Forwarded from Edu.uz
“ICT Competition 2025-2026 ME&CA” uchun ro‘yxatga olish jarayoni ochiq!
Huawei tomonidan O‘zbekiston talabalari 100dan ortiq mamlakat va mintaqalardan 210 000 dan ortiq talabalarni birlashtirgan AKT sohasida iqtidorlar almashinuvi bo‘yicha global tadbir hisoblanadigan “ICT Competition 2025/2026” tanlovida ishtirok etishga taklif etilmoqda.
Eng ilg‘or texnologiyalarni o‘rganish va AKT sohasida salohiyatingizni namoyish etish imkoniyatini qo‘ldan boy bermang!
Ariza topshirishning oxirgi muddati: 31-oktabr 2025-yil.
Havola orqali o‘ting va global bosqichda o‘zingizni namoyon etish imkoniyatlari haqida ko‘proq ma’lumot oling:
https://www.huawei.com/uz-uz/news/uz/2025/huawei-ict-competition-2025-2026-registration-launch 👈
Ro‘yxatdan o‘tish uchun havola👈
#ICTheFuture #DigitalTalent #DigitalEducation #DigitalUzbekistan
Bizni kuzating
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤3👍1
Universitet rahbariyati yangi talabalar turar joyidagi sharoitlar bilan tanishdi
21-oktabr kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti rektori Ilxomjon Tuxtasinov, mas’ul rahbarlar bilan birga xususiy sherikchilik asosida barpo etilgan yangi talabalar turar joyida istiqomat qilayotgan talabalarning yashash sharoitlari bilan tanishdilar.
Mazkur yotoqxona universitet oshxonasining 2-qavatida joylashgan bo‘lib, 48 o‘rinli. Talabalar uchun barcha zarur qulayliklar — zamonaviy mebel, maishiy texnika, oshxona jihozlari hamda dam olish zonalari yaratilgan.
Tashrif davomida rahbariyat talabalarning yashash muhitini ko‘zdan kechirib, ularning fikr-mulohazalarini tingladi. Shuningdek, talabalar uchun yaratilgan sharoitlarni yanada yaxshilash bo‘yicha tavsiyalar berildi.
Mazkur yotoqxona loyihasi talabalarning qulay yashashini ta’minlash va ularning ta’lim jarayonini samarali tashkil etishga xizmat qilmoqda.
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍7❤2🔥2👏1
O‘zbekiston–Xitoy Ikkinchi ta’lim forumi bo‘yicha yig‘ilish bo‘lib o‘tdi
21-oktabr kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida joriy yilning 1–3-noyabr kunlari bo‘lib o‘tadigan O‘zbekiston–Xitoy Ikkinchi ta’lim forumiga tayyorgarlik masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
Yig‘ilishga universitet rektori Ilxomjon Tuxtasinov, barcha prorektorlar, fakultet dekanlari, bo‘lim boshliqlari hamda rahbariyat vakillari ishtirok etdilar.
Unda forum dasturi, tashkiliy masalalar, mehmonlarni kutib olish, ilmiy sho‘balar faoliyati, madaniy va axborot-ta’limiy tadbirlarni yuqori saviyada o‘tkazish masalalari atroflicha muhokama qilindi.
Rektor Ilxomjon Tuxtasinov yig‘ilish davomida barcha mas’ullarga forumni yuksak tashkiliy darajada o‘tkazish, xorijiy mehmonlar uchun qulay sharoitlar yaratish, universitetning xalqaro nufuzini oshirishga qaratilgan chora-tadbirlarni sifatli amalga oshirish bo‘yicha aniq topshiriqlar berdi.
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤6👍4🔥2
