Forwarded from Ingliz tili 1-fakulteti | OʻzDJTU
🇺🇿🇷🇺21-oktabr - Oʻzbek tili bayrami munosabati bilan Moskva davlat lingvistika universiteti, Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti hamda Oʻzbekiston Respublikasining Rossiya Federatsiyasidagi Elchixonasi hamkorligida “Raqamlashtirish davrida oʻzbek tilini oʻqitish: muammolar va istiqbollar” mavzusida davra suhbati tashkil etildi.
🎙 Tadbirda Ingliz tili 1-fakulteti dekani, professor Guli Ergasheva OʻzDJTU vakili sifatida ishtirok etdi
📌U o'z nutqida oʻzbek tilining nufuzini oshirish yoʻlida amalga oshirilayotgan islohotlar, xususan Buyuk Britaniyaning Oksford universitetida oʻzbek tili fakultetining ochilishi, xorijiy oliygohlarda oʻzbek tili kurslarining kengayib borayotgani va taʼlim diplomatiyasining yangi bosqichga koʻtarilayotganini taʼkidladi.
✅Davra suhbati Oʻzbekiston va Rossiya oʻrtasidagi taʼlimiy hamkorlikni yanada mustahkamlash hamda raqamli taʼlim vositalaridan samarali foydalanish yoʻnalishlarini muhokama etishda muhim ahamiyat kasb etdi.
🎙 Tadbirda Ingliz tili 1-fakulteti dekani, professor Guli Ergasheva OʻzDJTU vakili sifatida ishtirok etdi
📌U o'z nutqida oʻzbek tilining nufuzini oshirish yoʻlida amalga oshirilayotgan islohotlar, xususan Buyuk Britaniyaning Oksford universitetida oʻzbek tili fakultetining ochilishi, xorijiy oliygohlarda oʻzbek tili kurslarining kengayib borayotgani va taʼlim diplomatiyasining yangi bosqichga koʻtarilayotganini taʼkidladi.
✅Davra suhbati Oʻzbekiston va Rossiya oʻrtasidagi taʼlimiy hamkorlikni yanada mustahkamlash hamda raqamli taʼlim vositalaridan samarali foydalanish yoʻnalishlarini muhokama etishda muhim ahamiyat kasb etdi.
👍4❤2
Forwarded from RGF Yoshlar ittifoqi
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Bizni kuzatib boring ;
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤12🎉5👍4🔥4🤩4👏2
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti huzuridagi Pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish tarmoq markazi tomonidan professor-o‘qituvchilar uchun navbatdagi qisqa muddatli o‘quv kursi tashkil etilmoqda.
“XORIJIY TILLARNI O‘QITISHDA SUN’IY INTELLEKT: NAZARIYA VA AMALIYOT”
📘O‘quv modullari:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍10❤6🤩3
“Zulfiyaxonim izdoshiman” ilmiy to‘garagi doirasida suhbat jarayonlari bo‘lib o‘tdi
O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida “Zulfiyaxonim izdoshiman” nomli ilmiy to‘garak doirasida suhbat va yozma ish jarayonlari o‘tkazildi.
Mazkur ilmiy to‘garakning asosiy maqsadi — 1999-yildan buyon mamlakatimiz miqyosida o‘tkazib kelinayotgan Zulfiya nomidagi davlat mukofoti tanlovining yo‘nalishlari, bosqichlari hamda zarur hujjatlarni tayyorlash tartibi haqida iqtidorli talaba-qizlarga amaliy ko‘nikma berishdan iboratdir.
Tadbir davomida ilmiy to‘garak mas’uli Sayyora Salohiddinova hamda Zulfiya nomidagi davlat mukofoti sovrindori, to‘garak tashkilotchisi Rohilabonu G‘o‘chchiyeva ishtirokchilarning suhbat va yozma ish jarayonlarini baholab bordilar.
Hozirda to‘garakka saralash jarayonlari onlayn tarzda davom etmoqda.
📞 Bog‘lanish uchun: @Guchchiyeva_R
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👏4❤2👍2
Forwarded from Xalqaro jurnalistika fakulteti
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍1
Forwarded from Ilxomjon Tuxtasinov | Rektor
Qadrli yurtdoshlar! Hurmatli ustozlar! Aziz talabalar!
Barchangizni millatimizning iftixori, ma’naviyatimizning tayanchi — o‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilganining 36 yilligi, 21-oktabr – O‘zbek tili bayrami kuni bilan chin qalbimdan tabriklayman!
Ona tilimiz millat ruhini ifoda etuvchi, tafakkurimizni charxlovchi, yuragimizga g‘urur baxsh etuvchi bebaho boylikdir. Til xalqni birlashtiradi, millatni yuksaltiradi, Vatanni abadiylashtiradi.
Bugun o‘zbek tili nafaqat yurtimizda, balki jahonning eng nufuzli ilmiy maskanlarida ham e’tirof etilmoqda. Xususan, bu yilda Oksford universitetida o‘zbek tili bo‘yicha yangi ta’lim kurslari yo‘lga qo‘yildi, Xitoyning Siyan universitetida “O‘zbek tili va adabiyoti” yo‘nalishi ochildi. Bu — ona tilimizning xalqaro miqyosdagi nufuzi ortib borayotganining yaqqol isbotidir.
O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti ham bu yo‘nalishda salmoqli ishlarni amalga oshirib kelmoqda. Bugungi kunda xorijiy talabalar universitetimizda o‘zbek tilini o‘rganish bilan bir qatorda, xalqimizning boy madaniyati, qadriyatlari va urf-odatlari bilan yaqindan tanishmoqdalar.
Shuningdek, universitetimizda tahsil olayotgan xorijlik o‘qituvchi va talabalar ham o‘zbek tilini katta qiziqish bilan o‘rganmoqdalar. Bu esa ona tilimizga bo‘lgan xalqaro e’tibor va hurmatning ortib borayotganidan dalolat beradi.
Biz uchun eng katta g‘urur shundaki, ona tilimiz — milliy o‘zligimizning, mustaqil davlatimizning timsoli sifatida dunyo miqyosida e’tirof topmoqda.
Aziz yurtdoshlar! Ona tilimizni asrash, uni sofligicha avlodlarga yetkazish — bu nafaqat burch, balki har birimizning faxrli mas’uliyatimizdir.
Tilimiz nuri qalblarimizni yoritib, Vatanimiz taraqqiyotiga, xalqimiz birligiga doimo xizmat qilsin!
O‘zbek tili bayrami barchangizga yana bir bor muborak bo‘lsin!
Hurmat bilan,
O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti rektori
Tuxtasinov Ilxomjon Madaminovich
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍7❤4🎉4
4-bosqich talabalari va magistratura mutaxassisligi talabalari uchun online mashgʻulot
Joriy yilning 8-20-oktabr kunlari OʻzDJTU Tarjimonlik fakulteti Italyan tili tarjima nazariyasi va amaliyoti kafedrasi tomonidan Milan Bikokka universiteti dotsenti Diana Perego ishtirokida Tili o'rganilayotgan mamlakat adabiyoti va Madaniyatlararo muloqot nazariyasi fanlari doirasida qiziqarli masofaviy seminarlar tashkil etildi.
Seminar mavzulari, asosan, o'rta asrlar adabiyoti, qadimgi Yunon va Rim teatr san'ati, zamonaviy adabiyotning madaniy munosabatlardagi o'rni xususida bo'lib, darslar davomida talabalar ko'plab yangi bilim va tushunchalarga ega bo'lishdi.
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥6👏3🎉3❤2👍1🤩1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
"Ogohlik zamon talabi" mavzusida talabalar bilan suhbat
20-oktabr kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti profilaktika inspektori S. Sherboyev Kechki va sirtqi ta’alim fakulteti tyutori N.Mannonova 2-bosqich talabalari bilan "Ogohlik zamon talabi" mavzusida suhbat o'tkazildi.
Suhbat davomida hozirgi kunda dolzarb masalaga aylanib borayotgan diniy ekstremizm va terrorizmning ayanchli oqibatlari, yoshlar orasida kuchayib ketayotgan giyohvand moddalar inson salomatligi uchun qanchalik jiddiy zarar yetkazishi va boshqa shu kabi muhim mavzular muhokama qilindi.
Bunday uchrashuvlarning asosiy maqsadi – kelajagimiz bo‘lgan yosh avlodni to‘g‘ri yo‘ldan adashmasdan, vatanimiz ravnaqi uchun ulkan hissasini qo‘shishlari lozimligini yana bir bor anglatishdan iborat boʻldi.
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍4❤1👏1
Ijara xonadonlariga tashrif
20-oktabr kuni Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti profilaktika inspektori S. Sherboyev, universitet xotin-qizlar psixologi Sh.Boʻstonova hamda Roman-german filologiyasi fakulteti tyutori Z.Nazarova oʻzaro hamkorlikda ijara xonadonlarida boʻlishdi.
Ijara xonadonlaridagi qizlarning yashash tarzi va sharoitlari, kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik darajalari oʻrganilib, ular bilan samimiy suhbat olib borildi.
Bu kabi tashriflar talabalarning ijtimoiy muammolarini bartaraf etishga yordam beradi.
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👏4❤2👍2