Telegram Web Link
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🎥📺📺

O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilganining 36 yilligiga bag‘ishlab o‘tkazilgan “Ona tilim – mangu bo‘l, omon!” nomli adabiy-musiqiy bayram tadbiridan videolavha.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
12🔥7🤩4👍1
0️⃣0️⃣0️⃣

Angren xorijiy tillar fakultetida ilmiy-tadqiqot va innovatsiyalarga bag‘ishlangan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

Angren xorijiy tillar fakultetida ilmiy-tadqiqotlar, innovatsiyalar, iqtidorli talabalarning ilmiy faoliyati, ilmiy ishlanmalarni tijoratlashtirish hamda startap loyihalarni rivojlantirish masalalariga bag‘ishlangan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Mazkur tadbir O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektori O. Yusupov boshchiligida tashkil etildi. Unda:

Ilmiy-tadqiqotlar, innovatsiyalar va ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlash bo‘limi boshlig‘i K. Muradkasimova,
Iqtidorli talabalarning ilmiy-tadqiqot faoliyatini tashkil etish bo‘limi boshlig‘i Sh. Ismatova,
Ilmiy va innovatsion ishlanmalarni tijoratlashtirish bo‘limi boshlig‘i F. Abdullayeva,
shuningdek, fakultet professor-o‘qituvchilari hamda talabalari ishtirok etdilar.

Uchrashuv davomida mamlakatimizda ilmiy salohiyatni oshirish, startaplarni rivojlantirish va iqtidorli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash borasida amalga oshirilayotgan islohotlar haqida batafsil ma’lumot berildi.

Shuningdek, tadbir ishtirokchilari ilmiy-tadqiqot faoliyatini samarali tashkil etish yo‘nalishlari, startap loyihalarni tijoratlashtirish imkoniyatlari hamda talabalarning innovatsion tashabbuslarini ro‘yobga chiqarish mexanizmlari bilan tanishdilar.

Mazkur uchrashuv yoshlarni ilm-fan va innovatsiyaga jalb etish, ularning tashabbuskorligini rag‘batlantirish hamda universitetda innovatsion muhitni yanada rivojlantirish yo‘lida muhim qadam bo‘ldi.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
5👍4🔥1👏1
0️⃣0️⃣0️⃣

Otabek Yusupov Angren xorijiy tillar fakultetida olib borilayotgan qurilish va jihozlash ishlari bilan tanishdi

Bugun O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektori Otabek Yusupov Angren xorijiy tillar fakultetida bo‘lib, bu yerda amalga oshirilayotgan qurilish, ta’mirlash va jihozlash ishlari jarayoni bilan tanishdi.

Tashrif davomida prorektor fakultet binosidagi o‘quv xonalari, laboratoriyalar, professor-o‘qituvchilar uchun yaratilayotgan sharoitlar bilan yaqindan tanishib chiqdi.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2👍2
0️⃣0️⃣0️⃣

O‘zDJTU talabalari Xalqaro ta’lim ko‘rgazmasida ishtirok etishdi

2025-yil 18-oktabr kuni Toshkent shahridagi “Intercontinental” mehmonxonasida o‘tkazilgan Xalqaro ta’lim ko‘rgazmasida O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetining Ingliz tili amaliy fanlar–3 kafedrasi mudiri B. X. Isaqulova boshchiligidagi 1-bosqich talabalari ishtirok etishdi.

Mazkur ko‘rgazma xalqaro miqyosda tashkil etilib, unda AQSh, Buyuk Britaniya, Kanada, Avstraliya, Yevropa va Osiyo davlatlarining eng nufuzli oliy ta’lim muassasalari vakillari qatnashdilar. Tadbir davomida xorijiy universitetlarning ta’lim tizimi, qabul shartlari, grant dasturlari va xalqaro almashinuv imkoniyatlari haqida atroflicha ma’lumotlar taqdim etildi.

Talabalar xorijiy oliygohlar vakillari bilan bevosita muloqotda bo‘lib, ularni qiziqtirgan savollarga javob olishdi. Ayniqsa, xorijda ta’lim olish, ikki tomonlama diplom dasturlari, xalqaro sertifikatlar va tanlovlar haqida berilgan ma’lumotlar ularning kelajakdagi rejalari uchun muhim ahamiyat kasb etdi.

Ko‘rgazma davomida ishtirokchilar turli mamlakatlarning ta’lim va madaniy an’analari bilan tanishdilar. Bunday xalqaro uchrashuvlar talabalarning dunyoqarashini kengaytirish, ularni global fikrlashga, innovatsion yondashuvga va raqobatbardosh mutaxassis bo‘lishga undaydi.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
4👍2
0️⃣0️⃣0️⃣

O‘zDJTUda “Qishloq ayollar kuni” munosabati bilan ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi

2025-yil 15-oktabr kuni Ingliz tili amaliy fanlar–3 kafedrasi tomonidan BRM tadbirlari doirasidaQishloq ayollar kuni”ga bag‘ishlangan ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi. Tadbir kafedra o‘qituvchisi Kambarova D.M. boshchiligida tashkil etildi.

Tadbirning asosiy maqsadi — Xalqaro Qishloq ayollar kuni munosabati bilan qishloq joylarda yashab, mehnat qilayotgan ayollar hayoti, ularning fidokorona xizmatlari, oiladagi va jamiyatdagi o‘rni haqida yoshlarda chuqur tushuncha hosil qilish, qadrlash tuyg‘usini shakllantirishdan iborat bo‘ldi.

Dastlab Kambarova D.M. tadbirni ochib berar ekan, xalqaro sananing mazmun-mohiyati, qishloq ayollari mehnatining jamiyatdagi o‘rni hamda bugungi kunda ularga berilayotgan e’tibor haqida so‘z yuritdi.

Shundan so‘ng qishloq ayollarining kundalik mehnati, oiladagi o‘rni va fidoyiligi aks ettirilgan videorolik namoyish etildi. Video namoyishidan so‘ng talabalar bilan ochiq muloqot tashkil etilib, ular o‘z fikr va mulohazalarini bildirishdi.

Tadbir davomida O‘zbekiston va xorijda muvaffaqiyatga erishgan qishloq ayollari, ularning hayot yo‘li, matonati va mehnatsevarligi haqida suhbat olib borildi. Kambarova D.M. tomonidan keltirilgan hayotiy misollar talabalarni ilhomlantirib, ularda intilish, mehnatsevarlik va maqsad sari qat’iyat bilan harakat qilish ruhini kuchaytirdi.

Mazkur tadbir ma’naviy va tarbiyaviy jihatdan samarali o‘tib, ishtirokchilar qalbida qishloq ayollariga nisbatan chuqur hurmat va ehtirom hissini uyg‘otdi. Tadbir yoshlarni yuksak orzular sari ilhomlantirib, ularning ongida ijobiy fikrlar va hayotiy maqsadlarni shakllantirishga xizmat qildi.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
3👍3
2025/10/22 20:35:16
Back to Top
HTML Embed Code: