomonidan vazifalarning bajarilishi va o‘quv jarayoniga integratsiyalashuvini nazorat qilib borishmoqda.

📚 Malakaviy amaliyot nafaqat talabalar uchun muhim tajriba maktabi, balki oliygoh va amaliyot muassasalari o‘rtasidagi hamkorlikni mustahkamlovchi omil sifatida ham xizmat qilmoqda.

Rasmiy sahifalarimiz:
📱 Telegram | 📱 Instagram
📱 Youtube | 📱 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍41
🟦🟦🟦

O‘zDJTUda O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilganining 36 yilligi keng nishonlandi

20-oktabr kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilganining 36 yilligiga bag‘ishlangan “Ona tilim – mangu bo‘l, omon!” nomli adabiy-musiqiy bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi.

Mazkur tadbir O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetining Ingliz tili 2-fakulteti dekani Zokir Mehriqulovich Bozarov va O‘zbek tili va adabiyoti kafedrasi hamkorligida tashkil etildi.

Tadbirni universitet rektori, filologiya fanlari doktori, professor Ilxomjon Tuxtasinov ochib berdi. U o‘z nutqida davlat tilining millat hayotidagi o‘rni, jamiyatni birlashtiruvchi kuchi, shuningdek, ona tilimizning nufuzini oshirish borasida amalga oshirilayotgan davlat siyosati haqida so‘z yuritdi.

Bayram dasturi O‘zbekiston Respublikasi Davlat madhiyasi bilan boshlandi. Shundan so‘ng “Bosh Qomusda qadr topgan shon-u shavkat tilisan” raqsi, “O‘zbek tilim, omon bo‘l mangu!” nomli she’riy kompozitsiya va “Baxt-u saodatda yangrasin tilim” qo‘shig‘i mehmonlarda katta taassurot qoldirdi.

Tadbir davomida professor Qozoqboy Yo‘ldoshev, O‘zbekiston xalq artisti Zamira Suyunova, shoir va aktyor Erkin Bozorov, hamda “Nuroniylar kuylaganda” ansambli xonandasi Mahbuba Xojimatova kabi ijodkorlar chiqish qildilar.
Talabalar ijrosidagi “Qatag‘on” sahna ko‘rinishi, xorijlik talabalarning videotabrigi va fakultet QVZ jamoasining kulguli chiqishlari bayramga o‘zgacha ruh bag‘ishladi.

Shuningdek, insho, videorolik va chellenjlar tanlovi g‘oliblari tantanali ravishda taqdirlandi. Tadbir yakunida esa “Ona tilim – jon-u dilim” qo‘shig‘i jarangladi.

Bayramda barcha fakultet dekanlari, professor-o‘qituvchilar, talaba-yoshlar hamda mehmonlar faol ishtirok etdilar.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
7🔥5👍3🎉2🤩2
2025/10/23 07:54:31
Back to Top
HTML Embed Code: